Dam olish paytlarida ishning bajarilishini kontrol qilishda, yakunlar chiqarishda
o`quvchilarning ijobiy harakatlari va qiliqlarini ta’kidlab o`tish kerak.
Shuni esda tutish kerakki, tarbiya natijalari mashg’ulotlarning mazmunigagina bog’liq
bo`lmay, balki ularning tashkil qilinishi, o`quvchilar ishlarini kontrol qilishga ham bog’liqdir.
Ko`nikmalarning shakllanish bosqichida o`quvchilarni qistash kerak emas, chunki noto`g’ri
ish usullari mustahkamlanib qolishi mumkinki, keyin ularni to`g’rilash ancha mushkul.
Talabchanlikni o`quvchilarga ishonish va ularni hurmat qilish bilan birga qo`shib olib
qorish—ongli intizomni tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir. Bu prinsipni o`z vaqtida
A. S. Makarenko olg’a surgan. O`quvchilarni ongli intizom ruhida tarbiyalash uchun mehnat
jarayonida o`quvchilarning o`zaro talabchanliklarini rivojlantirish kerak.
Sharq mutafakkirlarining pedagogik g’oyalar uzoq o`tmishga borib taqaladi. O`rta
Osiyodan o`tgan qadimiy buyO’q ipak yo`li Xitoy,
Vizantiya, Xindiston shaharlari bilan
bog’lanib, madaniyat va sanoatni rivojlantirishga, ilmga bo`lgan qiziqishga alohida e’tibor
berishni taqozo etadi.
Bu esa o`z navbatida mehnat qilishga, munosabatni o`zgartirib raqobatga arzugulik
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko`p tarmoqli hunarmandchilik ishlarini
takomillashtirib ma’naviy madaniyatini yO’qsalishiga olib keladi.
Farobiyning insoniy fazilatlar to`g’risidagi ta’limotidan qo`yidagi ma’lum xulosalarga
kelish mumkin.
1.Inson o`z
mohiyati bilan ijtimoiydir, ya’ni jamiyatda, o`zaro munosabat, o`zaro
yordam jarayonida inson bo`lib etishadi. Bu jamiyat insonlarning o`zaro birikuvi yordamida
insoning o`z moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo`lgan intilishi natijasida vujudga keladi va
jamiyatdan tashqarida insondan kollektividan ajralgan holda o`zaro yordamsiz o`z ehtiyojini
qondira olmaydi.
2.Inson o`zining barcha tug’ma qobiliyatlarini yO’qsak kamolatga erishishi uchun,
mO’qammallikka erishish uchun sarf qiladi va bu yoo`lda o`zini
qurshagan tabiat
hodisalaridan foydalanadi, ularni o`ziga xos bo`yin singdiradi, buning uchun ilm fanni, turli
hunarlarni o`rgatadi.
Farobiy shuning uchun ham ta’lim tarbiya masalalariga juda katta e’tibor berib,
insoniy fazilatlarga erishish oliy maqsad bilan kamolotga erishish ta’limda mehnat va aqliy
tarbiyaga ega bo`lish muhim o`rin tutadi.
Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik qarashlarida ham jamiyatning rivojlanishida
ta’lim-tarbiya o`rni yosh avlodlarni
tarbiyalashda kasb-korlikning , hunarmandchilikning
ijobiy ta’siri insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishlari
zarurligini targ’ibot qilganlar.
IX-XII asr o`rtalarida turli fan sohalarining keng ko`lamda rivojlanishi, insoniyat
tarixida buyO’q ensiklopedik hisoblanadigan olimlar bilan bog’liqdir.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha etib kelgan juda
ko`p asarlari orasida tarqoq xolda saqlanib qolgan. Ibn Sinoning tavsiya qilgan asarida tarbiya
va talim qo`ydagilarni o`z ichiga oladi.
1.Aqliy tarbiya.
2.Jismoniy tarbiya.
3.Estetik tarbiya.
4.Axloqiy tarbiya.
5.Mexnat tarbiyasi(xunar o`rganish).
Ibn Sino shuni aloxida o`qtirgan ediki: Oila azolarining
hammasi biror mehnat bilan
shug’ullanishi zarur, biror kishi sababsiz bekor yurmasin. Ibn Sinoning barcha jamiyat
a’zolarining ishlab chiqarish mehnati bilan shug’ullanish kerakligini talab etadi. Hunarmand
dehqonlarining mehnatini ulug’laydi va jamiyatga ham moddiy ham ma’naviy zarar
etkazadigan kishilarni qattiq qoralaydi.
Ibn Sino fikricha bolaga, ma’lum bir kasb-hunar o`rgatish zarur. Bola kasb-hunarni
ma’lum darajada o`rganib bo`lgandan keyin uni usha paytlardan boshlab o`z kasb-hunaridan
foydalanishi va mustaqil hayot kechirishini o`rgatish lozim.
Beruniy mamlakatning obodonchiligi ilm fanning ravnaqiga bog’liq yoshlarning baxt
saodati va kamolati uning bilim va ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun ham olim, yoshlarni
ilm-ma’rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan rahmdil, mehribon kishilarga iltifotli, xayrixox
bo`lishni, najotsiz odamga qo`l cho`zishni, makkorliq ayyorliq adolatsizliq jur’atsizliq
boylikka xirs qo`yish kabi sifatlarga yo`l qo`ymaslikni talab etadi.
XVII-XV asrlar davomida Rumiy, Ulug’beq Ali-Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy kabi
ulug’lar tabiiy-matematik fanlarni rivojlantirishda nihoyatda katta ximat qilganlar.
XVI-XVIII asrlarga kelib O`rta Osiyo halqlarining boshqa mamlakatlar bilan savdo-
sotiq ishlari, fan va madaniyat sohalarida birmuncha yutuqlarga erishishiga sababchi bo`ldi.
Bu o`zgarishlar jamiyatning ta’lim-tarbiya sohasida ham ma’lum o`zgarishlarga olib keldi.
Hamza
Hakimzoda
Niyoziy,
Munavvar
qori
Abdurashidxonov,
Oqiljon
Sharafiddinovlar yangi maktablar ochib, u erda ta’lim-tarbiyani texnologiya ta’limi bilan olib
borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: