O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. X. Abdurahmonov, sh. R. Xolmo‘minov


“Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/314
Sana18.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#559635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   314
Bog'liq
4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205

“Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan
taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”
, degan gʻoya asosida keng 
koʻlamli islohotlarni amalga oshiramiz. 
Birinchidan
, yosh avlodga bogʻcha, maktab va oliygohda sifatli 
taʼlim-tarbiya berishni yoʻlga qoʻyamiz, ular jismoniy va maʼnaviy 
sogʻlom, vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi uchun barcha kuch va 
imkoniyatlarni safarbar etamiz. 
Ikkinchidan
, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va 
umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, 
ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazamiz. 



Uchinchidan
, oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori 
boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik 
koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda 
tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga 
ustuvor ahamiyat qaratamiz”, deb ta’kidlab o‘tdi. 
Har bir korxona, tashkilot, muassasa muvaffaqiyatli faoliyat 
ko‘rsatishi xodimlarga qo‘yilayotgan talablar personalni qay darajada 
motivatsiya qilishga bog‘liqdir. Buning uchun zarur moddiy negiz 
mavjud bo‘lishi kerak, albatta”
1
.
Milliy iqtisodiyotda keng ko‘lamli, har taraflama chuqur 
o‘zgartirishlarga kirishilar ekan, eng avvlo iqtisodiyotni tizimli va 
tarkibiy jihatdan izchil yangilash ustuvor ahamiyatga egadir. Mamla-
katimizda ham ana shu yo‘nalishdagi islohotlardan iqtisodiyotda 
makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, yetakchi o‘rin tutishi lozim 
bo‘lgan ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, shu 
bilan birga O‘zbekistonning o‘ziga xos demografik xususiyatlari, ish 
bilan bandlik, aholi daromadlarini ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘ta 
muhim muammolarni hal etish maqsadi ko‘zlanmoqda. Bu respubli-
kamizda tom ma’nodagi iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy 
omilidir. Ana shu ustuvor yo‘nalish ichki va tashqi investitsiyalar 
kiritish hisobiga tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, xomashyo 
yetishtirishga yo‘naltirilgan bir yoqlama iqtisodiyotdan xalos bo‘lish 
vazifasini hal etishga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari kengayib 
va chuqurlashib bormoqda. Bunda asosiy e’tibor soliq yukini 
kamaytirish, tashqi savdoni, shunigdek, moddiy resurslar, tayyor 
mahsulotlarni realizatsiya qilish va ulardan foydalanish tizimini 
liberallashtirish, jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalashuv jarayon-
larini jadallashtirishga qaratilmoqda.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlash-
tirish, eski zamon illati bo‘lgan byurokratik tizimni bartaraf etish, ayni 
paytda boshqaruvni zamonaviy, bozor iqtisodiyotiga mos asosda 
tashkil etishni hayotiy zaruratga aylantirdi. O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan ma’muriy islohotlar natijasida markaz va joylardagi 
boshqaruv organlari tuzilmalari jiddiy ravishda takomillashtirilmoqda.
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга 
Мурожаатномаси. 29-декабр. 2021 йил. https://president.uz/uz/lists/view/4057. 



Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida 
yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab 
beradiki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozoriga chiqish, 
birinchi navbatda iqtisodiyotni isloh etish, tarkibiy jihatdan 
o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish 
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan 
quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini 
tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Iqtisodiyotning turli sohalarida xo‘jalik yuritadigan subyektlarning 
huquqlari va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomlari qonun yo‘li bilan 
mustahkamlandi. Korxonalarning bankrot bo‘lishi qonuniy asosga ega 
bo‘ldi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy mustaqilligi 
kengayib borgan sari avvalgi tarmoq vazirliklari o‘rnida tashkil topgan 
davlat konsernlari tarmoq uyushmalariga aylantirildi, ularning 
boshqaruv apparatlari tizimi bozor munosabatlariga moslashtirildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmuni 
mulkni haqiqiy egalari qo‘liga topshirish, tadbirkorlik faoliyatini olib 
borishlari uchun ularga barcha shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib 
berishga qaratildi. Chunki ishbilarmon, tadbirkor mulkning haqiqiy 
xo‘jayiniga aylangan taqdirdagina ishlab chiqaruvchida o‘z faoliyati 
natijalarini amalda his etish tuyg‘usi ularni shaxsiy tashabbuskorlik, 
izlanish, yangiliklarni joriy etishga doim rag‘batlantirib turadi.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish