O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 328,15 Kb.
bet14/24
Sana07.01.2020
Hajmi328,15 Kb.
#32484
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
dorivor osimliklar resursshunosligi-converted

KARTOGRAFIK MATERIALLAR

Mahsulot tayyorlashni uyushtirish va amalga oshirish uchun mahsulotni sanoat miqiyosida tayyorlash mumkin bo‘lgan miqdor - ekspluatatsion zapas haqidagi ma’lumotlar sxematik kartalarda aks ettiradi. Bunday kartalar dala sharoitlarida ish olib borganda foydalaniladi va qo‘yidagi kartografik materiallar asosida tuzilishi mumkin. Topografik yirik masshtabli, geobotanik, er tuzilishini aks ettiruvchi kartalar, o‘rmonlarning joylashishi planlari o‘rmon ho‘jaligi sxemalari, o‘rta va mayda masshtabli adminstrativ kartalar.

Har bir kartalar turi va masshtabiga ko‘ra turli maqsadlar uchun hizmat qiladi. Yirik masshtabli sxematik kartalar va planlar (1:25000; 1:1000) rayon miqyosidagi o‘simlik o‘sadigan maydonlar joylashishini aks ettiradi. Bu kartalarni rayon mikyosida mahsulot tayyorlashda, mahsulot yig‘uvchilarni marshrut yo‘llarini, belgilab chiqishda, xhsildor joylarni qidirib topishda, shuningdek tayyorlashda uzoq muddatga mo‘ljallab karta-sxemalar tuzishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O‘rta masshtabli sxematik kartalar (1: 600000), viloyat va o‘lka administrativ

(kartalarning) kartografiyasi asosida tuzilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlashni alohida rayonlar va viloyatlar, o‘lka, Avtonom respublikalari buyicha planlashtirishda foydalanish imkonini beradi.

Tayyorlashni rayonlashtiruvchi mayda masshtabli (1:1000000;

1:25000000) kartalar maxsulot tayyorlashni viloyat, o‘lka va avtonom respublikalar bo‘yicha planli taqsimlashga, shuningdek rayonlarni ma’lum bir tur uchun dorivor o‘simlik mahsuloti tayyorlashga ixtisoslashtirishga mo‘ljallanadi.

HAR YILGI TAYYORLOV XAJMINI HISOBLASH

Xom ashyoning ekspluatatsion zahirasi - bu o‘simlik o‘sadigan maydondan bir marta yig‘ilganda qancha xom ashyo yig‘ish mumkinligini ko‘rsatadi.

Faqat xom ashyo sifatida mevasi ishlatiladigan dorivor o‘simliklarningina o‘sha

joyining o‘zidan qayta yig‘ish mumkin ekanligi isbotlangan.

Bunday xollarda ekspluatatsion zahiralarning yig‘indisi barcha o‘simliklar yig‘iladigan maydondan har yilgi tayyorlash mumkin bo‘lgan hajimga teng bo‘ladi. Boshqa xollarda, har yilgi yig‘ish mumkin bo‘lgan hajmni hisoblash uchun, tayyorlashdan so‘ng o‘simliklarning yana necha yildan keyin xom ashyo o‘zining boshlang‘ich zahirasiga tenlanishini bilish zarur.

Hozirgi vaqtda faqat 28 tur o‘simliknigina qayta tiklanish muddati tajriba ma’lumotlari asosida aniqlangan. Qolgan turlar uchun bu davrning davom etish belgilanmagan va fakat tayyorlash davrini taxminan quyidagicha ko‘rsatish mumkin:


  • gul tuplamlari va er ustki qismi (bir yillik o‘t o‘simliklar) bir yilda 1 marta:

  • er ustki qismlari ko‘p yillik o‘t o‘simliklar uchun 4-6 yilda 1 marta: kupchilik o‘simliklarning er ostki qismlari uchun 15-20 yilda kamida 1 marta.

Xom ashyoning yillik tayyorlash hajmi o‘simlik ekspluatatsion zahirasining tayyorlov davriga nisbati bilan aniqlanadi. Tayyorlov davri o‘simlikni yig‘ilgan yili va uning qayta tiklanish muddatini o‘z ichiga oladi. Masalan, agar tog‘rayhonning ekspluatatsion zahirasi 200 kg ni tashkil etsa, u 4 yilda qayta tiklanadi. bunda shu rayhonning har yilgi tayyorlash mumkin bo‘lgan hajm 40 kg dan oshmasligi kerak.

XISOBOT TUZISH

Hisobot, o‘zida metodikani tug‘riligini baholash uchun zarur bo‘lgan kerakli malumotlarni, bajarilgan ishni aniq va to‘g‘riligini, shuningdek bajarilgan ish natijalari tug‘risidagi ahborotlarni to‘liq va har tomonlama bo‘lishini, bu esa foydalanishga qulay ekanligini o‘zida mujassamlashtirishi lozim. Hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:



  1. Ishga ta’luqli masalalarni, lozim bo‘lgan rayonlar ro‘yxatini. zahirasini o‘rganish kerak bo‘lgan dorivor o‘simliklar turini, shuningdek amalga oshiriladigan ishning kelishilgan bahosini.

  2. O‘rganiladigan rayon hakida qisqacha ma’lumot; bunda rayonning asosiy yo‘llari; o‘rmon (qaysi o‘rmon turi ko‘rsatiladi), qishloq xo‘jalik erlari va o‘tloq- yaylovlar egallab to‘rgan maydonning protsentli ifodasi ko‘rsatiladi va hokazo.

  3. Ishning to‘liq uslubi qo‘yidagilar hisobga olgan xolda ko‘rsatiladi:

  • qanday kartografik yo‘llanma qo‘llanmalaridan foydalaniladi va nima uchun?

  • xom ashyo zahirasini qanday usullar bilan (baholanadi) aniqlanadi (o‘simliklarning qaysi turlari o‘rganiladi, qaysilari aniq maydonlarni belgilash usuli bilan)?

  • aniq maydonlar uchun joy qanday tanlanishi; ularning soni va ular egallagan maydon butun territoriyaning necha foizini tashkil qilishini;

  • aniqlash maydonlaridan olingan natijalar ekstropolyasiyasi qanday olib boriladi? Bundan tashqari, har bir turning hosildorligini aniqlovchi uslubni keltirish,

ya’ni qo‘yidagilarni ko‘rsatish lozim;

  • hisoblash maydonchalarida qanday turlarga baho beriladi (ular soni, o‘lchamlari, tanlash usuli);

  • qaysilari - proektiv qoplanish usulida olingan maydonlarda;

  • qaysilari - namunaviy nushalar usulida (har bir turning namunaviy nushalar soni, ular sonini maydon birligida aniqlash usuli);

himoyaviy taxlil o‘tkazilganda - qanday usullardan foydalaniladi?


Download 328,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish