O„zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi
soliqlarning byudjet tizimi darajalari daromadlarini
shakllantirishiga ko„ra guruhlanishi
123
Mahalliy hukumatlar asosan hududiy darajadagi ijtimoiy
masalalarni – ta‘lim, sog‗liqni saqlash, madaniyat, shahar va
qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin ko‗p
hollarda bu soliqlar va yig‗imlar ular byudjetlarining
balansliligini ta‘minlay olmaydi va natijada byudjetlararo
transfertlardan foydalanish mexanizmlari ishga tushadi.
123
O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23-moddasi asosida.
Soliq tizimi
Umumdavlat soliqlari
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar
1.
Yuridik shaxslar daromadiga
(foydasiga) soliq
2.
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq
3.
Qo‗shilgan qiymat solig‗i
4.
Aksiz solig‗i
5.
Yer qa‗ridan foydalanuvchilar
uchun soliqlar va maxsus to‗lovlar
6.
Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq
7.
Yagona soliq to‗lovi
8.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim
turlari bo‗yicha qat‘iy belgilangan
soliq
1.
Mol-mulk solig‗i
2.
Yer solig‗i
3.
Benzin, dizel yoqilg‗isi va gaz
iste‘moli uchun soliq
4.
Yagona yer solig‗i
5.
Ayrim turdagi tovarlar bilan
chakana savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun
yig‗im
6.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ul-
lanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni
ro‗yxatdan o‗tkazish uchun yig‗im
215
9.4. Byudjet daromadlarining byudjet tizimi darajalari
o„rtasida taqsimlanishi
Mahalliy byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga
solishda umumdavlat soliqlari hal qiluvchi o‗rin egallaydi.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda o‗rnatiladigan
me‘yorlar bo‗yicha tegishli mahalliy byudjetlar o‗rtasida
taqsimlanadi.
Umumdavlat soliqlarining bir qismi respublika va mahalliy
byudjetlar o‗rtasida belgilangan tartibda o‗rnatiladigan
me‘yorlarga asosan taqsimlanadi. Bu me‘yorlar har yili qabul
qilinadigan ―Asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozlari va
davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi Prezident qarorlari
bilan o‗rnatiladi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarining muayyan qismi
tartibga soluvchi daromadlar hisobiga shakllanadi. Bu
soliqlarning ―tartibga soluvchi daromadlar‖ deb atalishiga
sabab, ular umumdavlat soliqlari sifatida respublika
byudjetining
daromadlari
manbayi
bo‗lsada,
mahalliy
byudjetlarning daromadlilik darajasini ta‘minlash maqsadida
ularga me‘yorlar asosida ajratiladi. Bu me‘yorlar soliqlarning
turlari va hududlar bo‗yicha tabaqalashtirilgan bo‗ladi va har
yili qayta ko‗rib chiqiladi. O‗zbekistonda bu me‘yorlarning
2016-2018-yillardagi miqdorlarini quyidagi jadval asosida
kuzatishimiz mumkin (9.2-jadval). Bu me‘yorlar moliyaviy yil
boshlangunga qadar umumdavlat ehtiyojlarini ta‘minlash
uchun zarur bo‗lgan xarajatlarning umumiy hajmi bo‗yicha
qaror qabul qilinganidan so‗ng o‗rnatiladi.
9
.2
-j
a
dv
a
l
Do'stlaringiz bilan baham: |