O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


-§. Baholash to„g„risidagi hisobotga qo„yiladigan talablar



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

6-§. Baholash to„g„risidagi hisobotga qo„yiladigan talablar 
 
49. Baholash natijalari baholash faoliyati to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq tuzilgan va baholovchi tashkilotning baholash obyekti 
qiymati xususidagi yig‗ilgan axborot va hisoblashlar asosida tasdiqlangan 
professional mulohazasini o‗z ichiga olgan baholash to‗g‗risida hisobot 
sifatida rasmiylashtirilishi lozim. 
50. Hisobot baholash milliy standartlari talablariga muvofiqlik 
to‗g‗risidagi bayonotni va ulardan har qanday chetga chiqish haqidagi 
ma‘lumotlarni o‗z ichiga olishi lozim. 
51. Baholash to‗g‗risida hisobotni tuzishda quyidagi qoidalarga rioya 
etish lozim: 
- baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun yetarli bo‗lgan barcha 
ochiq axborot hisobotda bayon etilishi lozim; 


385 
- baholash to‗g‗risidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan 
foydalanuvchilarni chalg‗itmasligi hamda ikki xil talqinga yo‗l qo‗ymasligi 
kerak; 
- baholash to‗g‗risidagi hisobotda ifodalangan materiallar tarkibi va 
ketma-ketligi, baholash jarayoni tavsifi, hisoblashlar va hisoblashlarga 
izohlar baholash to‗g‗risidagi hisobotdan foydalanuvchiga qiymatni 
hisoblashni amalga oshirish imkoniyatini berishi va uni ayni shu natijalarga 
keltirishi lozim; 
- baholash jarayonida oraliq va yakuniy natijalarni aniqlashda 
foydalanilmagan axborot, agar u baholash faoliyati to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlarining talablariga binoan majburiy bo‗lmasa, baholash to‗g‗risidagi 
hisobotda keltirilishi mumkin emas. 
52. Ko‗chmas mulk qiymatini baholash to‗g‗risidagi hisobot quyidagi 
asosiy bo‗limlardan iborat bo‗lishi lozim: 
- titul varag‗i; 
- mundarija; 
- umumlashtiruvchi qism (ilova xat); 
- baholashga oid vazifa hamda asosiy faktlar va xulosalar; 
- baholash obyektining tavsifi; 
- baholash obyekti bozorining tahlili; 
- eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili; 
- baholash yondashuvlari va usullarining tanlanishi va qo‗llanilishi 
tavsifi; 
- baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash; 
- ilovalar. 
Bo‗limlarni joylashtirish ketma-ketligi, ularni nomlash va bo‗limlar 
doirasida axborotni guruhlash baholovchining vakolatiga kiradi va 


386 
baholovchi tomonidan bajarilgan baholash hamda tahlil va hisob-kitoblarning 
natijalarini bayon etish mantiqiga muvofiq amalga oshiriladi. 
53. Baholash to‗g‗risidagi hisobotning ilovalariga quyidagilar kiritiladi: 
- foydalanilgan hujjatlarning nusxalari, shu jumladan baholash 
obyektiga huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusxalari, kadastr hujjatlari 
bo‗limlarining nusxalari;
- baholanayotgan obyektning uning baholash sanasidagi texnik holati 
aks ettirilgan fotomateriallari; 
- baholovchi tashkilotini litsenziyasining nusxasi, baholovchilarning 
malaka sertifikatlari va baholovchi tashkilotning fuqarolik majburiyati 
sug‗urta polisining nusxalari; 
- baholovchining ixtiyoriga qarab boshqa materiallar. 
54.
Baholash to‗g‗risidagi hisobotning har bir beti raqamlanishi va 
baholash obyektini baholashdan o‗tkazgan baholovchi (baholovchilar) 
tomonidan imzolanishi, shuningdek, baholash to‗g‗risidagi hisobot ip 
o‗tkazib tikilishi hamda baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va shu 
tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Agar baholash bir nechta 
baholovchilar tomonidan bajarilgan bo‗lsa, baholash to‗g‗risidagi hisobotda 
mazkur hisobotni tayyorlash jarayonida ular bajargan ish ko‗rsatiladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish