254
4.
Uning yaratish tarixi
poytaxti Qashqar bo`lgan Sharqiy Turkiston, yana biri poytaxti Balasog`un bo`lgan Yettisuv
edi (Sharqiy Turkiston
bilan Yettisuv
birga qo`shilib ham idora qilingan). Qoraxoniylar tomonidan Movarounnahr egallab
olingandan keyin yana bir katta xokimlik vujudga keldi. Bu Movaraunnaxr edi. Uning
poytaxti avval O`zgand, keyinroq esa Samarqand bo`ldi.
Yusuf Xos Hojib "Qutadg`u bilik" dostonini yaratar ekan, u Qoraxoniylar davlati
hokimiyatini mustahkamlash, Tavg`ochxon bilan Ilikxon o`rtasidagi ixtiloflarni bartaraf
etishga qaratilgandir. Bu dostonda hukmron doiralarining turli ijtimoiy tabaqalarga
munosabatini belgilash, ma'rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi hulq-odobni targ`ib
qilish kabi maqsadlarni o`z oldiga ko`ygan edi. Bu bilan Yusuf Xos Hojib, bir tomondan o`zi
yashab kelayotgan davr mafkurasini ifoda etgan bo`lsa, ikkinchi tomondan o`z davrining
ma'rifatparvari, donishmandi sifatida ham gavdalanadi.
"Qutadg`u bilik" ning muqaddimasida ko`rsatishicha doston o`z davrida keng shuhrat
qozongan. Bu kitob nihoyatda aziz kitobdir. U chin hokimlarning she'rlari bilan orasta
bo`lgandir.
Mochin olimlari va hakimlarining barchasi ittifoq bo`lishib, Mashriq viloyatida, Turkiston
ellarida Bug`roxon tilida (turkiy tilda) hech kim bu kitobdan yaxshiroq kitob tuzmagan, -
deb aytgan ekanlar. Bu kitob qaysi podsholikka yoki qaysi iqlimga borib yetsa, g`oyat
yaxshilikdan, ul (joylarning) donishmandlarining turli nomlari bilan atadilar: Chinliklar
"Adab-ul-muluk" ("Hukumdorlar odobi"), mochinliklar "Oyin-ul-mamlakat"
("Mamlakatning tartib usuli") deb atadilar. Sharqiyliklar "Zayin-ul-umaro" ("Amirlar
ziynati") deb nom berdilar. Eronliklar "Shohnomai turkiy", turonliklar "Qutadg`u bilik"
("Saodatga olib boruvchi bilim"), deb aytmishlar, ba'zilar "Pandnomai muluk"
("Hukumdorlar pandnomasi") deganlar... Bu nomlarning barchasi ham kitobning davlat
idora ishlariga va ahloq-odob masalalariga doir ekanligini ko`rsatadi. Uning "Shohnomai
turkiy" deb atalishi esa, mazmuni va maqsadi jihatdan bir qadar bo`lsa ham "Shohnoma"ga
o`xshashligi hamda "Shohnoma" kabi mutaqorib bahrida yozilgan bo`lishi bilan bog`liqdir.
Dostonning bizgacha saqlanib qolgan nushalaridan ma'lum bo`lishicha, u keyinchalik asosan
"Qutadg`u bilik" nomi bilan yuritilgan.
Mustahkamlash uchun savollar.
Yusuf Xos Hojib XI asrning donishmandi ekanligini gapiring.
Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobidir. Undan bizga
qadar yetib kelgan yagona adabiy merosi "Qutadg`u bilik" dostonidir. Bu doston XI asr
adabiyoti va taraqqiyparvar ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy qarashlarini badiiy
mujassamlashtiradi, tarix, ilm-fan, etnografiya, tilshunoslik va boshqa sohalarga doir
qimmatli ma'lumotlar beradi.
Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beruvchi yagona manba uning
o`z "Qutadg`u bilik" ("Saodatga olib boruvchi bilim") dostonidir. Bu doston xijriy yil hisobi
bilan 462 (melodiy 1069-70) yilda yozilgan. Muallif dostonning muqaddimasida yoshi
ellikka yaqinlashganini ta'kidlaydi. Shunga qarab biz Yusuf Xos Hojib XI asrning 20 yillarida
tug`ilgan deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani - Bolasog`un XI-XII asrlarning yirik
savdo-sotiq hamda madaniy markazlaridan biri edi. Bu shahar ikki marta Qoraxoniylarning
poytaxti ham bo`lgan edi.
Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o`z davrining peshqadam donishmandlaridan biri
bo`lib yetishdi. U fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyotini, tarix, astronomiya,
geometriya, matematika, tabiat, geografiya va boshqa fanlarni o`rgandi. U buyuk olimlarning
axloqiy va falsafiy qarashlarini, tabiatga doir mulohazalarini targ`ib qildi. Zamondoshlarini
geometriya kabi fanlarni o`rganishga chaqirdi.
255
Yusuf Xos Hojib "Qutadg`u bilik" dostonini yaratar ekan, bu doston turkiy til (uyg`ur va
eski o`zbek tili) dagi yozma adabiyotning ilk yirik asarlaridan biri edi. Shunga ko`ra Yusuf
Xos Hojibning o`zi dostonning muqaddimasida:
Arabcha, tojikcha kitoblar o`qush,
Bizning tilimizga bu yumg`i o`qush.
(Arabcha, tojikcha kitoblar ko`p bo`lib, bizning tilimizda bu donishmandlikning birinchi
to`plamidir degan edi).
Yusuf Xos Hojib "Qutadg`u bilik" dostonini Balasog`unda yoza boshladi, uni Qoshqarda
yozib tugatdi va Qoraxoniy hukmdorlaridan bo`lgan Tavg`och Bug`roxonga taqdim qildi.
Bug`roxon doston muallifini taqdirlab, unga "Xos Hojib" (mukarram eshik og`asi) unvonini
beradi. Shundan keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi.
Qoraxoniylar davlatiga Qashqardan tortib Amudaryogacha bo`lgan katta hudud kirar edi.
Davlat bir necha mayda xokimliklarga bo`linib ketgan edi. Dastlabki yirik xokimliklardan
biri
Yusuf Xos
Hojib qaerda,, qachon tug`ilgan?
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg`u-bilig» asari qanday yozilgan?
Yusuf Xos Xojib qaerda yashagan?
Tayanch iboralar.
1.Yusuf Xos Xojib.
2."Qutadg`u-bilik".
3.Bolasog`un.
4.Tavgochxon bilan Elikxon.
F O Y D A L A N I L G A N A D A B I Yo T L A R :
M a t n
1. Yusuf Xos Hojib. "Qutadg`u bilik" "Fan"
Toshkent, 1971 y.
2. Qadimgi hikmatlar. Toshkent, 1987 y. 3. Yusuf Xos Hojib.
"Qutadg`u bilik" "Yulduzcha" nashriyoti (Hozirgi o`zbek tilida bayon qiluvchi) To`hliev B.
Toshkent, 1990 y.
Z a r u r i y a d a b i yo t l a r :
1. Malov S.Ye. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti" M.L. 1951 g.
2. Karimov K. "Ilk badiiy doston". Toshkent, 1976 y.
3. O`zbek adabiyoti. I tom. 1959 y.
4. Mallaev N.M. O`zbek adabiyoti tarixi. 1976 y.
5.Qayumov A. "Qadimgi obidalar". 1974 y.
Do'stlaringiz bilan baham: