О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/145
Sana15.07.2021
Hajmi0,84 Mb.
#119512
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145
Bog'liq
2 5328246701255820786

YAlang`och  —  Toshkent shahridagi qishloqlardan biri. Hozir bu erlar Toshkent agrar 
dorilfununi va bir qator   zamonaviy   binolar   qurilgan   obod   joylardan biri. Bu nomning kelib 
chiqishi haqida keksalar shunday deydilar: «Ilgarilari bu erda na daraxt, na bir odam yashagan, 
shuning uchun bu erni yalang`och, ya`ni hech narsa yo`q» ma`nosida ishlatganlar, ba`zilari bu 
erda bir odam yashagan, u kiyimsiz, yalang`och yurgan, hatto yoz oylarida ham o`t (olov) yoqib 
isinib o`tirgan, uni odamlar yalang`och devona yoki yalang`och eshon ham deyishar edilar, asta-
sekin devona so`zi tushirib qoldirilib, yalang`och bo`lib qolgan deyishadi.
 
Qonqus — Toshkent shaxrini oralab o`tuvchi Anhor o`z suvini hozirgi kunda ham ikkiga, 
ya`ni «Qonqus» va «CHala» ariqlariga bo`lib beradi. Qonqus arig`ining nomi bilan ataluvchi 
qishloq hozirgi Zangiota rayonidagi kolxozning idorasi joylashgan hududni o`z ichiga oladi. 
Qishloq tarixi shunday hikoya bilan boshlanadi: «Qadim zamonlarda shu qishloqda yalang oyoq, 
yozin-qishin bir xil qiyinchilikda yashaydigan bir kambag`al bi-rovlarning erida ketmon chopib, 
tirikchilik qilgan. Kunlardan bir kuni qishloq oqsoqollari  kel, shu bechora kambag`al h.am bir 
parcha eriga ega bo`lsin, umid bilan oramizda katta bo`ldi-ku deydilarda, qishloqning bir 
chetidan qo`riq er beradilar. Bundan yigitning boshi osmonga etadi. Biroq erni ishlashga hech 
narsasi yo`q, hamyoni quruq bu yigit shaharga tushib ikki yil mardikorlik qiladi, choyxonada 
choy tashiydi, Nihoyat, 5 — 10 tanga pul topib beliga tugib, ikki qop qattiq nonni elkasiga ortib, 
qishlog`iga keladi va erga mehr bilan qaraydi, qish va yoz demay ishlaydi, ariq qaziydi, lekin 
yigitning eriga suv bermaydilar, har kim kambag`alning suvini yo`ldan to`sib, o`z erlarini 
sug`oraveradi. Baxor o`tib yoz keladi, hamma erlar ko`m-ko`k, lekin yigitning eri qaqrab yotadi. 
Yigit eriga zo`rg`a suv olib keladi, yil bo`yi ariq qazib, bir ho`plam suv uchun yurak bag`ri 
ezilgan yigitning eriga tasodifan silqindi paynak suv etib borib qoladi. Fig`oni falakka 
ko`tarilgan yigit: «xudoga shukur, erimga suv keldi, mehnat suvimdan bir ho`play» deb qorni 
bilan erga yotadi. Issiq kunda entikib, lablari qaqragan yigitning chanqoqligidan lablari loy 
suvga tegadi-yu, yigit og`zidan laxta-laxta qon ketib, shu ondayoq jon beradi». SHu suv uchun 
qon qusib, jon bergan yigitning voqeasidan so`ng bu qishloqning nomi Qonqus bo`lib  qolgan 
ham deyishadi. Faqat bugina emas butun Qonqus arig`idan suv ichuvchi mehnatkashlarning 
1917 yilga qadar umumiy suv va sug`orish uchun tortgan azob-uqubatlari yigit tortgan azob-
uqubatlardan qolishmas edi. Qonqus qishlog`ida istiqomat qiluvchi 1903 yilda tug`ilgan Xolmat 
ota Rahimovning hikoyasi ham diqqatga sazovor. «Rahmatli otam vafot etganda men 12 yoshli 
bola edim. Bu voqea 1915 yilning ko`klamida sodir bo`ldi. Otam Rahim CHO`ng`aev degan 
boyning erida korandachilik qilib, tirikchilik o`tkazar edi. Otam ekin ekadigan boyning eri ham 
shu Qonqus arig`idan suv ichar edi. Erni sug`orish maqsadida otam uydan ertalab chiqib 
ketadilar. U endigina Qonqus arig`idan o`z ekiniga suv ochadigan ariq boshiga borib, suvga 
tushib ariqqa suv ochayotganida Zangi ota volostining mingboshisi Burxonboy kelib qolib, ha 
nega so`roqsiz suv ochding yalangoyoq, deb haqorat qila boshlaydi. Otam indamaydi. Nega 
indamaysan, karquloq, deb otdan tushib, otamni qamchi bilan qattiq savalaydi. Mingboshi 


 
68 
qo`lidan otamni ajratib ololmaydilar, mingboshi ketgach, otam kaltak zarbidan bir necha kun 
o`tgach vafot etadi» deydi. Xulosa qilib aytganda, bu ariqdan erlarni sug`orish shunchalik qiyin 
bo`lganki, undan suv olib kelib mehnatkash dehqonlar o`z ekinlarini sug`orguncha qon qusib 
yuborganlar. SHu boisdan ham mehnat ahli bu ariqqa Qonqus deb nom berganlar. Aslida qonqus 
so`zi qishloq arig`i degan ma`noni bildiradi. Masalan: Ugom, CHotqol, Pskom so`zlaridagi gom, 
qol, kom — qo`shimchasi suv degan ma`noni ifodalaydi. Demak, Qonqusdagi qon so`zi — suv, 
qus — so`zi esa qishloq degan ma`noni bildiradi.
 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish