Markazlashtirilgan dispetcherlik
91. Markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak:
qator stansiya va peregon yo’llarining strelka va signallarini bitta punktdan boshqarish;
peregonlar, stansiya yo’llari va ularga yaqin blok-uchastkalarning holati va bandligini boshqaruv apparatida nazorat qilish, shuningdek, kirish, marshrut va chiqish svetoforlarining ko’rsatkichlarini takrorlash;
poezdlarni qabul qilish, jo’natish va manyovrlarni amalga oshirish bo’yicha strelka va signallarni boshqarishni stansiyalarda zahiraviy boshqaruvga o’tkazish yoki manyovrlarni amalga oshirish uchun strelkalarni mahalliy boshqaruvga o’tkazish;
poezdlar harakatining bajarilgan grafigini avtomatik tarzda yozib olish;
elektr markazlashtirish, avtomatik blokirovka, signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyaga qo’yiladigan talablarni bajarishni.
Markazlashtirilgan dispetcherlikning yangi tizimlari blok-uchastkaning xaqiqiy band emasligida, harakat yo’nalishini poezd dispetcheri tomonidan o’zgartirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |