262
kunduz ro`za tutgan emish. Umrining oxirgi kunlarini o`sha chillaxonada nuqul toat-ibodat
bilan o`tkazgan emish. Ayrim manbalarda jumladan, mavlono Husomiddin Sag`noqiyning
risolasida Ahmad Yassaviy 130 yil umr ko`rgan deb ma'lumot beriladi. Biroq ko`pchilik
manbalarning ko`rsatilishicha, Sayramning turli joylarida Ahmad Yassaviyning otasi Shayx
Ibrohimning onasi Qorasoch momoning, aka-ukalari Latif ota va Mustafaqul otalarning qabri
bor. Ahmad Yassaviyning o`zi esa Yassida dafn qilingan.
Sayram, Turkiston shaharlaridagi va ularning atrofidagi "Muqaddas" mozor, qadamjoy
uning nomi bilan atalgandir. Jahongir podsho Amir Temur 1395-1397 yillarda Ahmad
Yassaviyning eski qabri o`rniga katta va muhtasham maqbara qurdirgan.Rivoyatlarga ko`ra,
Oltin O`rda xoni To`xtamish Yassaviy avlodining mol-mulkini talagan ekan. To`xtamishni
yengan Temur bu mol-mulkni undirib olibdi va evaziga bir katta madrasa qurishga buyruq
bergan ekan. Biroq Temurning vafotidan keyin bu ish amalga oshmay qolgan ekan. Qo`qon
Xoni Amir Umarxon 1819 yilda Turkistonni bosib olganida, Yassaviy qabrini ziyorat qiladi.
Xudoyilikka 70 qo`y so`ydiradi va shayxlarga in'om qiladi.
Devoni Hikmat: Ahmad Yassaviy boshqa ko`p mutassav-vuflar kabi so`z san'atidan
foydalanib, Islom aqida-larini, Jahriya tariqatini tassavvufni targ`ib qiluvchi she'rlar bitdi.
Uning she'rlari "Hikmat" she'rlar to`plami esa
"Devoni hikmat" nomi bilan yuritiladi.
"Devoni Hikmat" ning yaratilish tarixi va uning kim tomonidan va qachon tuzilgani
ma'lum emas. Devonning eng eski nusxalari ham saqlanib qolmagan. XI asrda ko`chirilgan 4
ta hikmatni hisobga olmaganda, qo`lyozmalarning eng qadimgilari XVII asrga mansubdir.
O`tgan asrning ikkinchi
yarimidan boshlab
"Devoni Hikmat" ning bosma nusxalari ham paydo bo`la boshlagan. U
Toshkent, Qozon va
Istanbulda bir necha bor nashr etilgan. "Devoni Hikmat" ning qo`lyozma nusxalari ham bir-
biridan juda katta farq qiladi. Ularda she'rlar miqdori bir xilda emas, birida bo`lgan ko`pgina
she'rlar, ikkinchi birida yo`q, borlari esa, hajmi va matni jihatidan bir-birlaridan katta farq
qiladi. She'rlarda zikr etilgan nom (yoki taxallus) ham bir xilda emas.
Masalan, "Devoni Hikmat"ning she'rlar miqdori jihatidan eng katta nusxasi bo`lgan 5-Qozon
nashrini olaylik. Unda 149 hikmat berilgan bo`lib, ulardan 109 hikmat bevosita Ahmad
Yassaviyning nomi bilan bog`liqdir. Bu hikmatlarda Ahmad Yassaviy nomi "Ahmad",
"Ahmadiy", "Qul Hoja Ahmad", "Hoja Ahmad Yassaviy", "Ahmad ibn Ibrohim", "Sulton Hoja
Ahmad Yassaviy", "Yassaviy Miskin Ahmad", "Miskin Yassaviy", "Qul Ahmad", "Miskin
Ahmad" kabi nomlar ishlatiladi.
Yuqoridagi nomlar bilan kelgan ayrim she'rlar boshq a kitoblarda,masalan, Sulaymon
Boqirg`oniyning "Boqirg`on kitobida", "Mulla Shamsiddin O`zgandiy" ning hikmatlarida
ham uchraydi. Bundan tashqari "Devoni Hikmat" nusxalariga, Qul Sharif, Miskin G`arib, Qul
Asad, Xudoydod, Qul Nodiriy, Qul Sayfiddin, Bobo Mochin, Miskin Qosim, Miskin Azim va
boshqa mualliflarning she'rlari ham kiritilgan. Ayrim she'rlarning muallifi umuman
kiritilmagan. Til va uslub jihatidan ham "Devoni Hikmat" nusxalari bir-biridan katta farq
qiladi.
Mavzuni
mustahkalash uchun savollar
Ahmad Yassaviy va tasavvuf adabiyotini so`zlang.
Ahmad Yassaviy qachon va qaerda yashagan?
Yassaviy «Hikmat»lari haqida nimani bilasiz?
Turkiy adabiyotning rivojida Yassaviy ijodining o`rnini so`zlang.
Tayanch iboralar.
1.Ahmad Yassaviy ijodi.
2.Yassaviya ta'limoti.
3.Yassaviy va tasavvuf.
4.Yassaviy she'riyati.
263
F O Y D A L A N I L G A N A D A B I Yo T L A R :
M a t n :
1. Ahmad Yassaviy "Hikmatlar". Toshkent, 1990 y.
2. Ahmad Yassaviy "Devoni Hikmat". Toshkent, 1992 y.
Z a r u r i y a d a b i yo t l a r :
Aliev A. Tilimiz donishmandi. "O`zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi. 1993 y. 29
oktyabr.
2. Haqqulov I. Tasavvuf va she'riyat. Toshkent, 1997 y.
3. Haqqulov I. She'riyat - ruhiy munosabat. Toshkent, 1989 y.
4. Mo`minov A. Yassaviy: Ildiz va manbalar. "Fan va turmush" jurnali. 1993 y. 9-10 sonlar.
5. Rustamov E. Ahmad Yassaviy hikmatlarida hayot va tarix sadosi. O`zbek tili va adabiyoti.
1972 y. 4-5 sonlar.
6. Shayx Aziziddin Nasafiy. Komil inson. "O`zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi,
1992 y. 14 avgust.
7. Xaqqulov I. "Ahmad Yassaviy", Ahmad Yassaviy Hikmatlar. Toshkent, 1991 y. 5-40 betlar
va 247-255 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: