Baytqo`rg`on — Qibray rayonidagi qishloq. CHirchiq daryosining o`ng qirg`og`iga
joylashgan. Keksalarning so`zlariga qaraganda, qishloq atrofi qamishzor va to`qayzorlardan
iborat bo`lib, faqat bu erda Baytiboy degan bir qozoq boyning qo`rg`oni bo`lgan. Keyinchalik
Qibray va Toshkentdan dehqonlar ko`chib kelishib, uylar solishib, u erni obod qilishgan va
Baytiboy nomi bilan Baytiqo`rg`on bo`lib qolgan deyishadi. Ayrimlari Baytiqo`rg`onga
shahardan olimlar kelib, g`azalxonlik, ya`ni baytxonlik qilishgan, shuning uchun shunday nom
berishgan deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |