O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi servis xizmati fanidan



Download 418,33 Kb.
bet49/146
Sana13.06.2022
Hajmi418,33 Kb.
#664725
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi q

Suzmali mol go'shti qiyma uzmasi (1, 5-son parhez dasturxoni). Lahm mol go'shti qiymalagichdan 2 marta o'tkaziladi. Suzma bilan aralashtirilib, yana bir marta qiymalagichdan o'tkazilgandan so'ng yumshatilgan sariyog', xom tuxum qo'shib yaxshilab aralashtirilib, ko'pirarli darajaga keltiriladi. Tayyor mahsulot suvda ho'llangan qoshiqlar yordamida 25 g hisobida bo'lakchalarga bo'linib, yog'langan bug' qozon patnisiga terilib, bug'da pishirib tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda sabzavot pyurelari yoki oz suvda pishirilgan sabzi garnir sifatida berilishi mumkin. Qiyma uzmasi ustidan sariyog' quyib beriladi.
Mol go'shti suflesi (11-son parhez dasturxoni). Pishirilgan mol go'shti pay, pardalaridan tozalanib, go'sht qiymalagichdan ikki marta o'tkazilib (mayda ko'zligidan) qolgan jarayon xuddi baliq suflesiga o'xshash bajarilib tayyor holga keltiriladi. Agar 2, 5-son parhez dasturxoni uchun tayyorlash lozim bo'lsa, qovurish shkafida yopib tayyorlash ham mumkin.



    1. Parhez shirin taom va ichimliklar

1-son parhez dasturxoni uchun shirin taom va ichimliklar nordon bo'lmagan rezavor-mevalardan tayyorlanadi. Ular kisel, jele-muss va mevasi ezilgan kompot ko'rinishida bo'ladi.
2-son parhez dasturxoni uchun xuddi 1-son parhez dasturxoniga o'xshash taom va ichimliklar tayyorlanadi, lekin bunda nordonroq rezavor-mevalar ishlatilishi ham mumkii.
5-son parhez dasturxoni uchun yaxshi pishib yetilgan rezavor-mevalardan turli xil taom va ichimliklar tayyorlash mumkin.
Rovoch kompoti (2-son parhez dasturxoni). Qaynab turgan suvga shakar solib aralashtirilib, qaynash darajasiga ko'tarilgandan so'ng, tozalanib qalinligi 1,5—2 sm da kesilgan rovoch solinib, olov o'chiriladi, biroz qalampir munchoq sepib, idish qopqog'i yopilgan holda sovitiladi. Tarqatishda stakanga quyib beriladi.
Prostokvasha yoki kefir jelesi (2, 5-son parhez dasturxoni). Bo'ktirilgan jelatin plita ustida eritilib, shakar qo'shib aralashtiriladi, shakari erigach, 50—60°C
darajagacha sovitilib, bir xil aralashtirilgan prostokvasha yoki kefirga qo'shib, tayyorlangan qolipga solib, sovuqxonada qotiriladi.Tarqatishda qolipdan bo'shatilib, ustidan murabbo kuyib beriladi.
Olma suflesi (1, 2, 5-son parhez dasturxoni). Yuvilgan olma palladia shaklida kesilib urug'i va o'zagidan tozalanib, qovurish shkafida yopiladi. Sovitilib elak yoki mashinada ezilgach, shakar bilan aralashtirib, quyuqlashguncha qaynatiladi. So'ng 70°C darajagacha sovitilib, ko'pirtirilgan tuxum oqini qo'shib yog'langan porsiyali tovaga solib 180—200°C darajadagi qovurish shkafida 12—15 minut davomida yopiladi.
Tarqatishda biroz sovitilib, porsiyalarga bo'lingan holda yoki o'z porsiyali tovasida ustidan shakar uni sepilib beriladi. Alohida idishda sut yoki qaymoq bilan beriladi.

Download 418,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish