Joylashtirishva ixtisoslashtirish –joylashtirish alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni respublika zonalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo’yicha miqdoriy taqsimlashni bildiradi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish uni ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog’langan. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishda zona va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir. Natijada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish ta’minlanadi. Qishloq xo’jaligi hududlarini yoki alohida korxonalarni ixtisoslashtirish bosh(asosiy) tarmoqni ajratib olish va uning rivojlanishiga sharoit yaratishdir. Ixtisoslashtirish ishlab chiqarish yo’nalishini xarakterlaydi va hudud yoki xo’jalikning tarmoq strukturasini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |