Texnologik jarayonlami nazorati va boshqaruvi xozirgi kunda avtomatikaning zamonaviy texnik vositalariga asoslangan bo'lib, ulaming tarkibida asosiy o‘rinni mikrokontrollerlar egallaydi. Ushbu masalalar barcha texnologik jarayonlami avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarinining, shu jumladan gidromeliorativ tizimlaming asosiy funksional qismi hisoblanadi.
Informatsion kommunikatsion tehnologiyalaming rivojlanishi raqamli tehnikaning rivojlanishiga asoslangan bo'lib, avtomatik nazorat va boshqarish tizimlarining o'zgarishi raqamli tehnikani ishlatish hisobiga amalga oshirilmoqda. Raqamli ko'rinishdagi signallarga tebranish va boshqalar ta’sir qilmaganligi sababli axborotlami uzoq masofalarga uzatish imkoniyatini beradi. Bu analog kurilmalarga nisbatan raqamli qurilmalaming afzalligini ko'rsatadi. Xuddi shunday afzalliklar asosida kontroller ham raqamli signallar asosida ishlaydi. Shu sababli raqamli qurilmalar qanday ishlashini ko’rib chiqamiz.
Raqamli qurilmalarda ikkilik sanoq sistemasi deb ataluvchi sistema ishlatiladi. Bundan tashqari EHM va mikroprosessor sistemalarida o'n oltilik sanoq sistemasi deb ataluvchi sistema ham ishlatiladi. Demak, raqamli texnologiyani tushunish uchun bir sanoq sistemadan ikkinchi sistemaga va aksincha, teskarisiga o'tkazishni bilishimiz kerak.
Raqamli signallarni qayta ishlash uchun ishlatiladigan qurilmalar mantiqiy elementlar deyiladi. «HAM» mantiqiy elementi «HAM» mantiqiy elementi ko’pincha «hammasi» yoki hech qaysisi tipidagi element deyiladi. Quyidagi l-rasmda «HAM» elementining ishlash prinsipi mexanik kalitlar yordamida namoyish qilingan.
l-rasm. «HAM» mantiqiy elementining ish lash prinsipi namoyishi.
Bu rasmda L lampa yonishi uchun har ikkala kalit - A va B ulanishi kerak. Mantiqiy element «HAM» kO'pincha integral sxemalarning korpusida diodlarda va tranzistorlarda yig'iladi. Quyidagi 2-rasmda «HAM» elementining shartli belgilanishi ko'rsatilgan
«EMA8» mantiqiy elementi «EMAS» elementi kO'pincha invertor deb ataladi. A tennini «A EMAS» deb o'qiladi. Inversiya protsessini qo'shilish yoki inkor qilish, yoki inverslash deyiladi. A ni ikki karra inkor qilish A ni o'ziga teng.
Demak: A = A. «YOKb mantiqiy elementi Quyidagi rasmda «YOKI» elementiga misol keltirilgan.
3-rasm. « YOK!» elementining ish lash prinsipi namoyishi. Quyidagi rasmda «YOK!» elementining shartli belgilanishi kel tirilgan.
Quyidagi I-jadvalda raqamli sistemalarning asosiy yettita mantiqiy elementi berilgan:
Bu jadvalda 0 kuchlanishning kichik nisbatda ekanini (LOW), 1 esa yuqori nisbatda ekanini (HIGH) ko'rsatadi. 3-ustunda Bulev funksiyalari berilgan.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko'p qo'llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. «Tizim» yunoncha so'z bo'lib, «tashkil etuvchilardan iborat bir butunIib) degan ma 'noni angIatadi. TizimIarni uIarning turli belgilariga qarab turkumIash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo'Iishi mumkin. Mavhum tizimlar inson ongining mahsuIi bo'lib, har xiI nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim unsurlarini (kompyuterlar, hujjatlar), ham nomoddiy tizim unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o'z ichiga oladi. Shu orada axborot texnologiyasiga ta'rif berib o'tish maqsadga muvofiqdir.
Texnik obyektni tizim sifatida ko'radigan bo'lsak, u ham quyidagi unsurlardan tashkil topgan bo'ladi:
1) boshqaruvchi obyekt;
2) boshqariluvchi obyekt.
Bu unsurlar o'rtasidagi aloqa ham katta ahamiyatga ega. Texnik obyekt deb elektr yuritmani oIsak, boshqariluvchi obyektga, masalan, ventilyatorlar, turli stanoklar va hokazo, boshqaruvchi obyektga turli kontrollerlar misol bo'ladi. Agar boshqaruvchi obyektdan ma'lum bir ma'lumot boshqariluvchi obyektga borsa, bu aloqa «to'g'ri aloqa» deyiladi. Agar aksincha, ma'lumotIar boshqariluvchi obyektdan boshqarish obyektiga borsa, «teskari aloqa» deyiladi. Masalan, bularga tezlik, tok va boshqa parametrlar misol bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |