1 Ziyoev Hamid.
K o'rsatilgan asar, 422-bet.
524
www.ziyouz.com kutubxonasi
Samarqanddan muftiy M ahmudxo‘ja Behbudiy, Toshkentdan
M unaw ar qori, Xivadan Pahlavon Niyoz, Buxorodan U sm onxo‘ja,
Jizzaxdan qori Komil, Q o‘qondan Obidjon Mahmud o ‘g ‘li va
boshqalaming ishtirokida o ‘tgan yig‘inlarda mardikorlikka olish
haqidagi farmonga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqilgan.
Turkistondan mardikor olish xususidagi farmonning qonuniy tus
olishiga m on’elik qilish uchun tadbir ishlatdilar. Farmon qonuniy tus
olgan taqdirda norozilik mohiyatidagi isyonlar chiqarishni ko‘zda
tutgan edilar1.
TRMB boshlig‘i polkovnik Volkov Petrogradga 1917 yil fevral
oyida y o ilag an axborotida Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaevga
Toshkent va Andijonda yashashga ruhsat berilganini m a iu m qildi.
Jadidlar harakati tufayli metropoliya markazida Davlat Du-masi
mustamlakachilaming 1916 yil iyul - avgust oylaridagi qon-
xo‘rliklarini muhokama qilishga majbur b o id i. A.F. Kerenskiy,
Mansurov va Ja ’farov kabi noiblar Turkiston m a’murlarining barcha
kirdikorlarini jadidlar bergan hujjatlar asosida Davlat Dumasining
1916 yil 13 dekabr sessiyasida ochib tashladilar.
1916 yilgi qo‘zg‘alon xorijdan, biron-bir turtkisiz, ichdan
yetilgan, Rossiya istibdodiga qarshi ko‘tarilgan va keng ommani o ‘z
doirasiga qamrab olgan qudratli harakat edi.
Mardikorlikka safarbarlik 1916 yil 18 sentyabrdan oq podshoh
ag‘darilgan kungacha davom etdi. Jo‘natilishi kerak b o ig a n 200470
kishi o ‘m iga amalda 123 ming mardikor safarbar qilindi, xolos.
Turkistonlik mardikorlar harbiy va sanoat korxonalarida, konlarda,
temir y o ‘1 qurilishida, o ‘rmon va ayrim kapitalistlaming x o ‘jaliklarida
qattiq nazorat ostida ishlatildi. Ular ochlikdan, xo‘rlikdan, mashaqqatli
mehnatdan mislsiz aziyat chekdilar. K o‘plari qattiq sovuqdan, turli
kasalliklardan o iib ketdilar, yoki bir umrga nogiron b o iib qoldilar.
Mardikorlikka Andijon tumanidan borgan 200-300 nafar odam
Batumi-Suxumi temir y o i qurilishida nihoyatda o g ir sharoitda
ishladi. Ular norozilik namoyishi o ‘tkazib, ish tashladilar, ochlik e io n
qildilar. Tiflis hukumati Toshkentga, general-gubematorga telegramma
y o ila b ulaming namoyishlarini tinchitishga majbur b o iganini xabar
qilgan. Shu maqsadda Turkiston general-gubematorining b u y ru g i
bilan Andijon Eski shahar oqsoqoli Rustam Toshmatov Suxumiga
borib, namoyishchilami xiyla-nayrang, do‘q-po‘pisa bilan «Agar
!
Abdulloh Rajab Boysun.
Turkiston milliy harakatlari. Istanbul, 1943, 40-41-
betlar; Ali Bodomchi. 1917-1934 yillar Turkiston milliy istiqlol harakati va Anvar
poshsho. Birinchi jild. Q o'rboshilar. Istanbul, 1975, 50-bet.
525
www.ziyouz.com kutubxonasi
sizlar ishni davom ettirmasalaring, u ho Ida sizlaming Andijonda
qolgan ota-onangiz, qavmi-qarindoshlaringiz hibsga olinadi, mol-
mulki musodara qilinadi», degan p o ‘pisa bilan aldashga muvaffaq
b o ‘lgan.
Kavkaz frontida rus harbiylari tomonidan asirga olingan
turklar ham front orqasidagi ishlarga safarbar qilingan. Ular bilan
Turkistondan borgan mardikorlar o ‘rtasida birodarlashuv yuz beradi.
Dini, tili, kelib chiqishi bir b o ‘lgan bu xalqlaming farzandlari chor
hukumati va uning mustamlakachilik zulmiga qarshi birgalikda
kurash olib bordilar.
Oq podshoh taxtdan qulatilgach, musulmon asir va mardikorlar
Rossiya va Sibir mintaqalaridan o ‘z ona yurtlariga qayta boshlaydilar.
Turkistonliklar bilan birga turk harbiy asirlarining bir qismi ham
Turkistonga keldi. Turk harbiy asirlari orasida ko‘pgina ziyolilar ham
bor edi. M ardikorlar va turk harbiylarining o ‘lkaga kelishi bilan bu
yerdagi jadidchilik harakatida, istiqlol uchun kurashda m a’lum ijobiy
o ‘zgarishlar yuz berdi. Turkiya zobitlari Toshkent, Farg‘ona, Andijon,
Samarqand, Xiva, Buxoro hududlarida mahalliy aholi o ‘rtasida katta
m a’rifiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ish olib bordilar, jum ladan, maktab
va madrasalarda muallimlik qildilar.
Sobiq asirlar, y a’ni turk zobitlarining Turkistondagi miqdori
haqida aniq m a’lumot y o ‘q. Chunki bu mavzu mutlaqo o ‘rganilmagan.
Turk askar va zobitlarining 1916 yildagi va undan keyingi milliy-
ozodlik harakatlaridagi ishtiroklari ham tadqiq etilmagan.
1916
yilgi milliy-ozodlik qo‘zg'aloni, sho‘roshunos Richard
Pirs ta ’biriga k o ‘ra, faqat chor hukumatinigina emas, balki butun rus
xalqining 0 ‘rta Osiyo xalqlarining ishonchi va do'stligini qozonish
y o iid ag i barcha urinishlarini puchga chiqardi. Bu q o ‘zg ‘alon
rus sosial-demokratlari (bolshevik va mensheviklar) va sosial-
inqilobchilaming (o‘ng va so‘l eserlar) Turkiston xalqlari o ‘rtasida
mustahkam tayanchga ega emasliklarini ham ro ‘y-rost isbotladi.
Q o‘zg ‘alono‘lkadagimustamlakachiliktuzumininghampoydevori
b o ‘sh ekanligi va uning ustunlari chirib qolganligini ham k o ‘rsatdi. U
chorizmning yaqinlashib kelayotgan umumsiyosiy inqirozining yorqin
k o ‘rinishi edi. Lekin, general-gubemator Kuropatkin imperatorga
y o ilag an axborotida 1916 yil qo‘zg ‘alonining sabablarini yozganda
masalaning ana shu jihatini unutgan edi. U o ‘lkada sinfiy tabaqalanish
jarayonini atroflicha yoritgani holda, mustamlaka tuzumining asosiy
illatini davolashning birdan-bir yo‘li 1886 yilgi Nizomni qayta k o ‘rib
chiqishdan iborat deb hisobladi. Kuropatkin, aholining kayfiyati va
ruhiyatini o ‘rganishga oidmateriallarga suyangan holda, harbiylashgan
526
www.ziyouz.com kutubxonasi
qattiqqo‘l hokimiyatni saqlab qolish g ‘oyasini ilgari surdi.
Farg‘ona viloyati harbiy gubematori vazifasini bajaruvchi
polkovnik Ivanov rus amaldorlarining poraxo‘rligini oqlash va hamma
aybni Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev kabi «xalqni buzuvchi yashirin
advokatlar»ga ag‘darish maqsadida yozgan m a’ruzanomasida, o ‘zi
sezmagan holda, mustamlaka tizimini fosh etuvchi fikrlami ham
aytib yuboradi. «Hokimiyat, - deb yozadi u, - o ‘sha aw alg i xonlar
tuzumidagi o'zboshimchalik va zo‘ravonlikka tayandi, chunki
qonunchilik aslida amalda emas, balki nazariyada amalga oshirilgan
edi... Mahalliy m a’muriyat hayotning barcha jabhalari ustidan nazorat
o ‘matgani holda, bebosh va o ‘z holicha xonlar zamonidagi tartibni
davom ettirdi. Rus hokimiyati esa xalq hayotidan tamoman k o ‘z
yumib, turmush qa’riga kirib borolmadi, u okean yuzidagi p o ‘kakka
o ‘xshab qoldi»1. General-gubemator Kuropatkin ana shu p o ‘kakni
okean tubiga tushirish uchun yangi m a’muriyat tizimi loyihasini
ishlab chiqa boshladi. Ammo zamon o ‘zgargan, o ‘lka hayotida
podshoh hokimiyati payqamagan jiddiy voqealar yaqinlashmoqda
edi.
General-gubemator boshliq m a’muriyat o ik ad ag i tanglikni
bartaraf qilish xususida hech qanday chora-tadbir k o ‘rmadi.
Markazdan kerakli oziq-ovqat, birinchi navbatda, g ‘alla keltirish
masalasini ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirdi. M a’lumki,
markazdagi savdo-sanoat doiralarining talabi bilan o ‘lkadagi don
ekinlari qisqartirilib, o ‘miga paxta ekila boshlangan edi. Kelishuvga
ko‘ra, don-dunni Rossiya guberniyalari Turkistonga yuborishi lozim
edi. General-gubematoming esa bunga e ’tibori b o ‘lmay, diqqat
butun o ik a d a ommaviy qatag‘onni kuchaytirishga qaratildi. U 1917
yilning fevral oyida milliy-ozodlik qo‘zg ‘aloni ishtirokchilari ustidan
chiqarilgan hukmni imzoladi. Hukmga ko‘ra, 347 kishi - o ‘zbeklar,
qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar dorga osildi, yuzlab kishilar katorgaga
jo ‘natildi.
General-gubemator qo‘zg‘alon ishtirokchilarini jazolash baho-
nasida ulaming yerlarini musodara qilib, ms qishloqlari sonini
ko‘paytirish rejalarini ham ishlab chiqdi.
M ustamlakachilar o ik a d a istibdod sirtm ogini yanada qattiqroq
tortishning yangidan-yangi rejalarini tuzdilarki, ulaming amalga
oshuviga markazdagi voqealar xalaqit berdi.
1917
yil 2 mart kuni Petrogradda podsho hokimiyati ag'darilgani
haqidagi xabar Toshkentga ham yetib keldi. Uni birinchi b o iib
10 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 3 1-ro‘yxat, 1144-ish, 20-varaq.
527
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kuropatkinga Sirdaryo viloyati harbiy gubematori general-leytenant
Galkin yetkazdi. Generallar o ‘zaro kelishib, bu simi hech kimga
bildirmaslikka hamda Petrogradda voqealar qanday borishi va nima
bilan tamom b o ‘lishini kutishga qaror qildilar. Ammo Nikolay II
taxtdan voz kechganligi haqidagi telegramma telegrafda k o ‘chirtirilib
va ko ‘paytirilib allaqachon shaharga tarqalgan edi. Chorizmning
ag‘darilgani, Rossiya imperiyasi o ‘m iga respublika paydo b o ‘lganligi
yashin tezligida butun Turkiston o ‘lkasiga tarqaldi. Turkiston afkor
ommasi o ‘rtasida ham mustamlakachilik tuzumida o ‘zgarishlar
b o ‘lishi haqida umid uchqunlari paydo b o ‘ldi.
Lekin Vaqtli hukumat ham Turkistonni mustamlaka deb bilib,
u yerda hech qanday o ‘zgarish qilishni istamadi. O ik a general-
gubematori A.N.Kuropatkin o ‘z lavozimida qolaverdi. Joylardagi
gubernatorial tuman boshliqlari ham, aw algidek o ‘z mansablarida
xizmatini davom ettiraverdilar. General-gubernator 8 martda
chiqargan buyrug‘ida Vaqtli hukumatdan yangi farmoyish kelguncha
o ‘lka, viloyat va tumanlardagi amaldorlar o ‘z vazifalarida qolib,
faoliyatlarini davom ettiraverishlari lozimligini uqtirdi1. U poli-
siyani milisiya bilan almashtirish lozimligini, mahalliy hokimiyat
idoralari qoshida jam oatchilik qo‘mitalari tashkil qilish kerakligini
ham qistirib o ‘tdi.
General Kuropatkin inqilob bayrog‘i ostida niqoblanib olib
Turkistonda mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi. U Samarqand
viloyati harbiy gubematoriga 13 mart kuni yo‘llagan telegrammasida
shaharlar boshqaruvini tuzish xususida shahar dumalari a ’zolari
(glasniylar) safida rus vakillari kamida duma a ’zolarining yarmini
tashkil etishi zarurligini uqtirdi. Chunki, uning fikricha, Turkistonning
mahalliy aholisi ruslarga o ‘xshab «og‘ir majburiy harbiy xizmatni
o ‘tamaydi, shuning uchun huquqda ular bilan teng b o ‘lmasligi
kerak»2. Joylardagi idoralarga o ‘tkazilgan saylovlarda ana shunday
siyosat yuritish k o ‘zda tutildi. Bu esa mahalliy millatlar vakillarining
keskin noroziligini uyg‘otdi.
Buxorodagi Rossiya rezidenti A. Miller general-gubematorga
yo ‘llagan telegrammasida Yangi Buxoroda ijroiya qo‘mitaga 12
martda b o iib o ‘tgan saylovlarga 5 ming ruslar bo‘lib musulmonlar
esa qatnashtirilmaganligi keskin norozilikka sabab b o ig an in i yozgan
edi. Boshqa rus fuqarolari bilan teng huquqda musulmonlaming
qatnashuviga y o ‘l q o ‘yilmagani aholining kayfiyatini buzgani, ular
1 O 'z R MDA, 20-jam g‘arma, 2-ro’yxat. 77-ish. 4-varaq.
: 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro'yxat. 1175-ish, 3-varaq.
528
www.ziyouz.com kutubxonasi
bu saylovlar natijalarini bekor qilishni talab qilib, Rossiya Vazirlar
Kengashi raisi, tashqi ishlar, harbiy vazirlarga, shuningdek Davlat
Dumasi musulmon fraksiyasi raisi Tavakkalovga telegraf orqali
murojjat qilishganini xabar qildi. Turkistondagi rus aholisi ham eskicha
idoraga, eskicha boshqaruv uslublariga qarshi k o ‘tarila boshladi. Bu
harakatda ayniqsa rus ishchi va askarlari faollik ko‘rsatishdi.
Turkiston general-gubematori Kuropatkin ham faolliqda ulardan
qolishmadi. U o ‘z generallari bilan voqealar rivojini «tinchgina» kutib
o ‘tirmay, yirik bir ig‘vogarlik tayyorladi. U o ‘lkada «musulmonlar
qo‘zg‘alon
ko'tarm oqchi»
degan
ovoza
tarqatib,
ruslami
musulmonlarga qarshi ko‘tarishga, o ‘rtada o ‘zaro nifoq chiqarishga
urindi. General shu maqsadda qo‘zg‘alonga qarshi «himoya qismlari»
tayyorlash haqida ko'rsatm a berdi va bu g ‘oyaning tadbiri Turkiston
harbiy okrugi shtabida tezlik bilan ishlab chiqildi. Kuropatkin
markazdagi voqealar rivojini kuzatgan holda, Toshkentda imperiya
mustamlakasini «ozod Rossiya» uchun butunicha saqlab qolish
y o iid a faol ish olib bordi. 0 ‘lka va viloyat idoralari, shuningdek
yangi jam oat tashkilotlari, inqilobiy qo'm italarga joylashib olgan rus
shovinistlari, podshohparastlar orasida uning maslakdoshlari ko‘p
edi. Bu hoi ayniqsa Toshkent ishchi va askar deputatlari Sho‘rosi
ijroiya qo'm itasining 30 martdagi majlisida yaqqol k o ‘zga tashlandi.
