O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 328,15 Kb.
bet1/24
Sana07.01.2020
Hajmi328,15 Kb.
#32484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
dorivor osimliklar resursshunosligi-converted

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI


FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI

Dorivor o‘simliklar resursshunosligi” fanidan “Farmatsiya” va “Kasb ta’lim” yo‘nalishlari



5 kurs talabalari uchun

Ma’ruzalar matni


Toshkent-2014

Tuzuvchilar: Ibragimov A.Y. - f.f.d., professor Komilov X.M.-f.f.d., professor Muxamedova M.SH. - f.f.n., dotsent Xodjaeva M.A. - f.f.n., dotsent Farmonova N.T. - f.f.n., dotsent
Taqrizchilar:Maradjapova L.A. - O‘zRSSV qoshidagi Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat Markazining Dori vositalari sifatini nazorat qilish laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, f.f.n.

Abdullabekova V.N. - Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri, f.f.d.,professor

Ma’ruzalar matni Markaziy uslubiy kengashning 2014 yil 25 sentyabrdagi 2 - sonli majlisida muhokama qilingan va o‘quv jarayonida qo‘llash uchun tavsiya etilgan.



MUK ning raisi, o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor v.b., professor X.S.Zaynutdinov

1-Ma’ruza



Mavzu: Dorivor o‘simliklarni resursshunosligi to‘g‘risida tushuncha va uning vazifalari. Asosiy geobotanik va resursshunoslik atamalari.

O‘zbekiston florasini boyligi va xilma-xilligi
Mavzu 2 soatga mo‘ljallangan


Ma’ruza rejasi:




1.Resursshunoslik va uning

tarixi

xaqida

tushuncha.

2.Botanik resursshunosligi oldida

turgan

asosiy

masalalar.

3.O‘zbekistonning ba’zi viloyatlarida

o‘sadigan

dorivor

o‘simliklari.

4. Asosiy geobotanik va resursshunoslik atamalari.
Tayanch iboralar: dorivor o‘simliklarni resursshunosligi, O‘zbekiston florasi, geobotanika, fitocinoz, dominant.
O‘zbekiston relefini xar-xilligi tufayli, tuprog‘i va o‘simlik olami har xil bo‘ladi. Eng pastki erlarda asosan cho‘l o‘simliklari tarqalgan. Erlari qum, taqirlardan iborat. Tuproq tarkibi yuqoriga qarab o‘zgarib boraveradi.

O‘zbekistonda 4150 atrofida o‘simliklar turlari uchraydi. O‘sadigan yovvoyi o‘simliklarni 700 ga yaqin turi dorivor hisoblanadi.

O‘zbekiston florasi o‘simliklar olamida alohida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Muzliklar davridan so‘ng hosil bo‘lgan “Arkto-alpiyskiy” o‘simliklar tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarini egallaydi. Bu o‘simliklar tekislikdan tog‘ tomonga 1500-1700 metrgacha etib boradi.

Janubiy pastroq zonalarda efemeroidlarga xos. Efemeroidlarni diferensiatsiyasi va ko‘payishi asosan tuproq tarkibiga qarab boradi. Efemerlar yirik formatsiyalar hosil qiladi. Efemeroidlar formatsiyasi bilan bir qatorda tekislik, dasht, qir (step) formatsiyalari rivojlanib borgan.

Dasht formatsiyalari boshqa erlardan farqliroq tog‘ va cho‘l zonalariga kirib boradi. Tog‘ o‘simliklari o‘ziga xos farmatsiyalar xosil qiladi. Bu farmatsiyalarda uchraydigan assotsiatsiyalar ko‘proq kserofit o‘simliklardan iborat.



Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlil qilib, yovvoyi dorivor o‘simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari.

Samarqand viloyati respublika markaziga joylashgan bo‘lib, Zarafshon sohiliga kiradi. Hozirgi kunda viloyat 14 ta tumandan iborat. Samarqand viloyatini relefi asosida uchga bo‘lish mumkin.



  • SHimoliy Nurota tog‘lari yon bag‘ri.

  • O‘rtasi-Zarafshon sohillari.

  • Janubida-Zarafshon tog‘ini adirlari.

Nurota atrofidagi vodiylar cho‘l zonasiga kiradi. Vodiyga xos farmatsiya- ermon- Artemisia diffusa (polыn raskidistaya).

Farmatsiya tarkibiga kiruvchi assotsiyasiyalar: efemero- irisovo-polыnnaya; irisovoe-adraspano-polыnnaya va eremurosovo-polыnnaya.



  1. Samarqand viloyati o‘simliklar oilalarini xilma-xilligi ma’lum zonalarga bo‘linsa yaqqol ko‘rinadi:

  1. G‘arb tumanlarida uchraydigan va yig‘ib olinsa bo‘ladigan dorivor o‘simliklar:

  • bozulbang- Lagochillus inebrians Bge (Qizil kitobda). labguldoshlar- Lamiaceae

isiriq (garmala) – Peganum garmala L tuyatovondoshlar – Zygochyllaceae

oqquray (psoraleya) – Psoralea drupacea Bge.

dukkakdoshlar – Fabaceae

achchiqmiya (sofora tolstoplodnaya)- Sophora pachycarpa C.A.Mey. dukkakdoshlar- Fabaceae

bodomcha (mindal)- Amigdalus spinosissima Bge. Men. ra’noguldoshlar- Rosaceae


  1. Janubiy SHarq erlarda uchraydigan dorivor o‘simliklar:

-qizilpoycha (zveroboy sheroxovatыy)- Hypericum scabrum L.

  • kiyik o‘ti (zizifora svetonosnaya)- Ziziphora pedicellata Pazijet Wed.

  • ermon (polыn)- Artemisia absinthium L.

  • og‘rayxon- Origanum titthantum Contsch.

  • na’matak har xil turlari- Rosa sp.

  • sariq andiz- Inula grandis Schrenk.

  • qizilmiya- Glycyrrhiza glabra L.

Jadvallarda keltirilgan dorivor o‘simliklardan tashqari nam erlarda, bog‘larda, soylarda va boshqa dehqonchilik erlarda tarqoq uchraydigan dorivor o‘simliklar ro‘yxati:

-Suv qalampiri – Polygonum hydropiper L.

-Kelin tili (shaftoli bargli toron) – Polygonum persicaria L.

-Qushtaron – Polygonum aviculare L.

-Otquloq –Rumex confertus Willd.

-Zubturum- Plantago major L.

-Jag‘-jag‘- Capsella bursa-pastoris Medie.

Sochiq tarqalgan dorivor o‘simliklarni zahiralari uncha katta bo‘lmay 50-100 kg quruq mahsolotni yig‘ib olishni rejalashtirish mumkin. Bu o‘simliklar, odatda qattiq muxofazaga muxtoj emasligi bilan farq qiladi.



Samarqand viloyatida bu o‘simliklardan tashqari, farmatsiya sanoati uchun foydalanish mumkin bo‘lgan o‘simliklar mavjud. Isiriq, achchiqmiya, kiyik o‘ti, tog‘rayxon, bodomcha, sariq andiz, na’matak shular jumlasidandir. Umumlashtirib

aytilganda Samarqand viloyatida 40 dan ortiq dorivor o‘simliklar turini uchratish mumkin (ofitsinal).



  1. Download 328,15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish