Refrijeratorli poezd (рефрижераторный поезд). Refrijeratorli vagonlardan tuzilgan poezd.
Manyovrlar rahbari (руководитель маневров). Manyovrda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning harakatlariga bevosiga rahbarlik qiluvchi xodim, manyovrni o’tkazayotgan mashinist uning ko’rsatmasi bo’lmasa, lokomotivlarni harakatga keltira olmaydi.
Ishlar rahbari (руководитель работ). Mas’uliyatli shaxs, unga temir yo’llarda, inshoot va qurilmalarda ishlarga rahbarlik qilish topshirilgan bo’ladi.
Signal (signal). Shartli ko’rinadigan yoki ovozli signal bo’lib, uning yordamida ma’lum buyruq beriladi.
Signal belgisi (сигнальный знак). Shartli ko’rinadigan belgi bo’lib, uning yordamida xodimlarning ma’lum toifasiga buyruq beriladi. Signal belgilariga chegara ustunchalari, stansiya chegarasini ko’rsatuvchi belgi, hushtak chalinishi, tok uzilishi yoki ulanishini ko’rsatuvchi belgilar va b. kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |