Boshlang’ich qiymat - asosiy fondlarni tashkil etishdagi haqiqiy sarflangan xarajatlar.
Bosh (yetakchi)tarmoq - bosh tarmoq deb, qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi.
Buyumlashgan mehnat xarajatlari- u o’z ichiga mashina, mineral o’g’itlar va boshqalarda buyumlashgan sanoat xodimlarining mehnatini hamda ishlab chiqarishning oldingi bosqichlarida va urug’, yem-xashakda va qishloq xo’jaligidan chiqadigan mehnat predmetlarida buyumlashgan mehnat xarajatlarini oladi.
Bo’z yerlar - bo’z yerlarga oldin ekinzor bo’lgan, lekin turli sabablarga ko’ra qishloq xo’jaligi ekinlari (bir yildan ko’p) ekilmayotgan yer uchastkalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |