O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


– Mazkur holatda kim javobgarlikka tortilishi kerak?



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom


Mazkur holatda kim javobgarlikka tortilishi kerak?


59 
b)
ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko’ra bilish; 
c)
ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishini istash.
Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda ham o’ziga xos xususiyatlar 
mavjud. Egri va to’g’ri qasdning sodir etilishida tafakkuriy holatning o’xshashligi 
mavjuddir. Jumladan, shaxsning sodir etilayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglashi, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko’ra bilishi egri 
qasdni to’g’ri qasd bilan yaqinlashtiradi. Egri qasdning irodaviy holati bilan farq 
vujudga keladi. Egri qasdda shaxs oqibatning yuz berishiga ongli ravishda yo’l 
qo’yadi.
Egri qasd holatida shaxs oqibatga nisbatan befarq munosabatda bo’ladi. 
O’zini o’zi o’ldirish darajasiga yetkazish hamda sog’liqqa qarshi jinoyatlarning 
aksariyati egri qasd oqibatida sodir etiladi. Kishilar o’rtasidagi janjallar ko’pincha 
qasddan badanga yengil, o’rtacha og’ir va og’ir shikast yetkazilishiga sabab 
bo’ladi. Janjal davomida bir shaxs ikkinchisiga musht yoki biror jism bilan tajovuz 
qiladi, bu badanga shikast yetkazishini ham biladi. Uning harakati badanga qanday 
darajada shikast yetkazishini bilmaydi, ammo bunga ongli ravishda yo’l qo’yadi. 
Egri qasd natijasida sodir etilgan qilmish oqibatga qarab kvalifikatsiya qilinadi.
Huquq nazariyasida qasdning boshqa turlari ham tahlil qilinadi. Ular 
qasdning shakllanish holatiga ko’ra hamda qasdning yo’nalishi va mazmuniga 
ko’ra tasniflanadi.
Qasdning shakllanish holatiga ko’ra avvaldan o’ylagan qasd va to’satdan 
paydo bo’lgan qasd turlari mavjuddir. Avvaldan o’ylangan qasd jinoyat sodir 
etilishidan oldinroq paydo bo’ladi va u jinoiy oqibatga erishish yo’llari hamda 
usullarini rejalashtirib olish, jinoyatga puxta tayyorgarlik ko’rish xususiyatlariga 
egadir.
To’satdan paydo bo’lgan qasd jinoyatning bajarilishi oldidan paydo bo’ladi. 
Bunda oldindan reja tuzish, jinoyat sodir etish vositalari, qurollarini tayyorlab olish 
kabi holatlar uchun vaqt bo’lmaydi. To’satdan paydo bo’ladigan qasdning 
affektlangan qasd shakli ham mavjud bo’lib, jinoyat sodir etilishidan oldin 


60 
bajaruvchi kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo’ladi. Bunga aksariyat hollarda 
jabrlanuvchi tomonidan ruhiy yoki jismoniy zo’rlik qo’llanilishi sabab bo’ladi.
Qasdning yo’nalishi va mazmuniga ko’ra mutloq-muayyan qasd, muqobil 
qasd va noaniq qasd turlariga bo’linadi.
Mutloq-muayyan qasd turida shaxs ijtimoiy munosabatning qaysi turiga 
qanchalik zarar yetkazishini aniq biladi. Jinoyat oqibati to’g’risida ham shunday 
deyish mumkin. Bunga O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-
modda) jinoyatini misol qilishimiz mumkin.
Muqobil qasd shaxsning bir necha maqsadlardan biriga erishishga qaratilgan 
xatti-harakati bilan bog’liq bo’ladi. Aytaylik, bir shaxs boshqaning mulkini 
egallashni niyat qilsa, uni bosqinchilik (164-modda), tovlamachilik (165-modda), 
talonchilik (166-modda), firibgarlik (168-modda) yoki o’g’rilik (169-modda) yo’li 
bilan qo’lga kiritish yo’llarining biridan foydalanadi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish 
oqibatga qarab belgilanadi. 
Noaniq qasdda shaxs o’zining xatti-harakati qanday oqibat keltirib chiqarishi 
to’g’risida umumiy tasavvurga ega bo’lsada, zararning aniq darajasini bilmaydi. 
Bu sog’liqqa qarshi jinoyatlar sodir etilishida ko’zga tashlanadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish