O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


III bob. Axborot yig„ish va uni tahlil qilish



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

III bob.
Axborot yig„ish va uni tahlil qilish 
 
7.
Baholash obyektining bozor qiymati to‗g‗risida asoslantirilgan 
xulosa chiqarish uchun baholovchi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, 
ko‗chmas mulk bozori, baholash obyekti joylashgan yer va baholash 
obyektining tavsiflari haqida axborot yig‗ishi va uni tahlil qilishi lozim.
8.
Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilishda baholovchi: 
- mintaqaning tabiiy-iqlim xususiyatlarini; 
- asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni; 
- iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha asosiy ko‗rsatkichlar, ularning 
o‗zgarish dinamikasi va baholash obyektining bozordagi holatiga ta‘sirini; 
- ijtimoiy rivojlanishning asosiy ko‗rsatkichlari, ularning o‗zgarish 
dinamikasi va baholash obyektining bozordagi holatiga ta‘sirini o‗rganadi. 
Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tahlilining natijalariga ko‗ra 
baholovchi baholash obyektining bozordagi joriy va bo‗lg‗usi holatini 
asoslaydi, ehtimol tutilgan odatdagi xaridor va uning investitsion 
motivatsiyasi aniqlanadi. 
9.
Ko‗chmas mulk bozorini tahlil qilishda baholovchi: 
- baholash obyekti joylashgan mintaqadagi ko‗chmas mulk bozorining 
umumiy tavsiflarini; 
- ko‗chmas mulk bozorining tuzilishi va ishtirokchilarini; 
- ko‗chmas mulk bozorining ayrim segmentlari bo‗yicha talab va taklif 
omillarini miqdoriy tahlil va tendensiyalar tahlili bilan birga o‗rganadi. 
Bozor tendensiyalarining tahlili uchun zarur bo‗lgan bozorni 
segmentlarga ajratish ko‗chmas mulkning quyidagi toifalari bo‗yicha amalga 
oshiriladi: 
- turar-joy ko‗chmas mulki; 
- tijorat ko‗chmas mulki; 


396 
- sanoat ko‗chmas mulki; 
- qishloq xo‗jaligi ko‗chmas mulki; 
- maxsus ahamiyatga molik ko‗chmas mulk. 
Baholash obyektiga va baholash shartnomasining shartlariga qarab 
ko‗chmas mulk toifalarining har biri muayyan belgilarga ko‗ra yanada 
kichikroq segmentlarga ajratilishi mumkin. 
Ko‗chmas mulk bozorining tahlili natijalariga ko‗ra baholovchi 
ko‗chmas mulk bozorida yuz berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni, 
baholash obyektining ko‗chmas mulk bozoridagi joriy va bo‗lg‗usi holatini 
muqobil foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda asoslaydi. 
10.
Baholash obyektining joylashgan yerini tahlil qilishda baholovchi: 
- atrofdagi yerdan foydalanishning tipi xususiyatini; 
- transportda qatnash jihatidan qulaylikni; 
- muhandislik tarmoqlari va kommunal xizmat ko‗rsatishni; 
- ijtimoiy infratuzilmani; 
- iqtisodiy o‗rnini; 
- tutash hududning ekologik holatini; 
- ijtimoiy obro‗sini; 
- boshqa qulay va noqulay ta‘sirlarni o‗rganadi. 
Baholash obyekti joylashgan yer tahlilining natijalariga ko‗ra 
baholovchi baholash obyekti joylashgan yerning mazkur obyekt qiymatiga 
ta‘sir etishi mumkin bo‗lgan ijobiy va salbiy tavsiflari hamda imkoniyatlarini 
asoslaydi. 
11.
Baholash obyekti tavsiflarini tahlil qilishda baholovchi: 
- baholash obyektining hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv yechimi 
xususiyatlarini; 
- baholash obyektining muhandislik ta‘minoti xususiyatlarini; 


397 
- konstruktiv elementlar va muhandislik asbob-uskunalarining texnik 
holatini o‗raganadi. 
Baholash obyekti tavsiflarining tahlili natijalariga ko‗ra baholovchi 
baholash obyekti texnik tavsiflarining foydali xossalari o‗xshash bo‗lgan 
ko‗chmas mulkka foydalanish va funksionallik jihatidan qo‗yiladigan hozirgi 
bozor talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
Yuzaki ko‗zdan kechirishni amalga oshirish vaqtida baholovchi ayrim 
konstruktiv elementlar bo‗yicha yaxshilashlarni tekshiradi. Mazkur 
konstruktiv elementlarga quyidagilar kiradi: 
- yer osti qismi qurilmalari; 
- ko‗tarib turuvchi asosni tashkil etadigan qurilmalar; 
- qavatlararo bog‗lanishlarning elementlari; 
- yopma (tom) qurilmalari; 
- devor va eshik tirqishlarining to‗ldirgichlari; 
- pollar; 
- tashqi pardoz; 
- ichki pardoz; 
- ichki muhandislik sistemalari va asbob-uskunalari. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish