O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Moliya» kafedrasi


Xususiy kapital va uning o‘zgarishini tahlili



Download 47,6 Kb.
bet3/5
Sana20.07.2022
Hajmi47,6 Kb.
#828962
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 chi kurs ishi

2.Xususiy kapital va uning o‘zgarishini tahlili.
Xususiy kapitaldan foydalanishning asosiy ko'rsatkichi bo‘lib, xususiy kapital rentabelligi hisoblanadi. Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Rentabellik darajasi resurslar, kapitallar va xarajatlarga nisbatan hisoblab olinadi va tahlil qilinadi. Shular orasida xususiy kapital rentabelligi bizning o‘rganish obyektimizdir. Xususiy kapital rentabelligi qanday aniqlanadi?
Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko‘paytirib, natijasini xususiy kapitalning o‘rta qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so'mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi. Ushbu ko‘rsatkich bazis yilidagi yoki biznesrejada ko‘zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo‘lsa, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy kapital rentabelligi qancha yuqori bo‘lsa, xo;jalikning moliyaviy ahvoli ham shuncha mustahkam bo‘ladi. Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko‘zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o‘zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o‘zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Birinchi tartibli omillar bolib quyidagilar hisoblanadi: 1) xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi; 2) sof foyda hajmining o‘zgarishi. Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulini qollash orqali aniqlash zarur. Buning uchun quyidagi 3 ta boglanish rentabellik ko'rsatkichini aniqlab, so‘ngra omillarning ta’sirini aniqlash maqsada muvofiq bo‘ladi. Xususiy kapitalning ta’rifi, hisobga olinishi va shakllanishi 0 ‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunida o‘z aksini topgan.
12
Xo'jalikning o‘z mablag'lari manbaining asosiy qismini xususiy kapital tashkil etadi. Xususiy kapital o‘z ichiga ustav kapitali, zahira kapitali, qo‘shilgan kapital va taqsimlanmagan foydani oladi.
Xususiy kapital korxona faoliyatini samarali yuritishda katta rol o‘ynaydi, chunki xo’jalik mablagMarining shakllanishida xususiy kapital hissasi oshib borsa, xo‘jalik moliyaviy jihatdan mustaqil, barqaror korxonaga aylanadi. Shuning uchun xususiy kapital holatini va harakatini hamda undan foydalanish samarasini audit qilish iqtisodiy samaradorlikni oshirishda katta rol o‘ynaydi. 239 Xususiy kapital holati va harakati buxgalteriya hisobining 8300-«Ustav kapitalini hisobga oluvchi schot», 8400-«Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schot», 8500-«Rezerv kapitalni hisobga oluvchi schot», 8700- «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schot»larda aks ettiriladi. Bu schotlar passiv schotlardir. Bu schotlarning kreditida qoldig‘i va joriy davrdagi ko‘payishi, debetida esa kamayishi hisobga olib boriladi. Ushbu schotlarning ma’lumotlari, korxonaning ustavi, bosh daftar, ayianm a qaydnom alar va «Xususiy kapital harakati to‘g ‘risida hisobot» m a’lumotlari auditni o‘tkazish uchun asos boMadi. Audit xususiy kapitalning har bir turi bo‘yicha am alga oshiriladi. Ustav kapitalining auditi 8310-schotining krediti quyidagi 1000,0100 (ulush sifatida turli aktivlar qabul qilinganda), 8400, 5010, 5110, 8810-schotlarining debetidagi ma’lumotlarni solishtirish orqali amalga oshiriladi. 8310- schotining debeti 4610, 6610 va boshqa schotlarning kreditidagi yozuvlar bilan solishtirilib, audit qilinadi. Qo‘shilgan kapitalning auditi 8400-schotining krediti va quyidagi schotlarning debetidagi yozuvlarni bir-biriga solishtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda quyidagi schotlar debetlanib, 8400 kreditlanadi. 0610, 5810 - qimmatli qog‘ozlar qaytarib bermaslik sharti bilan olinganda; 0100 - asosiy vositalar qaytarib bermaslik sharti bilan olinganda; 4610 - ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi toMangunga qadar mulklarning ijobiy kursi farqi sodir bolganda; 8510 - mulklarni qayta baholanishida ularning qiymatidagi farqni qoplashga yo'naltirilganda.

13
Zahira kapitali buxgalteriya hisobining 8500-schotida hisobga olib boriladi. Bu schot korxona ta’sis hujjatlariga asosan, foyda hisobidan hosil qilingan zahiralar, aktivlarni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflatsion zahiralarni hisobga olish uchun mo'ljallangan.


Zahira kapitalining tashkil etilishi ushbu schotning kreditida, ishlatilishi esa debetida aks ettiriladi. 8500-schotning krediti quyidagi schotlarning debeti bilan solishtirilib, audit qilinadi: 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar». 240 0600-«Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schotlar». 0810-«Asosiy vositalarni xarid qilish schoti». 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi». 8500-schotining debeti quyidagi schotlarning krediti bilan solishtirilib, audittorlik tekshiruvidan o'tkaziladi. 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar». 0600-«Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schotlar». 9560-«Qimmatli qog'ozlarni qayta baholashdan daromadlar schoti». 66I0-«To1anadigan dividendlar schoti». Audit jarayonida xususiy kapital hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha aniqlangan xato-kamchiliklar va yuzaga kelgan nuqsonlar auditor hisoboti va xulosasida o‘z aksini topadi. Korxonaning o'z mablagMari manbaining asosiy qismi xususiy kapital
hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xususiy kapitalning hissasini oshirish va undan foydalanish darajasini
yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash tahlilning asosiy maqsadidir. Ushbu
maqsadga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishish mumkin:
1) xususiy kapital tarkibi va uning strukturasi bo‘yicha dinamikasini
o'rganish orqali umumiy holatiga baho berish;
2) xususiy kapital o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarning ta’sir etish
darajasini aniqlash va baho berish;
3) xususiy kapitaldan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlash va
ushbu o‘zgarishga omillarning ta’sirini hisoblab. baho berish;
4) xususiy kapital tarkibini yaxshilash va foydalanish samaradorligini
oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatish.
14
Xususiy kapital tahlilini amalga oshirish uchun axborot manbai bolib,
quyidagi hisobot ma’lumotlari hisoblanadi.
1) buxgalteriya balansining passiv tomonidagi 1- bo‘lim ma’lumotlari;
2) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari;
3) biznes-rejaning xususiy kapital to ^risid ag i ma’lumotlari;
4) xususiy kapitalni hisobga olib boruvchi buxgalteriya hisobi schotlarining ma’lumotlari (8300, 8310, 8320, 8330, 8400, 8410," 8420, 8500, 8510,
8520, 8530 va boshqa schotlarning ma’lumotlari). Xususiy kapitaldan foydalanishning asosiy ko'rsatkichi bo‘lib, xususiy
kapital rentabelligi hisoblanadi.
Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Rentabellik
darajasi resurslar, kapitallar va xarajatlarga nisbatan hisoblab olinadi va
tahlil qilinadi. Shular orasida xususiy kapital rentabelligi bizning o‘rganish
obyektimizdir. Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so'mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof
foyda summasini bildiradi. Ushbu ko‘rsatkich bazis yilidagi yoki biznesrejada ko‘zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo‘lsa, xususiy
kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy
kapital rentabelligi qancha yuqori bo‘lsa, xo;jalikning moliyaviy ahvoli ham
shuncha mustahkam bo‘ladi.
Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini
bazis yilidagi (yoki rejada ko‘zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy
o‘zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o‘zgarishi
birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Birinchi
tartibli omillar bolib quyidagilar hisoblanadi:
1) xususiy kapitalning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi;
2) sof foyda hajmining o‘zgarishi.
15
O'z kapitalining rentabelligi yoki ROE - bu firmaning kompaniyaga sarmoyadan daromad olish qobiliyatini o'lchaydigan rentabellik koeffitsienti. Boshqacha qilib aytganda, kapitalning rentabelligi koeffitsienti kompaniya umumiy ustav kapitalining har bir dollari uchun qancha foyda keltirishini ko'rsatadi. Shunday qilib, hosil 25 ga teng% umumiy ustav kapitalining har bir dollari 25 sent sof daromad keltirishini bildiradi. Bu investorlar uchun muhim ko'rsatkichdir, chunki ular kompaniya sof daromad olish uchun investorlar mablag'laridan qanchalik yaxshi foydalanishini ko'rishni xohlaydi. O'z kapitalining rentabelligi kompaniyaning foyda olish va kompaniyani rivojlantirish uchun aktsiyadorlar mablag'laridan qanchalik samarali foydalanishini baholaydi. Boshqa ROI koeffitsientlaridan farqli o'laroq, ROE kompaniya emas, balki investor nuqtai nazaridan olingan daromad darajasidir. Boshqacha aytganda, bu ROE kompaniyaning aktivlarga o'z sarmoyasini emas, balki investorlarning kompaniyaga kiritgan mablag'lari asosida kompaniya qancha daromad olishini hisoblab chiqadi. Investorlar o'z kapitalining yuqori daromadliligini ko'rishni xohlashadi, chunki bu kompaniya o'z investorlarining mablag'laridan unumli foydalanayotganidan dalolat beradi. Yuqori koeffitsientlar deyarli har doim past koeffitsientlarga qaraganda yaxshiroq, ammo ularni sanoatdagi boshqa kompaniyalar bilan solishtirish kerak. Har bir sanoatning turli darajadagi daromadlari bo'lganligi sababli, ROE o'z sohalaridan tashqari kompaniyalarni samarali taqqoslash uchun foydalanilmaydi.
Xususiy kapital rentabelligining me'yoriy qiymati biznesning ta'sirini baholashga imkon beradi. Chorani amalga oshirish uchun ko'rsatkichni muqobil rentabellik qiymati bilan solishtirish kerak. Bu sizga biznesmen boshqa kompaniyaga investitsiya qilish orqali erisha oladigan rentabellik darajasini aniqlash imkonini beradi. Parametrning hisoblangan qiymatlarini taqqoslab, kompaniya bilan hamkorlik qilishning maqsadga muvofiqligini uning ko'rsatkichlaridan oshib ketishi bilan osongina aniqlash mumkin.
16



Download 47,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish