27
1. Risk tushunchasi, investitsiya risklar, uning mazmun-mohiyati va
tasniflanishi
Risk mohiyati va mazmunini ko‘rib chiqar ekanmiz, tadbirkor, ishbilarmon
va menejerning muvaffaqiyati riskka munosabatni tushunishiga sezilarli darajada
bog‘liqligini isbotlashga endilikda hojat qolmagan. Bu muammo alohida qiziqish
uyg‘otadi va har tomonlama o‘rganishga arziydi.
Tadbirkorlik faoliyati va biznesda risk boshqaruv nazariyasi hamda
amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa, ushbu eng jiddiy
muammoning kam o‘rganilganligini hisobga olsak, tamomila mustaqil nazariy va
amaliy ahamiyatga ega. Risk vaziyatlarida boshqaruv masalalari bo‘yicha
manbalar ro‘yxati va mahalliy adabiyotda uni baholash darajalari anchayin
qashshoq, fundamental tadqiqotlar deyarli yo‘q. Uzoq vaqt mobaynida mamlakat
xalq xo‘jaligini asosan ekstensiv rivojlantirishga mo‘ljal olish, boshqaruvning
haddan tashqari yuqori markazlashuvi, boshqaruvning ma’muriy usullari
hukmronligi noaniqlik va riskni hisobga olish masalasini qo‘yishga imkon
bermagan. Bundan tashqari, “taqchillik iqtisodiyoti”da tadbirkorda risk qilish,
mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga xohish va qiziqish
bo‘lmagan. Bundan xo‘jalik va ijtimoiy risk muammosiga barqaror qiziqish
yo‘qligining sabablari tushunarli.
Jahonda moliya tizimini rivojlanishi bilan mamlakatlarda investitsion
faoliyat, investitsion faoliyatga risklarni ta’siri ko’plab xorijiy va mahalliy
iqtisodchi olimlar tomonidan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilgan bo’lib,
mazkur tadqiqotlar muhim ilmiy yondoshuvlarga egadir.
Bugungi kunda risk mohiyati bo‘yicha bir ma’noli izoh yo‘q. Bu, xususan,
ushbu atamaning ko‘p qirrali ekanligi, xo‘jalik qonunchiligimiz tomonidan real
iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida deyarli to‘liq inkor etilishi bilan
izohlanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, risk – ko‘plab ustma-ust tushmaydigan,
ba’zan esa qarama-qarshi real asoslarga ega bo‘lgan murakkab hodisadir. Bu turli
xil nuqtai nazardan riskning bir nechta ta’rifi mavjud bo‘lishi ehtimolini yuzaga
keltiradi.
Riskning ko‘plab ta’riflarini tahlil qilish bizga quyidagi kabi riskli
vaziyatlarga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi:
- ehtimoliy natijalardan qaysi biri amaliyotda qo‘llanilishini belgilab
beruvchi voqea-hodisaning tasodifiylik xarakteri (noaniqlik mavjudligi);
- muqobil yechimlar mavjudligi;
- natijalar ehtimoli va kutilayotgan natijalar ma’lum yoki ularni aniqlash
mumkin;
- zararlar yuzaga kelishi ehtimoli;
- qo‘shimcha foyda olish ehtimoli.
28
“Risk” tushunchasini to‘liqroq aks ettiradigan quyidagi risk ta’rifiga
to‘xtalamiz
2
: risk – muqarrar tanlov vaziyatlarida noaniqlikni bartaraf etish bilan
bog‘liq
faoliyat
bo‘lib,
bu
jarayonda
kutilgan
natijaga
erishish,
muvaffaqiyatsizliklar va maqsaddan og‘ishlar ehtimolini miqdor hamda sifat
jihatidan baholash imkoni mavjud bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, risk bilan noaniqlik o‘rtasidagi farq axborot berish usuliga
bog‘liq va nazorat qilinmaydigan o‘zgaruvchilarning ehtimoliy tavsiflari
mavjudligi (risk holatida) yoki yo‘qligi (noaniqlikda) bilan belgilanadi. Qayd
etilgan ma’noda ushbu atamalar operatsiyalarni tadqiq qilishning matematik
nazariyasida qo‘llanilib, bunda riskda va mos ravishda noaniqlik sharoitida qaror
qabul qilish masalalari ajratib ko‘rsatiladi. Agar u yoki bu variantning ehtimollik
darajasini sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, u holda
aynan shu riskli vaziyat bo‘ladi.
Taniqli lug‘atchi olim S.I.Ojegov va N.Y.Shevedovaning rus tili lug‘atida
“risk” bu “muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma’noni anglatadi
deyilsa
3
, V.T.Sevruk “risk - bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish
bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir” degan ta’rif beradi
4
.
Professor V.M.Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o‘z
navbatida oldindan ko‘ra bilish kiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan
bog‘liq bo‘ladi” deb izohlaydi
5
.
P.G.Grabovoy, S.N.Petrova, S.I.Poltavsevlarning “Riski v sovremennom
biznesa” kitobida “Risk - bu korxona resurslarining bir qismini yo‘qotish yoki
daromad ola olmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish havfidir”
6
, deb ta’rif berganlar.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida risk qandaydir xavf-xatar va
zararlar ko‘rishdan iborat ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Riskni ta’riflaganda,
uni zarar bilan bog‘liq xavf-xatar, noaniqlik deyish risk tushunchasining
mohiyatini to‘la ifodala olmaydi.
Yuqoridagilarga o‘xshagan ta’riflarni mahalliy iqtisodchilarimizning
ishlarida ham uchratish mumkin. Undan tashqari, ohirgi yillarda chop qilinayotgan
ko‘pgina mualliflarning ishlarida “risk” so‘zini o‘zbekchaga tarjima qilishga
harakat qilingan. Natijada hozirgi kunda turli mualliflar tomonidan “risk” termini
turlicha nom bilan talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni “tavakkalchilik”
deb ifodasalar, boshqalari riskga “xato”, “ikkilanish”, “noaniqlik”, “mavhumiylik”
va hokazolar deb ta’rif berish to‘g‘riroq degan xulosa qiladilar.
Shunday qilib, risk vaziyati (riskli vaziyat) – bu voqealarning yuzaga kelish
Do'stlaringiz bilan baham: