O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Mulohaza uchun m a’lumot
1916 yil qo‘zg‘alonini keltirib chiqargan sabablami aniqlash 
masapasida Rossiya Davlat Dumasi musulmonlar fraksiyasi raisi 
Q utlug1 Muhammad Mirzo bilan A.F.Kerenskiy fikr almashinishib, 
Rossiyadagi bir qator urush frontlari safiga Turkiston fronti ham 
qo'shilganini e ’tirof qilishgan. A.F.Kerenskiy o ‘z yurtdoshlarining 
vahshiyliklaridan voqif bo‘lib, vayronaga aylantirilgan shahar 
va qishloqlami o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Shu bois u so‘zda b o isa - 
da, turkistonliklami yoqlab chiqdi. U 1916 yilning noyabr oyida 
Turkistonda so‘zlagan nutqida Rossiya hukumatini shafqatsizlikda 
ayblab, hatto Turkistonga o ‘z hukumatini tuzish huquqini berishni 
talab qilib chiqdi. Shuningdek, u 1916 yil oxirida Peterburgga tashrif 
buyurgan To‘rg‘ay viloyati vakilligiga rus hukumatining va’dalariga 
ishonmaslikni maslahat berdi. Kerenskiy ana shunday faoliyati bilan 
turkiy xalqlaming ishonchini qozondi. Shuning uchun ham 1917 
yil fevral inqilobi haqida o'lkaga xabar kelganda turkistonliklar 
A.F.Kerenskiyga tabrik telegrammasi y o ilab , uning yordamida 
ozodlikka chiqishga 
umid 
qildilar. A.F.Kerenskiy hukumati 
Turkistonda jonajon ruslaridan ko‘ra turkistonliklar tomonidan 
ko‘proq olqishlandi. Ammo 1917 yil fevral inqilobidan so‘ng vazir, 
keyin Bosh vazir bo‘lgan A.F.Kerenskiy turkistonliklar ishonchini 
oqlamadi. Bunga bir qator hujjatlar guvohlik beradi.
« 0 ‘n uch oydan beri Yettisuv viloyati da qonli voqealar davom 
etm oqda,- deb yozgan edi turkistonlik Shokir Emoy. - Bir necha o ‘n 
ming musulmon qirg'izlam ing yostig‘i quritildi. Ulaming milllion- 
million rubllik mol-mulki talon-toroj etildi. Begunoh qirg‘iz bolalari 
ota-onalari bag‘ridan o ‘g ‘irlanib, xuddi o ‘rta asrlardagidek qullikka 
sotib yuborildi. Ayollar zo ‘ravonlik qurboni b o ‘lmoqdalar; din 
e ’tiqodi va millati kamsitilmoqda. Avvalgi tuzumda ham bunaqa 
zo ‘ravonliklar jamoatchilik nazaridan chetda qolmasdi. Ammo u 
paytlarda tilimiz b og iangan edi. Norozilik bildirish yoki kimdandir 
yordam olish to ‘g ‘risida o ‘ylab ham boim asdi. Ammo hozir ozodlik 
davri boshlangan, hukumat tepasiga sosialistlar kelishgan. Tenglik 
va birodarlik e ’lon qilindi. Qirg‘izlar va barcha musulmonlar xon 
davrida odat tusiga kirib qolgan zo‘ravonliklarga chek qo‘yiladi, deb 
umid qilgan edilar. Ammo Yettisuv viloyatida hali hech qanday tartib 
o ‘matilgani yo‘q. Qirg‘izlami kamsitish, o iim jazosi ta ’qiqlanishiga 
qaramasdan, ularni qatl etish davom etmoqda. Xalqni mustamlakachilar 
zulmidan himoya qilish yo‘lida biror qadam tashlangani y o ‘q. 
Kerenskiy hukumati u yoqda tursin, boshqa sosialistik tashkilotlar 
ham bu dahshatli holatga chek qo‘yish to ‘g ‘risida o ‘ylamayaptilar.
517
www.ziyouz.com kutubxonasi


M usulmonlaming telegrammalari va arizalariga e ’tibor berilmayapti. 
X o‘sh, biz endi nima qilishimiz kerak? Shu paytgacha hukumatdan 
najot kutdik, ammo hukumat tashabbusni qo‘lga olishdan bosh 
tortgandan keyin musulmonlaming o ‘zlari bu ishga jiddiy kirishishga 
majburdirlar1.
* * *
General-gubemator Kuropatkin va Davlat Dumasi a ’zolarining 
taraqqiyparvarlar bilan aloqasi sirini ilg‘ab olgan va tushungan siyosiy 
razvedka rahbari polkovnik M. Volkov xalq ko‘ziga yomon k o ‘rinib 
qolgan ras amaldorlarining ishdan olinishidan norozi kishilaming 
«tuzemeslar jilovini qo‘ldan chiqardik», degan da’volarini tanqid 
qilib, «bu fikr o ‘z mansabini suiiste’mol qilganlarga taaluqli», -
deydi va quyidagi g ‘oyani ilgari suradi: «Joylardagi m a’muriyat 
b o ‘ysundirilgan xalqning uchinchi avlodi bilan to'qnash kelmoqda. Bu 
avlod ras fuqaroligi berayotgan barcha afzalliklar qadrini tushunadi. 
Ulkan 0 ‘rta Osiyo mulklaridagi millatlaming o ‘zaro madaniy 
yaqinlashuvi oliy hokimiyat irodasiga bo‘ysunmas bir jarayondir. 
Aybdor amaldorlami lavozimlaridan chetlashtirish ana shu jarayonga 
to ‘siqlami abadul abad yo‘qotgay»2.
0 ‘tmishdoshlari Vasilev va Kvisinskiyning kuzatuvlarini izchil 
davom etgirgan polkovnik Volkov jadidlam ing nufuzi va xalq 
orasida tobora oshib borayotgan mavqeidan yaxshi xabardor edi. 
U TRMB boshlig‘i sifatida Mirkomil M irm o‘minboevning katta 
moddiy m ablag‘i bilan ta ’minlanib, uning bevosita tashabbusi bilan 
Petrogradga jo ‘nagan U baydullaxo‘ja va uning maslakdoshi jum alist 
Vadim Chaykinlaming markazda podshoh farmonini kechiktirishga 
muvaffaq b o ‘lishgani, o ‘zlari bilan Turkistondagi qonli voqealami 
tekshirishga Davlat Dumasi musulmon fraksiyasi a ’zolarini olib 
kelishgani kelajakda o ‘lkada jiddiy o ‘zgarishlar yasashini yaxshi 
angladi. TRMB agenturasi jadidlar bilan ilg‘or m s demokratlari 
o ‘rtasida yaqin hamkorlik yuzaga kelganidan ham xabar topgan edi. 
Bu hamkorlikning zanjiri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaevga borib 
ulangan edi. Toshkent, Saratov va Petrograd eserlari davrasida yaqin 
kishi hisoblangan Ubaydullaxo‘janing «Sadoyi Turkiston» gazetasi 
muharriri sifatidagi faoliyati ham ularga m a’lum edi. Polkovnik 
Volkov shu gazetada Lev Tolstoyning Ubaydullaxo‘jaga y o ‘Hagan 
yuqorida tilga olingan maktubini ham o ‘qigan edi. G raf Tolstoyning
1 Yangi Sharq. Berlin, 1917, 2-jild, 124-bet.
20 ‘zR MDA, 3-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 31 -ish.
518
www.ziyouz.com kutubxonasi


oddiy o ‘zbek ziyolisiga b o ‘lgan e ’tibori butun Turkiston jamoatchiligi 
e ’tiborini o ‘ziga jalb etgani maxfiy polisiyaning diqqatini qaratgan 
edi. «Sadoyi Turkiston» yopilgandan keyin Andijonga kelgan 
Ubaydullaxo‘ja mahalliy jadidlar va rus jum alistlari bilan yaqinlashib, 
hukumatga qarshi qaratilgan faoliyatini davom ettirdi.
Polkovnik Volkov Toshkent, Q o‘qon va Andijondagi jadidlar- 
ning tashkilotlarida o ‘zbek burjuaziyasidan tashqari, rus savdo- 
sanoat doiralari vakillari, shular qatorida inqilobiy firqa a ’zolari ham 
borligi haqida xabar topgan edi. Volkov o ‘z agenturasining yana bir 
axborotini ham diqqat bilan o ‘rgandi. Bu axborotda Ubaydullaxo‘ja 
bosh b o ig a n Toshkent jadidlari Andijondagi «Taraqqiyparvarlar» 
firqasi bilan birlashgani va ulaming orasida tumanboshining 
tilmochlari Sulaymon Kelginboev, Akbarali va Madamin O 'razaliev1 
hamda Ubaydullaxo‘janing inisi Bashirulla X o‘jaev muhim rol 
o ‘ynashi ko‘rsatilib, ular bilan maslakdosh b o ig a n rus jum alisti Vadim 
Chaykin hokimiyatga qarshi mahalliy yoshlami uyushtirayotgani 
m a iu m qilingan edi. Turkiyaning Gresiya ustidan g ‘alabasini tilovchi 
bu maxfiy jamiyatning maqsadi, agentning fikricha, «mahalliy rus 
hokimiyatini yerga urib qoralash orqali mahalliy xalq o ‘rtasida obro‘ 
qozonishdir»2. TRMB maxfiy agenti Mirza Ahmad Qushbegiev esa 
uni to id irib «agar bu jam iyat jazosiz qolaversa, u holda u dahshatli 
kuchga aylanadi. Xalq ulaming qarm ogiga ilinib, jilovini ularga berib 
qo‘yadi», deb o ‘zbek jadidlari faoliyati to ‘g ‘risida batafsil axborot 
bergan edi.
Bu jamiyatning bosh g'oyasi «yosh turklar»ga taqlid etishdan 
iborat b o ig a n . Uning a ’zolari xalqni siyosiy erkinlikka chiqarishni, 
rus va mahalliy m a’muriyat zulmidan ozodlikka chiqishni maqsad 
qilib olganlar. Ularga ruscha va musulmoncha m aium otga ega 
b o ig a n yoshlaming ko‘pchiligi xayrixoh edi. Andijon uezdi b osh lig i 
polkovnik Yu.A.Brjeziskiy Farg‘ona viloyati harbiy gubematoriga 
1916 yil 13 sentyabrdagi raportida: «Hozirda aholi m a’muriyat 
ovoziga emas, balki janob Chaykin, Ubaydulla X o‘jaev, Ahmadbek 
Hoji Temirbekov, Poshshoxo‘ja U m arxo‘jaev va ular to‘dasi ovoziga 
quloq osmoqda. Odamlar arz-shikoyatlar bilan m a’muriyat oldiga 
emas, balki o ‘shalar huzuriga adolat istab bormoqda. M a’murlar 
Toshkent, Andijon va Q o‘qon kabi yirik m a’muriy markazlarda
1 A. O 'rozaliev Moskvada Xitoyga diplom atik xizmat safariga jo 'n a sh oldidan 
1925 yil 6 iyulda to'ldirgan shaxsiy varaqasining « o ‘tmishda qanday partiyaga 
mansub edingiz?» degan savoliga «1914 yildan 1917 yilgacha yosh o'zbeklam ing 
«Ittihod va taraqqiy» yashirin tashkilot a ‘zosi bo'lganm an» deb yozgan.
20 ‘zR MDA, 3-jam g‘arma, 1-ro'yxat, 31 -ish, 68-varaq.
519
www.ziyouz.com kutubxonasi


tobora kuchayib borayotgan «Taraqqiyparvarlar» firqasidan juda 
hayiqib qolishdi», deb yozgan edi1.
1916 yilning avgustida Turkiston general-gubematori TRMB 
m a’lumotlari asosida imperatoming mardikorlikka olish haqidagi 
farmonini bajarish uchun jadidlam ing yordamiga suyanish haqi­
dagi xulosasiga qo‘shildi. Shu maqsadda u jadidlar yetakchisi Ubay- 
dullaxo‘janing talabini qondirib, Andijon tumanboshisini lavozimi- 
dan chetlatdi. Mardikorlikka olishda barcha ishlami jadidlar rah- 
barlik qiluvchi «tuzem qo‘mitasi» ixtiyoriga topshirdi. Toshkentdagi 
«Tuzem q o ‘mitasi» raisligiga Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaevni, 
uning muovinligiga 
esa M unavvar qori Abdurashidxonovni 
tayinladi.
Kuropatkinning jadidlarga ko‘rsatgan bunday ishonchi tagida 
yotgan yashirin maqsadni anglamagan shovinistlar nihoyatda dar- 
g ‘azab b o iish d i. Ulam i ayniqsa Ubaydullaxo‘janing «Turkestanskiy 
golos» gazetasida bosilgan «Rus imperator ju g ‘rofiya jamiyati» 
majlisida qilgan m a’mzasidagi «ms xalqi bizlami o ‘g‘irlik vajinoyatga 
o ‘rgatdi», degan so‘zlari junbushga keltirgan edi. Shunday odamni 
general-gubemator m as’ul lavozimga tayinlashi shovinistlar g ‘azabini 
nihoyatda kuchaytirib yubordi. Polkovnik I.Brjeziskiy maslakdosh 
do‘sti, Farg‘ona viloyati harbiy gubematori vazifasini bajaruvchi 
polkovnik Ivanovga yuborgan xatida shunday degan: «Tuzemeslar 
so‘nggi vaqtda juda surbetlashib ketishdi. Janob X o‘jaevlar va 
Chaykinlar «Kambag‘al tuzem aholini ezayotgan m a’muriyat» ustidan 
yana arzbozlik kampaniyasini boshlamoqda. Fikrimcha, zudlik bilan 
ulaming faoliyatiga chek qo‘yish kerak. V. Chaykin, Ubaydulla 
A sadullaxo‘jaev, ukasi Bashim lla Asadullaxo‘jaev, Ahmadbek 
Temirbekov va Poshshahoji Umarxo‘jaevlam i mardikorlikka j o ‘na- 
tish tugaguncha o ik a d an chiqarib yuborish zamr. Shaxsan o ‘zim 
k o ‘rgan-kechirganlarim asosida mahalliy aholiga ishonchimni 
batamom yo‘qotdim. Bu xalq iyul oyida ms qizlari va ayollarini 
zo ‘rladi, ko ‘priklami yondirdi, himoyasiz amaldorlami oid ird i. 
Bunday yow oyilarga men endi sira ishonmayman. 0 ‘lkadagi 27 
yillik xizmatimdan kelib chiqib, shunday qat’iy xulosaga keldim: 
y o w o y i tuzemeslarga bizning insonparvarligimiz mutlaqo to ‘g ‘ri 
kelmaydi. Faqat miltiq nayzalarigina ulami mardikor berishga majbur 
qiladi»2. 1898 yilgi Andijon qo‘zg ‘alonini bostirishda faol qatnash- 
gan Bijeziskiyning bu xulosasi polkovnik Ivanovning ham qalbiga 
yaqin edi.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish