Dehqonchilik bo`limi—qishloq xo`jaligi moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning asosiy
tarmog’i ekanligi va uning muhim sohalari (dehqonchilik va chorvachilik)ning ahamiyati
hamda o`ziga xos xususiyatlari.
O`zbekiston Respublikasining qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun
mavjud tabiiy va iqtisodiy sharoitlari. O`zbekiston hududining qishloq xo`jaligini
rivojlantirish nuqtai nazaridan tog’va tog’oldi, obikor— suto-riladigan va cho`l joylarga
bo`linishi hamda ularning umumiy xususiyatlari; o`simliklarning yashashi va rivojlanishi
uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar (yorugliq
issikdiq havo, namliq oziq moddalarning)
ahamiyati:
Tuproq va uning unumdorligi. Tuproqning tuzilishi va asosiy xususiyatlari (donadorligi,
suv simiruvchanligi, solishtirma qarshiligi va hokazo).
Erga ishlov berish (haydash va ekishdan oldin yumshatish)ning ahamiyati, erni haydash
muhitlari, chuqurligi va unda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar (plug)ning
turlari, umumiy tuzilishi, ishlash jarayoni, pluglar bilan erni ishlash tartibi, ularni tuzatish va
saqlash. Erga ekindan oldin ishlov berish qurollari (kultivatorlar, borona, rushchalniq mola
va shu kabi mashinalar). Er sho`rlanishi hamda botqokdanishning sabablari va ularning
oldini olish chora-tadbirlari:
Tuproq unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o`gitlarning ahamiyati: o`g’it
turlari, o`titlash me’yori, usullari,
muddati va samarasi, o`tit ishlab chiqarish va dalaga sepish
mashinalari. Almashlab ekishning dehqonchilikdagi ahamiyati va o`simliklar biologiyasi.
Uruglik va ularga qo`yilgan talablar. Uruglarning tozaligi, unuvchanligi, namligi,
to`qligi, yirikligi, kasallanmaganligi, sifat ko`rsatkichlarining hosildorlikka ta’siri.
Uruglarni saralash ishlarining mohiyati va unda ishlatiladigan moslamalar,
mehnat
qurollari. Urur ekish muddati, me’yori, usullari va chuqurligi. Urur ekish va ko`chat o`tqazish
mashinalari. Ularni bir tekis undirib olish chora-tadbirlari va shart-sharoitlari. Ekin qator
oralariga ishlov berish tartibi, muddati, chuqurligi, kengligi va unda qo`llaniladigan
mashina va mehnat qurollari.
Ekinlarni sug’orish va ularning meliorativ holatini yaxshilashda ishlatiladigan
moslamalar, mehnat qurollari va mashinalar majmui. Suv manbalari va ulardan foydalanish.
Begona o`tlarning qishloq xo`jaligi ekinlariga ta’siri va ularni yo`qotish chora-
tadbirlari. Kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlashdagi s ani t ari y a -g i gi ena
va ha yot
xavfs i zl i gi qoidalari. Ekinlarni begona o`tlar, zarar-kunandalardan va kasalliklardan
himoya qilish usullari va unda ishlatiladigan moslamalar va mashinalar.
Ralla (javdar, burdoy, arpa, suli, makkajo`xori, oqjo`xori, sholi) va shu kabi ekinlar
etishtirish-ning xalq xo`jaligidagi ahamiyati.
O`zbekistonda g’alla mustaqilligining mohiyati. g’alla va dO’qkakli o`simliklar hosilini
yirib olish mashinalari — kombaynlar. Boshoqli ekinlar tashqi tuzilishidagi o`xshash va
farkdi jihatlar hamda o`sishi va rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoitlar.
Tolali (paxta, zirir, kunjut, kanop) va moyli (kungaboqar, soya) ekinlar etishtirishning
xalq xo`jaligidagi ahamiyati. Paxta hosilini yig’ishtirish. Paxtadan olinadigan mahsulotlar.
Ro`zalarning o`suv shoxlarini chilpish, ro`za barglarini sun’iy to`kish, unda
ishlatiladigan kimyoviy moddalar va mashinalar haqida umumiy ma’lumot.
Em-xashak tayyorlashning chorvachilikdagi o`rni, ularni tayyorlash muddati va usullari.
O`rim ishi qurollari (beda, sebarga, sudan o`ti va boshqalar).
Chorvachilik bo`limi — Chorvachilikning ahamiyati va tarmokdari (qoramolchiliq
qo`ychiliq echkichiliq tuyachiliq parrandachiliq baliqchiliq asalarichiliq quyonchiliq mo`ynachiliq
cho`chqachiliq ipakchilik).
Fan-texnika va ilg’or texnologiyalarning chorvachilikda qo`llanilishi.
Chorvachilikni mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish-ning ahamiyati va istiqbollari.
Chorvachilik majmualarida mehnatni ilmiy tashkil qilish va uning iqtisodiy
masalalari. Chorva mollarining tana tuzilishi, biologiyasi.
Kavsh qaytaruvchi va kavsh
qaytarmaydigan hayvonlar oshqozonida em-xashak hazm bo`lishi.
Em-xashak turlari: ko`k o`tlar va pichan (silos, senaj, o`t uni va emlar) oziq-ovqat
sanoatining chiqindilari (kunjara, shrot, yorsiz sut, zardob va b.), ularning eaqlanishi,
tayyorlanishi va oqilona foydalanilishi.
qishloq xo`jaligi mashinalari. Traktorlar. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida
mexanizasiyalashgan ishlarni tashkil etishning ahamiyati, shart-sharoitlari va iqtisodiyoti.
Mexanizasiyalashgan ishlarni bajarishda traktor-mashina agregatlarini yig’ish.
Traktorlarning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi va qo`llanilishi. Ichki
yonuv dvigatellarining
turlari, xarakterli xususiyatlari, umumiy tuzilishi va ishlash tartibi. Ichki yonuv
dvigatellarida qo`llaniladigan yonilg’ilar va ularning turlari, xususiyatlari.
Kirvoship — shatunli mexanizmlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
Gaz taqsimlash va demopression mexanizmlar-ning vazifasi, tuzilishi va ishlash
tartibi. Ta’minlash, moylash, sovutish, dvigatellni yurgizib yuborish yoki o`t oldirish
tizimining vazifasi, tuzilishi, ishlashi. Avtotraktorlar
elektr jihozlarining vazifasi, tuzilishi.
Kuch uzatmasi va yurish qismining tuzilishi, o`ziga xos xususiyatlari, ishlashi. Traktorlarni
boshqarish va tormozlash tizimining tuzilishi, ishlash tartibi. Traktorlarning ish va
qo`shimcha jihozlarning vazifasi, xillari va joylashishi. Traktor va qishloq xo`jalik
mashinalarida
uchraydigan nuqsonlar, ularning oldini olish va bartaraf etish yo`llari.
Traktor — mashina agregatini ishga tayyorlash. Ta’mirlash ustaxona-larining turlari,
jihozlari va ularga qo`yiladigan talablar. qishloq xo`jalik texnikalari bilan ishlashda texnik
va xavfsizlik qoidalari hamda yonringa qarshi ko`rash qoidalari, chora-tadbirlari.
Ilmiy-texnika va ilror texnologiyalarning qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga
ta’siri. Fermer xo`jaliklarning xususiyatlari, istiqboli va ularga kichik o`lchamli traktor va
mashinalar ishlab chiqarish rejalari.
Do'stlaringiz bilan baham: