O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Бендриков K.E.
Очерки по истории народного образования в Турке­
стане (1865-1924). Москва, 1960, стр. 67-70.

Benchikov K.E.
K o'rsatilgan asar, 73-bet.
331
www.ziyouz.com kutubxonasi


1886 
yilda V.P.Nalivkin tomonidan rus zobitlari uchun o ‘zbek tilini 
o ‘rganish kurslari ochildi. U ikki yil davomida 50 ga yaqin zobitni o ‘z 
atrofiga to ‘pladi. Nalivkin o'zbek tilini o ‘rganishga oid qo‘llanmalar, 
lug‘atlar va boshqa asarlami yozib nashr ettirdi1. Birinchi rus-tuzem 
maktabiga rahbarlik qilgan V.P.Nalivkin mukofotlanganlardan biri 
bo‘lgani tasodifiy emas.
Shaharlarda ochilgan bilim yurtlari ham ruslashtirishning 
muhim o ‘chog‘i bo‘lib xizmat qildi. Ular rus-tuzem maktablaridan 
intematlari bilan ajralib turgan. Intematda o ‘zbek, qirg‘iz, qozoq 
bolalarining rus tengdoshlari bilan birga yashab, rus tilini yaxshi 
o ‘zlashtirishlari mustamlakachilarga ayon b o id i. Shuning uchun 
ham Turkiston general-gubematori M.G. Chemyaev (1882-1884) 
Chimkent shahar bilim yurtini kengaytirish uchun 100 ming rubl 
ajratgani va ana shu bilim yurtida o ‘qishni istagan xotin-qizlar uchun 
pul mukofoti ta ’sis etgani bejiz emas, albatta. 0 ‘sha Chemyaev 
shveysariyalik Genrix Mozer bilan suhbatda uning turkistonliklami 
«ruslashtirishni qachon oxiriga etkazasiz?» degan savoliga sipoh- 
larga xos jangarilik bilan «mahalliy aholi rus arog‘i va tamakisiga 
o'rganib bo'lgandan keyin», deya javob bergan.
Toshkentning Eski shaharida uzoq yillar davomida polisiya 
boshlig‘i lavozimida ishlagan N.S.Likoshinning o ‘zbek bolalarining 
bilimga chanqoqligi va tabiiy qobiliyatlariga baho bergani diqqatga 
sazovordir. U Sodiq degan bolaning rus tilini o ‘rganish uchun uning 
uyida m a’lum vaqt yashagani va shu vaqt ichida kunt va sabot bilan 
ms tilini mutolaa qilganini hikoya qiladi. Sodiq Likoshinning qizlari 
bilan birgaliqda dars qilib, og'zaki so‘zlashuvni ham yaxshilab 
o ‘rganib oladi. «Men, - deb yozgan edi N.S.Likoshin, - ms-tuzem 
maktabida o ‘qimay, eski maktabni bitirib to ‘g ‘ri shahar bilim yurtiga 
kelgan bolalami ko‘rganman. Ruslar orasida yurgan bu bolalar 
tezda o ‘z tengdoshlari bilan chiqishib, ruscha biyron gaplashadigan 
bo‘lib ketishdiki, hatto rus-tuzem maktabidagi tengqurlarini ham 
bu borada ortda qoldirib ketdilar. Buning asosiy sababi mahalliy 
bolalaming rus bolalari bilan birga bo‘lishidadir. 0 ‘yinlarda va bolalik 
m ashg‘ulotlarida og‘zaki nutq tez rivojlanadi»2. Likoshin ms tilini 
o ‘zbek bolalari maktab doirasidagina emas, balki ms tengdoshlari 
bilan o ‘zaro suhbatda va muloqotda o ‘rganishi samarali b o iish in i 
alohida ta’kidlagan. Oliy lavozimdagi mustamlaka m a’murlari 
mslashtirish siyosatida Turkiston yoshlariga e ’tibomi kuchaytirgani

Bendrikov K.E.
K o‘rsatilgan asar, 79-bet.
2Ликошин Н С.
Полжизни в Туркестане. Петроград, 1916, стр. 78.
332
www.ziyouz.com kutubxonasi


bejiz emas, albatta. Ular mahalliy xalqni idora qilish kelajagini yoshlar 
orasidan tarbiyalanadigan sodiq qullarda ko‘rdi va shu maqsadda 
ulaming imperiya markaziy shaharlariga sayohatini uyushtirdilar. 
1898-1899 yillarda shaxsan general-gubemator tashabbusi va 
faol ishtiroki bilan dastlab katta yoshdagi turkistonliklami, so‘ng 
o ^uvchilam i Yevropa Rossiyasiga sayohatga yuborishdi. Kuzatilgan 
maqsad haqida Turkiston o ‘lka bilim yurtlari bosh inspektori 
F.Kerenskiy shunday fikr bildirgan: «Sartlar va qirglzlarning bolalari 
Rossiya ulug‘vorligini, qudrati va boyligini k o ‘rib, aholisining 
mashg‘ulotlari, mehnat unumi, sanoati va savdo-sotig‘i bilan tanishib, 
bu haqda uzoq eslab, boshqalarga gapirib yurishadi. Ular buyuk oq 
podshohning qudratli panohida faqat ruslargina emas, boshqa o ‘zga 
elatlar ham osoyishta kun ko‘rayotganiga guvoh boiishadi».
Birinchi sayohatchilami 1899 yilda harbiy vaziming shaxsan o ‘zi 
qabul qilib. ulami «aziz mehmonlar» deb atadi va muloyim tarzda 
suhbatlashdi. Vazir ularga sovg‘a tariqasida 300 rubl berdi. Sarskoe 
seloga tomoshaga yuborib, ularga yo‘1 boshlovchi qilib general shtab 
polkovnigini tayinladi. Bu joyda imperator Nikolay II harbiy bilim 
yurti yunkerlari ko'rigini o ‘tkazmoqda edi. Zivoratchilar Sarskoe 
seloda ko'rikni kuzatishayotgan paytda ularning oldiga general shtab 
boshlig‘i, imperatorning amakisi buyuk knyaz kelib k o iin ish berdi. 
K o'nkdan so'ng Rossiya imperatori Nikolay II va uning rafiqasi 
Mariya Fedorovna ular bilan suhbatlashdi. Toshkent, Samarqand, 
Andijon, Q o ‘qon kabi yirik Turkiston savdo-sanoat 
shaharlandan 
kelgan, 14-18 yoshlardagi 15 o ‘zbek, 2 qozoq, 1 tojik o ‘quvchi 
«davlatpanoh imperator» oq podshohning iltifotiga sazovor bolishdi. 
Turkiston yoshlari ikki oy davomida Sankt-Peterburg, Moskva va 
Rossiyaning boshqa yirik shaharlarini tomosha qilishdi. Keyingi ikki 
ekskursiya ham shunday dabdabali tarzda yakun topdi1.
Rus amaldorlariga ruschani yaxshi bilgan va xalq ko'zini ochib, 
g'allat uyqusidan uyg'otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka 
m a’muriyati Turkiston ziyolilari katta mansabga erishsa, o ‘z xalqi 
uchun xizmat qilishlari va mustamlaka tartiblariga qarshi chiqishlari 
mumkinligidan xavfsirashgan. Ana shunday nuqtai nazardan kelib 
chiqib, mustamlaka m a’muriyati o ik a aholisi rus tilini tabiiy 
ravishda va ixtiyoriy tarzda o iganadi deyish xomxayoldir, buning 
uchun ham zo'rlik, ham ustamonlik darkor, degan xulosaga keldi. 
Bu o'rinda Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida 1899 yil fevral 
oyida shahar jamoatchiligi bilan b o ig a n bir y igindagi voqea


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish