392
II bob. Baholashga oid vazifani belgilash
2.
Baholashga oid vazifani belgilashda baholovchi
baholash obyektini
belgilaydi va unga tavsif beradi. Bunda, baholash obyekti sifatida bo‗sh
turgan (yaxshilanmagan) yer uchastkasi yoki imorat solingan yer uchastkasi
(yaxshilashlardan iborat yer uchastkasi) olinadi.
Baholash obyektining qiymati unga bo‗lgan mulkiy (ashyoviy va
majburiyatga oid) huquqlar, mazkur huquqlarga doir cheklashlar va ularga
boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishini hisobga olib aniqlanadi. Bunday
huquqlarga quyidagilar kiradi:
- to‗la mulkdorlik huquqi;
- egalik qilish huquqi;
- tasarruf etish huquqi;
- foydalanish huquqi;
- yer uchastkasiga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi;
- uch uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqi;
- ijaraga olish huquqi;
- servitut;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa huquqlar.
Baholash
shartnomasi
shartlariga
va
baholash
obyektining
xususiyatlariga qarab to‗la mulkdorlik
huquqini yoki ayrim mulkiy
huquqlarni baholash belgilanishi mumkin.
3.
Yer uchastkasini yaxshilashlarga quyidagilar kiradi:
- u yer uchastkasida joylashgan alohida binolar, inshootlar va ularning
guruhlari, mazkur uchastkaga tegishli bo‗lgan yer osti inshootlari yoki
ularning qismlari;
393
- binolarga barcha uzoq muddatli ulanishlar, chunonchi: ichki suv
ta‘minoti, isitish va sovutish sistemalari, elektr ta‘minoti, gaz tarmoqlari,
shuningdek o‗rnatilgan statsionar qurilmalar (mashinalar, asbob-uskunalar);
- yer uchastkasiga va binolarning
ichki tarmoqlariga ulangan
muhandislik inshootlari, kommunikatsiyalar va tarmoqlar;
- mazkur uchastkaga tegishli bo‗lgan, lekin uning chegarasidan
tashqarida joylashgan xo‗jalik, transport va muhandislik ta‘minoti
elementlari;
- uchastka hududini obodonlashtirish obyektlari, shu jumladan ko‗p
yillik o‗simliklar;
- infratuzilma obyektlaridagi mulk ulushlari;
- baholanayotgan mulk bilan yaxlit majmuani hosil qiluvchi,
konstruktiv yoki funksional jihatdan uning ajralmas qismi bo‗lgan
boshqa
obyektlar.
4.
Binoda va yer uchastkasida o‗rnatilgan statsionar qurilmalar
baholash maqsadlarida ikki toifaga ajratiladi:
- bino xizmat ko‗rsatish sistemalarining ko‗chmas mulk bahosiga
kiritiladigan tarkibiy elementlari;
-
ko‗chmas
mulk
obyektida
olib
borilayotgan
biznesda
foydalaniladigan, yer uchastkasi va yaxshilashlardan alohida baholanadigan
statsionar qurilmalar.
Ko‗chmas mulk bahosiga kiritiladigan statsionar qurilmalar, mashinalar
va asbob-uskunalar binolarning quyidagi xizmat ko‗rsatish sistemalariga
kiradi:
- elektr ta‘minoti – noishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun
mo‗ljallangan markaziy
quvvatlantiruvchi kabellar, transformatorlar,
qalqonli, zaxiradagi generatorlar va elektr tarmoqlari;
394
- gaz ta‘minoti – gaz stansiyalarigacha va ularning doirasidagi gaz
quvur yo‗llari, shuningdek noishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun
mo‗ljallangan binolar doirasidagi gaz quvur yo‗llari;
- suv ta‘minoti – rezervuarlar,
quduqlar va skvajinalar, nasoslar, suv
tozalash uskunalari, baklar, taqsimlash tarmoqlari, drenaj qurilmalari va
kanalizatsiya sistemalari;
- isitish va havo haroratini maqbullashtirish – qozonlar va tegishli
asbob-uskunalar, yonilg‗i baklari,
radiatorlar, kaloriferlar, konditsionerlar
uchun asbob-uskunalar, havo yo‗naltirish quvurlari, ventilyatorlar va
noishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalar;
- liftlar va yuk ko‗targichlar – bino tuzilishining
ajralmas qismini
shakllantiradigan va notijorat maqsadlarida foydalaniladigan yo‗lovchi va
yuk liftlari, eskalatorlar, transportyorlar, yuk ko‗targichlar va tayanchlar.
5.
Qiymat turini tanlashning asosiy mezoni baholash maqsadidir.
Ko‗chmas mulkni baholashda aniqlanadigan qiymatning asosiy turi bozor
qiymatidir. Ko‗chmas mulk qiymatini baholashda aniqlanishi mumkin
bo‗lgan bozor qiymatidan boshqa turdagi qiymatlarga quyidagilar kiradi:
- investitsiya qiymati;
- almashtirish qoldiq qiymati;
- sug‗urta qiymati;
- utilizatsiya qiymati;
- tugatish qiymati;
- soliq solinadigan qiymat.
6.
Baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi va,
qoida tariqasida, baholovchi tomonidan baholash obyektini ko‗zdan kechirish
sanasiga muvofiq bo‗ladi. Baholovchi baholash sanasidagina mavjud bo‗lgan
holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan voqealarni e‘tiborga olishi
lozim.