Paxta mahallasi — Toshkent shahridagi mahallaning nomi. Paxta mahallasi deyilishiga
sabab, hozirgi mahalla o`rnida paxta zavodi bo`lgan. Bu joylar allaqachon Toshkent shahriga
qo`shilib ketgan va yangi imoratlar qurilib, katta bir mahalla tashkil topgan. Mahalla hozir ham
Paxta mahallasi deb yuritiladi.
Qashqar — Toshkent shahar mahallalaridan biri. Bu joyni o`tgan asrning 40- yillarida
SHarqiy Turkistondan qochib kelgan qashqarliklar obod qilgan. Manjurlardan engilib qaytgan
Qo`qon xoni Madalixon bilan birga kelishgan. Ular Qo`qon xonligining Toshkentdagi tayanchi
hisoblangan. Keyinchalik Oqqo`rg`on darvozasi ham Qashqar darvozasi nomini olgan. Qashqar
mahallasi 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan eng ko`p zarar ko`rgan joylardan biri bo`ldi. Hozir bu
erda ko`p qavatli zamonaviy binolar qad ko`targan.
Do'stlaringiz bilan baham: |