O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
 


277 
10-bob. GAROV MAQSADIDA KO„CHMAS MULK
QIYMATINI BAHOLASH XUSUSIYATLARI 
 
10.1. Ko„chmas mulkni garovga olinishi talablari va ularga 
baholash jarayonida rioya qilinishi 
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‗lgan 
huquqni majburiyatlarini ta‘minlash uchun berishi 
garov 
hisoblanadi. 
Mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‗char va 
ko‗chmas mulkka bo‗linadi. Yer uchastkalari, konlar, ko‗p yillik ekinlar, 
shuningdek, binolar va inshootlar ko‗chmas mulk hisoblanadi. Qonun 
bilan boshqa mulklar ham ko‗chmas mulk qatoriga kiritilishi mumkin. 
Ko‗chmas mulkka nisbatan huquqlarni qo‗lga kiritish va bekor 
qilish taomili qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‗yiladi. 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qo‗yuvchi yoki garovga 
oluvchi bo‗lishlari mumkin. 
Qarzdorning o‗zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo‗yuvchi 
bo‗lishi mumkin. Garovga O‗zbekiston Respublikasi hududida 
joylashgan 
mulkni, 
qonunchilikda 
belgilangan 
tartibda 
garov 
shartnomasini rasmiylashtirish orqali olishga ruxsat beriladi. 
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar 
(talablar) garov narsasi bo‗lishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-
mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan talablar, xususan 
hayoti yoki sog‗lig‗iga yetkazilgan zararni qoplash to‗g‗risidagi talablar, 
alimentlar to‗g‗risidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun 
bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno. Garov to‗g‗risidagi 
shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa 
qonunda garovga qo‗yuvchi kelgusida qo‗lga kiritadigan ashyolar va 
mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin. Undiruv qaratilishi 
mumkin bo‗lmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga 
qo‗yish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda man etilishi yoki 
cheklanishi mumkin. 
Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli bo‗lgan mol-mulk uning 
barcha egalari roziligi bilangina garovga qo‗yilishi mumkin. 


278 
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o‗z 
ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qo‗yishi mumkin. 
Garov predmeti ko‗chmas mulkdan iborat bo‗lgan garov 
ipoteka
deb e‘tirof etiladi. Ipoteka belgilangan mol-mulkni garovga oluvchiga 
berilmaydi. 
Binolar yoki inshootlar ipotekasiga faqat ayni o‗sha shartnoma 
bo‗yicha bu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu 
uchastkaning 
garovga 
qo‗yilayotgan obyekt ishlab turishini 
ta‘minlaydigan qismini yoxud, bu uchastkaning yoki uning tegishli 
qismining garovga qo‗yuvchiga tegishli ijaraga olish huquqini bir 
paytning o‗zida ipoteka qilgan holdagina yo‗l qo‗yiladi. 
Fermer xo‗jaligiga berilgan yer uchastkasi qat‘iy ravishda 
maqsadga muvofiq ishlatiladi va garov obyekti bo‗lishiga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Fermer xo‗jaligi kredit olish uchun o‗z mol-mulkini, 
shuningdek, yer uchastkasini ijaraga berish huquqini garovga qo‗yishi 
mumkin. 
Kreditning ta‘minlanganlik summasi kredit summasining 125 
foizidan, Bank va aloqador shaxslar o‗rtasidagi bitimlar bo‗yicha – 
kredit summasining 130 foizidan kam bo‗lmasligi shart. Mazkur 
ko‗rsatkich Bank Boshqaruvi tomonidan qayta ko‗rib chiqilishi mumkin. 
Moliya muassasasi
– 
bankning mas‘ul mutaxassisi bo‗lib Bosh 
ofisda – Kredit xatarlarini boshqarish Departamenti garov mulki 
qiymatini kelishish bo‗limining mutaxassisi, filiallarda – filial 
boshqaruvchisi tomonidan tayinlanadigan garov mulki bo‗yicha 
mutaxassis hisoblanadi. 
Moliya muassasalarida garovni rasmiylashtirish uchun mol-mulkni 
tanlab olishning muayyan mezonlari ishlab chiqilgan. Ushbu mezonlar 
asosida garovga olinadigan ko‗chmas mulk obyektlariga ma‘lum 
tartibda talablar qo‗yiladi. Baholovchi baholash jarayonida bunday 
talablarga rioya etishi lozim. 
Mol-mulkni garovga olishning mezoni uning 
likvidligi
hisoblanadi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish