Differensial renta II – Differensial renta IIishlab chiqarishni intensivlashtirish jarayonida yer uchastkalariga qo’shimcha mablag’ sarflash hisobiga olinadi. Yer uchastkasiga sarflangan bir xil miqdordagi xarajatlar turli xil qaytimga (samaradorlikka) ega bo’lishi mumkin. Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning ijtimoiy bahosi, ancha kam unumli xarajatlardan olinadigan mahsulot ishlab chiqarish bahosi bilan aniqlanadi, ancha unumli xarajatlar odatdagi o’rtacha foyda normasini va yana ortiqcha foyda - differensial renta II ni keltiradi.
Differensial renta II, qo’shimcha mablag’ hisobiga tashkil topadigan, ishlab chiqarishning individual va ijtimoiy bahosi o’rtasidagi farqga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |