Boshlang‘ich ta‘Iimda mehnat tarbiyasi va kasb-hunar turlari.
Reja
1.0’quvchilami mehnatga tarbiyalsh.
2.Kasb-hunarlar xaqida tushuncha.
3.Kasb- hunar turlari va mazmuni.
4.Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo„naltirish.
O`quvchilarni kasb-xunarga kizikishini tarbiyalashda insoniyat mehnat faoliyati tarixini urgatuvchi omillarga tayanib, O’quvchilarni kelajakda tugri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, maksadga muvofik bulardi.
O’quvchilarni mexnat turlariga kizikishini oshirish, kasb tanlash va uzlashtirishni shakllantirib borish uchun pedagoglar zimmasiga O’quvchilarga yoshligidan boshlab tahlim, tarbiya berish bilan birga kasb-xunarga kizikish ishlarini tugri yulga kuyishda kuyidagi shartlarga amal kilish lozim:
Boshlangich sinf O’quvchilariga kasb-xunar tugrisidagi tushunchalarni singdirish:
O’quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-xunar tanlashga ularga pedagogik-psixologik yondashish:
Kasb-xunarga kiziktirishda O’quvchilarning yoshi va kobiliyatlarini xisobga olish:
Maxalla oksokollari, mexnat faxriylar bilan muntazam alokalar urnatish:
Mexnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish:
Darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib kasb-xunarga oid fikrlari bilan tanishtirish. O‟zbek halq tarbiyashunosligining o‟tmishdagi mashhur mutafakkirlar, halq maorifi arboblari va mahrifatparvar shoirlarning, mehnat kasb-hunar to‟g‟risidagi qimmatli fikrlarini biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Bizga mahlumki o‟zbek halqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo‟lgan. Ushbu kasb-korlar yuzlab yillar davomida shakllanib har biri o‟z ichida o‟nlab tarmoqlarga ajralgan va gullab yashnagan.
O‟rta Osiyo mutafakkirlarining kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari bizga meros bo‟lib qolgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (783-850) ning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o‟z ahamiyatini yo‟qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag‟rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo‟yicha fikrlarning eng yirik vakili Abu Nasr Al-Farobiy (870-950)ning o‟z davri uchun katta xizmatlaridan biri shundaki u insonlarni ilm-mahrifatli bo‟lishga, mehnat qilishga va kasbhunar egallashga chiqiradi.
Farobiy kasb-hunar va ahloqiy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash, mashq qilish yo‟li bilan paydo bo‟lishini uqtiradi. Mutafakkir har bir kishi o‟zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so‟ng, o‟ziga topshirilgan ishga nisbatan yuksak mahsuliyatni his etishi va o‟z “kasb-hunarini mukammal bilmog‟i, yaxshi tarbiya olmog‟i va yaxshi xulq atvor fazilatlariga ega bo‟lmog‟i kerak” deb tahkidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy (978-1048) ham mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxtsaodati va kamolati uning halol mehnat qilishida va kasbhunar o‟rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolashga, turli asboblarni yasashga bag‟ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o‟zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli mahlumotlar berilgan.
Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiymatini uning manfati uchun astoydil kurashni Beruniyning zamondoshi qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (9801037) ning ilmiy faoliyatida ham ko‟rishingiz mumkin.
Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikrni olg‟a surdi. SHunung uchun ham olim odamning yashashi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini tahkidlaydi.
O‟rta Osiyoda ko‟plab shoirlarning ustozi bo‟lgan Abulqosim Firdavsiy (934-
1020)ning “SHohnoma”sida mehnat ahliga mehr-muhabbat bilan yog‟dirilgan va kasbhunarni egallash malakasiga bagishlangan misralarini ko‟plab uchratish mumkin:
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj.
Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan yana biri Nosir Xisrav (10041088)dir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlarjamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir.
Kasbdan jodu hurram yo‟q jahonda, Hunardin yaxshidur ham yo‟q jahonda. Butun kun rizqining bog‟boni bo‟lg‟ay, Kishin o‟z uyining mehmoni bo‟lg‟ay.
Arzir uning bo‟lsa boshi osmonda, Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
Yuqorida tilga olingan ulug‟ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasbhunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan o‟z hayoti maboynida insoniy qadr-qiymatga ega bo‟lishi kerak.
Zero mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo‟lmaydi, ya‟ni mehnat qilish orqali inson o‟zining uch ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyojini, mag‟naviy ehtiyojini, mehnat ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida mahnaviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi.
Xullas, boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini mehnat va kasb-hunarni tarbiyalashda ulug‟ mutafakkirlarimizning asarlarida keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‟lar edi. Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko‟z qorachig‟iday saqlash kerak.
1-4-sinfda mehnat ta’limi fani mazmuni shartli ravishda umumiy mehnat ta’limi tayyorgarligi uning mazmuniga mavjud bo’lgan kasblar atroflicha ma’lumotlari bilan tanishilgan hamda shu yoshga maxsus tayyorgar-lik qismlaridan iborat. Bu qismlar har bir dars va mashg’ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo’lib, ularni o’qituvchi va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazaridan hisobga olgan holda, tahmin qilib berish, mehnat ta’limi mashg’ulotlarining aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishini ta’minlash uchun zarur mehnat ta’limi darslarini 1-4-sinfda umumiy va badiiy mehnat kursi xalq amaliy bezak san’atlari sohasidagi ayrim kasblar asoslari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu kurs bo’yicha mashg’ulotlar mazmuni bajarilayotgan mehnat jarayonining ajralmas qismi bo’lgan amaliy eskizlar, jadvallar, rasmlar, naqshlar ishlash va ayrim dizaynerlik qoidalarini o’rgatishdan iborat. Shu nuqtai nazarga asoslangan holda 1-4-sinf mehnat ta’limi o’quv fani tarkibiga quyidagi kurslari kiradi:
Umumiy va badiiy mehnat;
Amaliy ishlar tayyorlash tartibi texnologik asoslari.
Ushbu yo’nalishning har biri yuzasidan quyidagi mavzular bo’yicha o’zoro uyg’unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko’nikmalari shakllantiriladi.
Materialshunoslik asoslari.
Asbob-uskunalar haqida ma’lumot va ularni ishlatish usullari.
Milliy xunarmandchilik kasblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar va o’zoro turdosh kasblar bo’yicha dastlabki tayyorgarlik hamda ularni 5-sinfda o’zoro uyg’unlashtirilgan holda integrasiyalashtirib o’qitish jarayonida amalga oshirib boriladi. 1-4-sinfda ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashlarini kengaytirgan holda olib boriladi. Ular kasb-hunarni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladilar.
Bunda o’quvchilarning tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlari shu kasblar ularning mayillariga muvofiq va qobiliyatlari turlariga mos bo’lishini, kasb tanlashning ongli va mustaqil ravishda amalga oshirilishini, o’quvchilar shaxsiy intilishlari va imkoniyatlarini jamiyat extiyojlari bilan mos kelishini ta’minlash lozim. Bu vazifa tabiiyki 1-4-sinfga kelganda hal qilinadi deb tushunilmasligi lozim. Aslida kasbga yo’naltirilishlari o’quvchilar bilan 1-sinfdan boshlab barcha fanlar mavzular uzviy bog’liqligi asosida ularga kasblar turlari bilan tanishtirish hamda tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-bilim tizim, odam badiy obraz tiplarining qaysi biriga mos ekanligini aniqlash hamda shu yo’nalishida rivojlantirib borib jarayonning natijasi hisoblanadi.
1-4-sinfda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlari maxalliy ixtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, shuningdek isdiqbol-larini belgilovchi chambarchas iboralar tavsiyalari asosida hamda maxalliy kasb-xunar kollejlari va akademik liseylarning yo’nalishlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 1-4-sinf mehnat ta’limi darslarida o’quvchida kasb turlariga oid bilim, ko’nikma va malakalarni maktab joylashgan xududdagi imkoniyat va extiyojlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasb, asosida shakllantiriladi. Hozirgi sharoitni hisobga olgan holda ko’proq maktablarda mehnat ta’limi mashg’ulotlarining mazmuni asosida milliy xunarmandchilik kasblari yo’nalishida olib boriladi. Yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlangan xududlardagi maktablarda mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni shu sanoat sohasiga oid zamonaviy kasblarga yo’naltirish ikoniyatlari yaratilishi lozim.
Tashkiliy vazifalar. Mehnat ta’limi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv xonasi hamda unda maxsus ish joyi tashkil qilish va ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini tashkil qilish. O’quvchilarni mashg’ulotlar uchun zarur materiallar hom ashyosi, asboblar bilan ta’minlash masalalar mexanizmlari bilan ishlashlarni tashkil qilish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida mehnat ta’limi o’quv faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo’lib 4-8 soat vaqt ajratiladi.
O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-xunarga yo’nalti-rishni yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’ochga, metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo’jalik asoslari, badiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yo’nalishlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutiladi. Maktablarda mehnat ta’limi mazmuni asosan quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Karimov I. A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: 1997. 20-29 b.
2. O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida mehnat ta’limining o’qitilishining taraqqiyotini tizimi (konsepsiyasi). Loyiha. Z.M. Yahyoyeva va boshqalar.–T.:1994. 34-64b.
3. O’zbekiston Respublikasi hunar-texnika ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi. A.P. Xudayberganov, X. F. Rashidov.-T.:1992.
4. Vorobyev A.I. Mehnat politexnika ta’limi didaktikasi. – T.: O’qituvchi.1992.
5. Vorobyev A. I. va boshqalar. Mehnat ta’limi.-T.: O’qituvchi. 1992. 87-112 b.
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |