O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Mansabni suiiste’mol qilish
mansabdor shaxsning o’z vakolatlari 
doirasiga kiruvchi harakatlarni qasddan bajarmasligi, o’zgalarga ta’sir o’tkazishi, 
ayrim shaxslarga yengilliklar berish yoki ular uchun sun’iy to’siqlarni vujudga 
keltirishda amalga oshiriladi. Mazkur jinoyat g’araz, qasos olish, amalparastlik 
kabi motivlar asosida vujudga keladi. 
Mansabdor shaxsning o’z vakolatini suiiste’mol qilishi fuqarolar huquq va 
erkinliklariga ko’p miqdorda zarar yoki davlat va jamiyatga jiddiy ziyon 
yetkazilishi jinoyatning asosiy sharti sanaladi.
Jiddiy ziyon
tushunchasi davlat, jamiyat va fuqarolarning qonun bilan 
qo’riqlanadigan manfaatlariga moddiy hamda ma’naviy ko’rinishdagi ziyon 
yetkazilishini anglatadi. Jiddiy ziyon tushunchasini miqdor o’lchovlari mavjud 
emas. Uning darajasi moddiy va ma’naviy me’yorlar bilan yetkazilgan zarar 
miqyosida o’lchanadi.
Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda) 
jinoyati o’z mansabini suiiste’mol qilish jinoyatidan farq qilib, bunda mansabdor 
shaxs o’ziga berilgan qonuniy vakolatlar doirasidan qasddan chetga chiqadi. 
Suiiste’mol qilish o’z vakolati doirasida harakat qilinishida sodir etiladi. 206-


264 
modda bo’yicha mansabdor shaxs o’zi bajarishi lozim bo’lgan xizmat vazifalariga 
kirmaydigan harakatlarni qasddan amalga oshiradi. Ushbu jinoyatda ham 
fuqarolar, davlat va jamiyat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon 
yetkazilishi majburiy shart sanaladi.
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda) avvalgi har ikki 
jinoyatdan farq qilib, ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Mansabga sovuqqonlik bilan 
qarash o’z xizmat vazifasini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikda 
ifodalanadi. Mazkur jinoyatda ham ko’p miqdordagi zarar yoki jiddiy ziyon jinoiy 
oqibat sanaladi hamda majburiy shart sanaladi.
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash natijasida giyovandlik vositalari yoki 
psixotrop moddalarni mamlakatimizga chegaralar orqali qonunga xilof ravishda 
olib o’tilishi jazoning og’irlashuviga olib keladi.
Hokimiyat harakatsizligi mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatiga 
o’xshab ketadi. Ularning farqli jihati shundaki, mansabga sovuqqonlik bilan qarash 
ehtiyotsizlik tufayli sodir etilsa, hokimiyat harakatsizligi mansabdor shaxsning o’z 
xizmat vazifasini qasddan bajarmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Mansab soxtakorligi jinoyatini mansabdorlik jinoyatlarining boshqa 
turlaridan ajratib turadigan xususiyati rasmiy xujjatlarga soxta ma’lumotlar 
kiritilishi, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish hamda 
taqdim etishda namoyon bo’ladi. Mazkur jinoyat ko’p miqdorda zarar kelib 
chiqishini zaruriy shart sifatida belgilamaydi. Jinoyat g’arazgo’ylik yoki boshqa 
past niyatlarda amalga oshiriladi.
Mansabdorlik jinoyatlari ichida jamiyatda yeng ko’p uchraydiganlaridan biri 
pora olish (210-modda) jinoyati bo’lib, ushbu qilmish ijtimoiy-iqtisodiy tizimga, 
bozor 
munosabatlariga, 
fuqarolik 
jamiyatining 
rivojlanish 
an’analariga, 
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga jiddiy zarar yetkazadi.
Pora olish tufayli jamiyatda korruptsiya avj oladi. Islohotlarning boshi berk 
ko’chaga kirib qoladi. Sog’lom ijtimoiy muhitni izdan chiqaradi. Poraning 
predmeti pul, qimmatbaho taqinchoqlar, spirtli ichimliklar, moddiy qimmatga ega 
ashyolar, turistik yoki sanatoriyga yo’llanma shaklidagi moddiy naf ko’rish 


265 
imkonini beruvchi boshqa shakldagi imkoniyatlardan iborat bo’lishi mumkin. 
Porani aybdorning o’zi yoki vositachi orqali olinishining ahamiyati yo’q. Muayyan 
g’arazli maqsadlarda sodir etilishi motivlari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda 
ahamiyatga ega bo’lmaydi. Pora olish jinoyatining mohiyatini quyidagi sxema 
orqali osonroq anglab olishimiz mumkin. 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish