Odam tashish poezdi (поезд людской). Yuk poezdi bo’lib, unda odamlar band qilgan o’nta va undan ortiq vagonlari bo’ladi.
Yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский). Yo’lovchilar, bagaj va pochta tashish uchun mo’ljallangan, yo’lovchi parki vagonlaridan tuziladi. Yo’lovchi poezdlari qatnaydigan yo’li bo’yicha uzoqqa qatnaydigan (700 km va undan ortiq), mahalliy (700 km gacha) va shahar atrofiga qatnaydigan (150 km gacha) poezdlarga bo’linadi.
Uzun tarkibli yo’lovchilar poezdi (поезд пассажирский длинносоставный). Uzunligi ayni poezdni turish sxemasida ko’rsatilgandan ortiq bo’lgan yo’lovchi poezdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |