Shoshilinch tormozlash (торможение экстренное). Poezdni zudlik bilan to’xtatish talab etiladigan hollarda qo’llaniladigan tormozlash, bunga magistralni shoshilinch ravishda razryadlash yo’li bilan erishiladi, bunda eng katta tormozlash kuchiga erishiladi.
Tormozlash yo’li (тормозной путь). Mashinist kranini yoki shoshilinch tormozlash kranini tormozlash vaziyatiga o’tkazgan paytdan poezd to’la to’xtagunga qadar bosib o’tgan masofa. Tormozlash yo’llari tormozlash turiga ko’ra (xizmat, to’la xizmat va shoshilinch tormozlash) ajratiladi.
Qiyalik (уклон). Temir yo’l bo’ylama profilining elementi bo’lib, gorizontal chiziqqa nisbatan qiyaligi bo’ladi. Pastki nuqtadan yuqori nuqtagacha qarab harakatlanayotgan poezd uchun qiyalik ko’tarilish deb, yuqori nuqtadan pastki nuqtaga qarab harakatlanayotgan poezd uchun pasayish deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |