R – kapitallashtirish stavkasi;
n – qiyosiy ko‗chmas mulk obyektlari soni;
Ii – i-chi ko‗chmas mulk obyektining sof operatsion daromadi;
Vi – i-chi ko‗chmas mulk obyektining sotuv narxi;
wi – i-chi natijaning o‗lchovi (salmog‗i).
Kapitallashtirish stavkasini kapital xarajatlar qoplanishini hisobga
olish usuli bilan hisoblash ko‗chmas mulk qiymatining o‗zgarishi
prognoz qilingan holda qo‗llanadi va u ikki qismda:
pul mablag‗laridan foydalanganlik uchun tavakkalchiliklarni va
muayyan investitsiyalar bilan bog‗liq boshqa omillarni hisobga olgan
holda investorga to‗lanishi lozim bo‗lgan kompensatsiya hisoblanadigan
kapital uchun daromaddorlik stavkasi Ron;
boshlang‗ich qo‗yilmalar summasining qaytishini belgilaydigan
va aktivlarning eskiradigan qismiga qo‗llaniladigan kapitalning qaytish
me‘yori R
of
dan iborat bo‗lgan kapitallashtirish stavkasini hisoblashni
nazarda tutadi.