O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Download 126,69 Kb.
bet15/18
Sana14.07.2021
Hajmi126,69 Kb.
#118570
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
kurs ishi

3.1.ShovqinIar, titrashlar va ularning inson hayotidagi zararli xususiyatlari. Turli balandlik va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo'shilib eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havo, suv va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to'lqinsimon harakatlardan iborat bo'lib, tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo'ladi. Shovqin kasb kasalligiga olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib miyada og'riq turg'izadi va quloq shang'illab asab tizimiga ham yomon ta'sir qiladi. Ayniqsa, fikmi to'plab, aqliy ish bilan shug'ullanishga imkon bermaydi, ish qobiliyatini (10-60%) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta'sir qilishi asab tizimining ishdan chiqishiga olib keladi. Ayniqsa, qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek, to‘xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta'sir qiladi va tez charchatadi. Shovqin ta'sirida turli a'zolar va tizimlaming; masalan: xazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o'zgarishi), qon aylanishi (qon bosimining ko'tarilishi) tizimlaming normal faoliyati buziladi. Kelib chiqishiga ko'ra shovqin, asosan 3xil bo‘ladi: 8- Sanoat shovqini. 9- Transport shovqini. 10- Maishiy shovqinlar. Shu bilan birga gaz va suyuqliklaming harakati natijasida ham shovqin chiqishi mumkin. U aerodinamik shovqin deb ataladi. Shovqin - bu tovushdir. Tovush esa havodagi zarrachalaming mexanik tebranishidir. Bu tebranishlar to'lqinsimon ravishda tarqalib kishi quloq pardasiga tegadi, natijada tovush eshitiladi.Tovush eshitilishi uchun to'lqin ma'lum kuchga ega bo'lishi kerak. Bu kuch esa tovush to'lqinining paskalda (Pa) o‘lchanadigan bosimi bilan belgilanadi. Quloq tovush bosimining 2 x 10-5 dan 2 x 102 Pa gacha bo'lgan diapazonini qabul qila oladi. Pastki chegara, ya'ni (Ro=2xlO-5Pa) kishi qulog'I ilg'ay oladigan minimal tovush bosimi - "eshitish chegarasi", yuqori chegara, ya'ni (Pmax=2 x 102 Pa) kishi qulog'i og'riq sezguncha chiday oladigan maksimal bosimi - "og'riq chegarasi" deb ataladi. Og'riq chegarasidan yuqorida quloqlardan qon sizib chiqishi va quloq pardasining yirtilishi hollari bo'lishi mumkin. Ikki kishining o'zaro suhbati odatda 0,1 Pa bosimda kechadi. Shovqin - sanoat korxonalaridan, temir yo'l transportidan, avtotransportdan, qurilish texnikalaridan, maishiy xizmat korxonalaridan, radiotelevizor ovozlarini qattiq qilib eshitish natijasida vujudga keladi. Shovqin kuchi detsibel (DB) bilan o'lchanadi. U inson quloq pardalariga shovqin bosimini taqqoslash oqibatida aniqlangan. 0,1 detsibelli shovqin eng past hisoblanadi, uni eshitish judayam qiyin. Eng kuchli shovqinning kuchi 200 db hisoblanadi va kishini o'ldirishi mumkin. Shovqin kuchi harakteriga ko'ra 4 guruhga bo'linadi: 2,5 Shovqin kuchi 0,1-0,5 db bo'lsa, normal ovoz hisoblanadi. Masalan: bunga daraxtlaming shivirlashi, soatning yurishi va normal musiqa ovozi kiradi. 2,6 Shovqin kuchi 60-90 db bo'lsa, yoqimsiz ovoz hisoblanadi. Masalan: sanoat korxonalari, ko'cha transporti shovqini, chang so'rg'ich va kir yuvish mashinalarining ovozi. 2,7 Shovqin kuchi 100-120 db bo'lsa, zararli va insonlar sog'ligiga salbiy ta'sir etadigan ovozdir. Masalan: baland musiqa ovozi, to'qimachilik va paxtachilik sanoatidagi stanoklar, avtomobillar, mototsikllar, tramvay, temir yo'l transporti va qishloq xo'jalik va qurilish mashinalari. 2,8 Shovqin kuchi 130-200 db bo'lsa, juda xavfli shovqin hisoblanadi. Masalan: portlash, reaktiv samolyot ovozi va havo trevogasi misol bo'ladi. Tovushning fiziologik ta'siri uning faqat kuchiga emas balki chastotasiga ham bog'liqdir. Chunki insonning eshitish qobiliyati har xil chastotali tovushlarda birday emas. 1000-4000 Gts chastotaga ega bo’lgan tovushlar hammadan yaxshi qabul qilingan. Darajasi bir xil bo'lib har xil chastotaga ega bo'lgan tovushlar bir xil qabul qilinmaydi. Shuning uchun shovqin balandligi birligiga fan qabul qilingan. 1 chi fan - bu shovqin darajasi 1 db bo'lganda uning chastotasi 1000 Gts ga tengdir. Shovqin chastotasi oshishi bilan uning salbiy ta'siri ham oshadi. Shovqinlar chastotasiga qarab 3 sinfga bo'linadi: 6,0 Past chastotali shovqinlar < 300 Gts 6,1 O'rtacha chastotali shovqinlar < 800 Gts

Shovqin hosil qiluvchi manbalar. Qattiq shovqin odam organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, boshi og'riydi va aylanadi, ko'z qorachig'I kengayadi, yurak urishi tezlashadi, asab tizimi ishdan chiqadi va hakozo. Izlanishlar shuni ko'rsatdiki, 88DB shovqinda ("LiAZ-677" avtobusi kabinasida) haydovchining fikrlash qobiliyati 10% ga, agar 95DB bo'lsa 20 % ga kamayadi. Avtomobillaming asosiy shovqin chiqarish manbai dvigatel va so’ndirgich hisoblanadi, keyingi manba shinalaming ishlashi hisoblanadi. Shinaga tushadigan yuk oshgan sari shovqin ham balandlashib boradi. Hozirgi paytda shovqinning organizmga ta'siri o'rganilmoqda. Masalan, Buenos-Ayres laboratoriyalarining birida kalamushlami yerto’lalarga qamab, kuchaytirilgan ovoz chiqaruvchi moslamalar o'matib qo’yishgan. Bir necha daqiqa > o'tgach, kalamushlar falaj holatiga tushgan, 6 soatdan keyin esa hammasi o'lgan. Rus olimi V.I.CHudnovning ma'lumotiga ko’ra, nafas olish, barglaming shivirlashi 10 detsibel, qattiq gapirish 60-70 db, shahar transportlarining shovqini (mototsikl, avtobus, yuk tashuvchi avtoulov) - o'rtacha 80- 100 db ni tashkil etadi. Reaktiv samolyot shovqini ko'tarilishi paytida 140, kosmik kema (raketa) – 175 db ga teng. Inson uchun 20-30 db zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 db ruxsat etilgan. 130 db ga teng shovqin insonda og'riq paydo qiladi, 150 ga ko'tarilganda chidab mbo'lmaydi, 180 db da metall chatnab ketadi. O'tgan asming 60-70 yillarida katta shahar yo'llarida shovqin o'rtacha 60-70 db ni tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib bu ko'rsatgich 100 va undan ham ziyod db ni tashkil etmoqda. Yer kurrasining yirik shaharlarida shovqin miqdori har yili o'rtacha 1 db ga oshib bormoqda. Shu bois 50-60 yillardan so'ng shovqin kuchi yana qanchaga ko'payishini bashorat qilish qiyin emas. Hoziming o'zida ayrim mintaqalarda "shovqindan ifloslanish" holatlari kuzatilmoqda. Masalan, Angliya aholisini 14,5 millioni o'z xonadonlarida 65-70 db ga teng shovqin ta'sirida yashaydilar.


Download 126,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish