Salohiyatli yalpi daromad - ijaraga topshiriladigan barcha qo‗l
ostidagi obyekt birliklari ijaraga olinganda va ijarachilar ijara
to‗lovining butun summasini kiritganda olinadigan yalpi kirimlar.
Samarali soliq qo„yilmasi - mulkka soliq solishda - ustiga qo‗shib
hisoblangan soliqlar va bozor qiymati o‗rtasidagi foiziy munosabat.
Tavakkalsiz qo„yilma - eng kam tavakkalga ega investitsiyalar
bo‗yicha foiz miqdori.
Tamoyil - fundamental g‗oya bo‗lib, boshqa holatlar unga
asoslanadi.
Talab va taklif tamoyili - bu tamoyilga ko‗ra talab va taklifning
bir- biriga o‗zaro ta‘siri natijasida narx belgilanadi.
Taklif - bu ma‘lum iarx bo‗yicha mavjud bo‗lgan tovarlar soni.
Talab - ma‘lum narx bo‗yicha sotib olinadigan tovarlar va
xizmatlar sonini aniqlaydigan asosiy iqtisodiy tushuncha.
Tavakkal - beqarorlik yoki o‗zgaruvchanlik; ko‗chmas mulk
sarmoyadori kutilgan daromadlarni olmasligi ehtimoli; shuningdek -
zararlar ehtimoli.