General-gubematomi mansabidan chetlatib, qamoqqa olish masalasi
kun tartibigaqo‘yilganda Ijroiya qo‘mita a ’zolari Ivanov, Zakamenniy,
Dinin, Bulinskiy, Rusanov kabilar Kuropatkinni qattiq turib himoya
qildilar. Majlis bu masalani yarim kechagacha muhokama qilgan
bo‘lsa-da, biror qarorga kelolmadi.
Ishchi, askar va ziyolilaming keskin talabidan cho‘chigan
shovinistlar Kuropatkinni o ‘zlari qamoqqa olib, Petrogradga
jo'natishga qaror qildilar. Bu ish general-gubematoming shaxsiy
soqchilari boshlig‘i polkovnik Rusanovga topshirildi. Toshkent Soveti
ijroiya qo‘mitasi a ’zosi b o ‘lgan Rusanov o ‘z boshlig‘ini qamoqqa
olganini Sovetdagi ishchilarga m a’lum qildi.
Shu tariqa Turkistonda 50 yil davom etgan general-gubematorlik
idorasi barham topdi. 1917 yil 31 martda o ‘lkada harbiy hokimiyat
fuqarolik hokimiyatidan ajratildi. Bu rus demokratiyasi va istiqlol
kurashchilarining ko‘p yillik kurashining samarasi edi.
529
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ikki asrga yaqin suronli va uqubatli tariximizning bunyodkorlik va
parokandalik, qardoshlik va maxdudlik, jasorat va xiyonat, matonat va
razolat, m a’rifat va jaholat, ozodlik va yovuzlik kurashi sahifalaridan
avlodlar uchun saboqlar, y a’ni qissadan hissa nima? Kitobdan qanday
xulosa chiqadi?
XVIII
asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi o ‘zaro maxdudlik
va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi.
Bosqinlar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada XIX asming ikkinchi
yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi.
U o ik a n i siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki
erksevar, zahmatkash xalqini m a’naviy-ruhiy bo‘ysundirishga ham
ahd qildi. Chorizm joriy etgan siyosiy tuzum o ‘lkada hukmron rus
davlatchiligini qaror toptirishga qaratildi. Ana shu maqsadda 0 ‘zbek
milliy davlatchiligining asos-e’tiborini y o ‘q qilishga qaratilgan chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
Ta’sis etilgan mahalliy boshqaruvdagi saylov tizimi aslida afkor
ommani chalg‘itishga qaratilgan edi. Volost boshqaruvchilari -
mingboshilar, qishloq oqsoqollari hamda mahalliy «xalq sudlari» - qozi
va biylar aslida rus m a’muriyatining irodasini ifoda qiluvchi kishilar
bo‘lib, mustamlaka siyosatini o ‘tkazishda vositachi b o ‘lishgan, xolos.
«Turkiston o ‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» rus dvoryanlari va
burjuaziyasi manfaatlarini qonunlashtirgan bir qomus edi.
Rossiya hukumatining siyosiy tusga ega bo im ag an barcha
fuqarolik ishlarini qozi va biy sudlariga topshirishi tagida aslida g ‘ arazli
maqsad yotgan. M ustamlakachilar shariat qonun-qoidalaridan o ‘z
istibdod tuzumlarini mustahkamlashda foydalanmoqchi boiishgan.
Turkiston xalqlariga berilgan «saylov huquqi» ham aslida uzoqqa
m oijallangan ko‘zbo‘yamachilik siyosati edi. «Nizom» siyosiy tusga
ega b o ‘lmagan barcha ishlarni mahalliy aholidan saylanuvchi vakillar
- o ‘nboshi, ellikboshi, yuzboshi, oqsoqol va volost boshqaruvchisi
- mingboshilarga rasman topshirib qo‘ygani afkor omnia o ‘rtasida
go‘yo Turkistonda o ‘z-o‘zini boshqaruv hukmron degan tasaw u m i
uyg‘otishi lozim edi.
M ustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ulaming
istiqboliga to ‘g ‘anoq b o is a , nimaiki ulami ozodlik uchun kurashdan
chalg‘itsa, hammasini qo ilab -q u w atlag an holda, istiqlolga xizmat
qilajak barcha intilishlaming payini qirqdilar.
XOTIMA
530
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rossiya imperiyasi o ‘lkani Turkiston general-gubematorligi,
Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga b o iib ,
tub joy aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish y o iid a barcha
vositalardan foydalandi. Ming yillardan beri davom etib, avloddan-
avlodga o ‘tib yashayotgan milliy davlatchilik va qadriyatlami
yo‘q qilishga qaratilgan chora-tadbirlami ishga soldi. «Turkiston
o ik a sin i boshqarish haqidagi Nizom» o ‘z m ohiyat-e’tiboriga ko‘ra
shu maqsadga qaratildi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat
b o id i:
a) mahalliy boshqaruv, urf-odat va qonun-qoidalardan milliy
davlatchilikning barcha asoslarini tag-tugi bilan yo‘qotish;
b) о ik a turmushiga butkul yot va begona bo ‘ lgan uezd, uchastka,
volost kabi m a’muriy-hududiy birliklami joriy etish;
v) qishloq y ig in i va volost qurultoyini ta’sis qilib, sun’iy tarzda
qishloq boshqaruvini tashkil qilish;
g) siyosiy tusga ega b o im agan barcha ichki boshqaruvda saylov
tizimini ta ’sis etish va bu bilan aholi «o‘zini-o‘zi boshqaruvi»ni
shaklan gavdalantirish;
d) rus va rusiyzabon aholi nufuzini oshirish, shu maqsadda o ik a
shaharlarini «eski va yangi» qismlarga ajratib idora qilish;
j) mahalliy boshqaruvga mirshab-josuslik tusini berib, quyi
amaldorlami itoatkor malaylarga aylantirish;
e) o ik a n i ruslashtirish va yangi «Rus Turkistoni» ni Ьафо
etish.
Bular mustamlaka idorasining barcha bo‘g ‘inlarida o ‘z ifodasini
topdi.
Rossiyaning Turkistondagi agrar siyosati o ‘zida metropoliya
dvoryan-pomeshchiklari va burjuaziyasining iqtisodiy va siyosiy
manfaatlarini yaqqol gavdalantirdi. Bu siyosatning bosh maqsadi
o ik a n i imperiya sanoatining xom ashyo makoniga aylantirish edi.
Imperiya ikki hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Agrar
siyosatda dvoryanlar talabiga ko ‘ra Turkiston xalqiga tegishli yerlami
zo‘rlik bilan tortib oldi va rus posyolkalarini Ьафо etdi. Burjuaziyaning
talabiga ko'ra esa, qishloqlarda paxta yakkahokimligini o ‘matish
uchun barcha zarur chora-tadbirlami amalga oshirdi. Rossiyaning
Davlat Kengashi, Vazirlar Q o‘mitasi va Davlat Dumasida Turkiston
haqida qabul qilingan qonun-qoidalarda dvoryan-pomeshchiklar va
burjuaziya manfaatlari o ‘z aksini topdi.
Sankt-Peterburg o ‘troq aholining yerlarini qishloq jamoalari va
yiginlariga biriktirgan holda, soliq b o ‘yicha doiraviy m as’uliyatlik
qoidasini joriy etish bilan sudxo‘rlikni avj oldirdi.
531
www.ziyouz.com kutubxonasi
Imperiyaning k o ‘chiruvchilik siyosati, doiraviy javobgarlik
singari, o‘lkaaholisiningersizlanishinikuchaytirdi. ChorRossiyasining
esa moddiy va siyosiy jihatdan nufuzini oshirdi.
Agrar siyosat imperiyaning harbiy, ijtimoiy va iqtisodiy
siyosatinmg uzviy qismiga aylantirildi. Rus posyolkalari va tub
jo y aholi yashab turgan qishloqlarda rus x o ‘jaliklarining vujudga
keltirilisfai ana shu siyosatning amaldagi ijrosi b o id i. Turkistondagi
har bir rus posyolkasi butun bir batalon xizmatini o ‘tovchi harbiy
kuchga aylantirildi.
Amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat yer-suvni, yaylovlami va
barcha tabiiy boylikni chor hukumati qo‘lida jamladi, ular m o‘may
daromad manbaiga aylandi.
Metropoliya o ‘lkani xom ashyo makoniga aylantirib, paxtachilik,
ipakchilik, qorakoichilik va boshqa muhim xom ashyo mahsulotlari
yetishtirish tarmoqlariga katta e ’tibor berdi. Sanoat qurilishi sohasida
chorizm metropoliya burjuaziyasi manfaatlariga mos - xom ashyoni
dastlabki ishlovchi korxonalar qurilishini quw atlab, o ‘lkada qayta
ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati rivojiga to ‘sqinlik
qilib keldi.
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati Turkistonni rus tovarlari
sotiladigan, tayyor mahsulotlar xarid qilinuvchi bozorga aylantirdi.
Bu esa mahalliy hunarmandchilikni inqirozga olib kelib, yagona
milliy bozom ing rivojlanishiga y o ‘l bermadi.
Imperiyaning mustamlakachilik siyosati xalq maorifi va madaniy
hayotida ham o ‘z aksini topdi. U maktab va madrasalar faoliyatiga
deyarli e ’tibor bermadi, aksincha ulaming rivojlanishiga to ‘sqinlik
qildi. Asosiy e ’tibor o ‘lkada mslashtirishga xizmat qiluvchi rus-tuzem
maktablari tarm og‘ini yuzaga keltirishga qaratildi.
Umuman olganda, Rossiya imperiyasi ilm-fan, xalq maorifi,
matbuot va madaniyat sohasida Turkiston xalklarining qadimiy tarixi,
tili, urf-odatlari, milliy g ‘ururi va erksevarlik tuyg‘ularini y o ‘qotishga,
qisqasi, ulami o ‘zligidan judo qilishga qo‘lidan kelgancha harakat
qildi. Bu siyosatning asosiy maqsadi o ‘lkadagi milliy davlatchilik,
milliy ong, milliy o ‘zlikni anglashga qaratilgan barcha harakatlami
tag-tugi bilan qo‘porib tashlash edi.
Asrimiz boshlarida milliy mulkdorlar, ziyolilar va ulamolaming
ilg'or qismi maktab va madrasalami isloh qilish y o ‘lidan borib,
yangi usul maktablarini ochdilar. Yangi usuddagi maktablar esa rus-
tuzem maktablariga qarama-qarshi o ia ro q , m a’rifat o ‘chog‘i, yangi
m a’naviyat, madaniyat maskani, rus mustamlakachilari zulmi ostida
milliy g'ururi, qadr-qimmati toptalgan, talangan, yuragiga qo'rquv-
532
www.ziyouz.com kutubxonasi
dahshat solingan xalqni milliy mustaqillik uchun kurashga hozirlovchi
targ‘ibotxonalar vazifasini o'tadilar.
Jadidlar yangi usul maktablari tarm og‘im yaratish bilan
mustamlaka istibdodi iskanjasiga tushib qolgan milliy ruhni
qo‘z g ‘atish va o ‘zlikni anglash jarayonini kuchaytirishga intiluvchi
kuch sifatida sahnaga chiqdilar. Ular iste’dodli yoshlami xorijga
o ‘qishga yuborish orqali millat istiqboli ustunlariga tamal toshini
qo‘ydilar. Jadidlaming «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Sadoyi
Turkiston» kabi gazetalari o ‘zbek milliy matbuotini yaratdi.
XX asr boshlarida Turkiston istiqloli uchun kurashning nazariy
asosini Ismoil G ‘aspiralining m a’rifatparvarlik g ‘oyalari va ulami
amalda rivojlantirgan M ahmudxo‘ja Behbudiy, M unaw ar qori
Abdurashidxonov, Fitrat va Toshpo‘latbek N orbo‘tabekov kabi
jadidlar yalovbardorlarining faoliyati tashkil etdi. Rossiya (1905-
1907), Turkiya va Eron (1908-1911) inqiloblari Turkistondagi istiqlol
kurashiga zo ‘r turtki berib, o ik a d a «Taraqqiyparvarlar» nomi ostida
tarixga kirgan ziyolilar firqasini vujudga keltirdi. Bu firqa «Turon» va
«Sho‘roi islom» kabi nufuzli tashkilotlar shaklida kelgusi voqealar
rivojida salmoqli rol o ‘ynadi.
1916 yilgi qo‘zg ‘alon Turkistondagi xalq ommasining istiqlol
kurashida eng yuqori bosqich bo‘lib, unda iqtisodiy, ijtimoiy,
diniy, siyosiy va milliy-ozodlik g ‘oyalari o ‘zaro uyg'unlashgan
holda namoyon bo‘ldi. Istiqlol kurashining g ‘oyaviy ilhomchilari
bo'lgan
taraqqiyparvarlar
Petrogradga
borib
mardikorlikka
safarbarlik
muddatini
kechiktirishga
muvaffaq
boiishgani,
Rossiya parlamenti - Davlat Dumasida xalq qo‘zg ‘alonini qonga
botirgan mustamlakachilaming beboshligini fosh etishgani hamda
ulaming jinoyatlarini tekshirish uchun Turkistonga Davlat Dumasi
komissiyasini olib kelishgani ulaming milliy-ozodlik harakatida o ‘z
o ‘rinlariga ega boTganlaridan dalolat beradi.
Mustamlaka tuzumiga, chorizmga qarshi harakatda taraq
qiyparvarlar bilan inqilobchilar o ‘rtasidagi mushtaraklik fevral
inqilobiga qadar davom etdi. Sinfiy kurashni maqsad qilgan
inqilobchilar hamda tinch rivojlanish va islohotlar y o iin i tanlagan
taraqqiyparvarlar o ‘rtasidagi ziddiyatlar Turkistondagi 1917 yil
voqealari rivojidagi asosiy yo‘nalishlami belgiladi.
Yurtboshimiz Islom Karimov bir guruh tarixchi olimlar bilan
qilgan suhbatida (1998) Turkistonda chor Rossiyasi o ‘tkazgan
mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini
ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qilib qo‘ygan edi: «...har
tomonlama mudhish, chetdan qaraganda halqimiz, uning madaniyati,
533
www.ziyouz.com kutubxonasi
milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir m ubolag‘asiz
aytish mumkinki, nasl-nasabi y o ‘q b o iib ketishi kerak b o ig a n
sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan b o is a ham, millatimiz
o ‘zligini saqlab qololdimi yo yo‘qm i?»’.
Davlatimiz b osh ligining bu savoliga javoban kitob mualliflari
tarixiy dalillar asosida chor Rossiyasi mustamlakachilarining og‘ir
asorati sharoitida ham xalqimiz o ‘zligini, milliy qadriyatlarini,
m a’naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab
qolganligini baholi qudrat yoritishga intildilar. Darhaqiqat, mustabid
tuzum sharoitida ham turkistonliklaming erkinlikka, taraqqiyotga va
istiqlolga b o ig a n azaliy intiqlik kayfiyati so‘nmadi. Xalqimizning
yurak-bag‘riga teran o ‘mashgan mustaqillik va ozodlik tuyg‘usi
tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada 0 ‘zbekiston
istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |