O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana25.07.2021
Hajmi4,1 Mb.
#128180
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
Молия фанидан мустакил таълим 2 ОТ учун



 O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoevning  2020-yil  24-yanvardagi  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasi. 

https://president.uz/uz/lists/view/3324 




27 

 

1. Risk tushunchasi, investitsiya risklar, uning mazmun-mohiyati va 



tasniflanishi 

Risk  mohiyati  va  mazmunini  ko‘rib chiqar  ekanmiz,  tadbirkor,  ishbilarmon 

va  menejerning  muvaffaqiyati  riskka  munosabatni  tushunishiga  sezilarli  darajada 

bog‘liqligini  isbotlashga  endilikda  hojat  qolmagan.  Bu  muammo  alohida  qiziqish 

uyg‘otadi va har tomonlama o‘rganishga arziydi. 

Tadbirkorlik  faoliyati  va  biznesda  risk  boshqaruv  nazariyasi  hamda 

amaliyotining  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida,  ayniqsa,  ushbu  eng  jiddiy 

muammoning kam  o‘rganilganligini  hisobga  olsak,  tamomila  mustaqil  nazariy  va 

amaliy  ahamiyatga  ega.  Risk  vaziyatlarida  boshqaruv  masalalari  bo‘yicha 

manbalar  ro‘yxati  va  mahalliy  adabiyotda  uni  baholash  darajalari  anchayin 

qashshoq,  fundamental  tadqiqotlar  deyarli  yo‘q.  Uzoq  vaqt  mobaynida  mamlakat 

xalq  xo‘jaligini  asosan  ekstensiv  rivojlantirishga  mo‘ljal  olish,  boshqaruvning 

haddan  tashqari  yuqori  markazlashuvi,  boshqaruvning  ma’muriy  usullari 

hukmronligi  noaniqlik  va  riskni  hisobga  olish  masalasini  qo‘yishga  imkon 

bermagan.  Bundan  tashqari,  “taqchillik  iqtisodiyoti”da  tadbirkorda  risk  qilish, 

mavjud  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  o‘zgartirishga  xohish  va  qiziqish 

bo‘lmagan.  Bundan  xo‘jalik  va  ijtimoiy  risk  muammosiga  barqaror  qiziqish 

yo‘qligining sabablari tushunarli. 

Jahonda  moliya  tizimini  rivojlanishi  bilan  mamlakatlarda  investitsion 

faoliyat,  investitsion  faoliyatga  risklarni  ta’siri  ko’plab  xorijiy  va  mahalliy 

iqtisodchi  olimlar  tomonidan  maxsus  ilmiy  tadqiqot  sifatida  o’rganilgan  bo’lib, 

mazkur tadqiqotlar muhim ilmiy yondoshuvlarga egadir.  

Bugungi kunda  risk  mohiyati  bo‘yicha  bir  ma’noli  izoh  yo‘q.  Bu,  xususan, 

ushbu  atamaning  ko‘p  qirrali  ekanligi,  xo‘jalik  qonunchiligimiz  tomonidan  real 

iqtisodiy  amaliyotda  va  boshqaruv  faoliyatida  deyarli  to‘liq  inkor  etilishi  bilan 

izohlanadi.  Bunga  qo‘shimcha  ravishda,  risk  –  ko‘plab  ustma-ust  tushmaydigan, 

ba’zan esa qarama-qarshi real asoslarga ega bo‘lgan  murakkab hodisadir. Bu turli 

xil  nuqtai  nazardan  riskning  bir  nechta  ta’rifi  mavjud  bo‘lishi  ehtimolini  yuzaga 

keltiradi. 

Riskning  ko‘plab  ta’riflarini  tahlil  qilish  bizga  quyidagi  kabi  riskli 

vaziyatlarga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi: 

- ehtimoliy  natijalardan  qaysi  biri  amaliyotda  qo‘llanilishini  belgilab 

beruvchi voqea-hodisaning tasodifiylik xarakteri (noaniqlik mavjudligi); 

- muqobil yechimlar mavjudligi; 

- natijalar  ehtimoli  va  kutilayotgan  natijalar  ma’lum  yoki  ularni  aniqlash 

mumkin; 


- zararlar yuzaga kelishi ehtimoli; 

- qo‘shimcha foyda olish ehtimoli.  




28 

 

 “Risk”  tushunchasini  to‘liqroq  aks  ettiradigan  quyidagi  risk  ta’rifiga 



to‘xtalamiz

2

:  risk  –  muqarrar  tanlov  vaziyatlarida  noaniqlikni  bartaraf  etish  bilan 



bog‘liq 

faoliyat 

bo‘lib, 

bu 


jarayonda 

kutilgan 

natijaga 

erishish, 

muvaffaqiyatsizliklar  va  maqsaddan  og‘ishlar  ehtimolini  miqdor  hamda  sifat 

jihatidan baholash imkoni mavjud bo‘ladi. 

Ta’kidlash joizki, risk bilan noaniqlik o‘rtasidagi farq axborot berish usuliga 

bog‘liq  va  nazorat  qilinmaydigan  o‘zgaruvchilarning  ehtimoliy  tavsiflari 

mavjudligi  (risk  holatida)  yoki  yo‘qligi  (noaniqlikda)  bilan  belgilanadi.  Qayd 

etilgan  ma’noda  ushbu  atamalar  operatsiyalarni  tadqiq  qilishning  matematik 

nazariyasida  qo‘llanilib,  bunda  riskda  va  mos  ravishda  noaniqlik  sharoitida  qaror 

qabul  qilish  masalalari  ajratib  ko‘rsatiladi.  Agar  u  yoki  bu  variantning  ehtimollik 

darajasini  sifat  va  miqdoriy  jihatdan  aniqlash  imkoniyati  mavjud  bo‘lsa,  u  holda 

aynan shu riskli vaziyat bo‘ladi. 

Taniqli  lug‘atchi  olim  S.I.Ojegov  va  N.Y.Shevedovaning  rus  tili  lug‘atida 

“risk”  bu  “muvaffaqiyatga  intilish,  baxtli  hodisa,  umid”  degan  ma’noni  anglatadi 

deyilsa

3

,  V.T.Sevruk  “risk  -  bu  zarar  ko‘rish  yoki  manfaatni  qo‘ldan  chiqarish 



bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir” degan ta’rif beradi

4



Professor  V.M.Usoskin  “Risk  doimo  noaniqlik  bilan  birga  kelib,  oxirgi  o‘z 

navbatida  oldindan  ko‘ra  bilish  kiyin  yoki  mumkin  bo‘lmagan  voqealar  bilan 

bog‘liq bo‘ladi” deb izohlaydi

5



P.G.Grabovoy,  S.N.Petrova,  S.I.Poltavsevlarning  “Riski  v  sovremennom 

biznesa”  kitobida  “Risk  -  bu  korxona  resurslarining  bir  qismini  yo‘qotish  yoki 

daromad ola olmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish havfidir”

6

, deb ta’rif berganlar. 



Yuqorida  keltirilgan  ta’riflarning  barchasida  risk  qandaydir  xavf-xatar  va 

zararlar  ko‘rishdan  iborat ekanligi to‘g‘risida  fikr  yuritilgan.  Riskni  ta’riflaganda, 

uni  zarar  bilan  bog‘liq  xavf-xatar,  noaniqlik  deyish  risk  tushunchasining 

mohiyatini to‘la ifodala olmaydi. 

Yuqoridagilarga  o‘xshagan  ta’riflarni  mahalliy  iqtisodchilarimizning 

ishlarida ham uchratish mumkin. Undan tashqari, ohirgi yillarda chop qilinayotgan 

ko‘pgina  mualliflarning  ishlarida  “risk”  so‘zini  o‘zbekchaga  tarjima  qilishga 

harakat qilingan.  Natijada  hozirgi  kunda  turli  mualliflar  tomonidan  “risk”  termini 

turlicha nom bilan talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni “tavakkalchilik” 

deb ifodasalar, boshqalari riskga “xato”, “ikkilanish”, “noaniqlik”, “mavhumiylik” 

va hokazolar deb ta’rif berish to‘g‘riroq degan xulosa qiladilar. 

Shunday qilib, risk vaziyati (riskli vaziyat) – bu voqealarning yuzaga kelish 

                                                   


Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish