Jahon bozoriga yetkazib turilgan qorako’l terilar 80-yillarda 7 mln.dona bo’lgan bo’lsa, shundan O’zbekistonning hissasi 2,4 mln.dona (34,2%)ni tashkil etgan. SJK preparatining qo’llanishi 1984 yil to’xtatilgan bo’lishiga qaramasdan, 1985-1995 yillar davomida (SJK) stimulyatorini nazoratsiz qo’llash natijasida qorako’l teri yetishtirish ikki barobarga kamayib ketdi. Stimulyatorning qo’llanishi tug’ilajak qo’zilar sonini ko’paytiradi, bunda bitta ona qo’y 3 yoki 4 ta qo’zi tuqqan. Bu esa ona qo’ylarning fiziologik holatiga salbiy ta’sir qilgan. Bu, tabiiyki, o’z navbatida qorako’l teri sifatiga ham ta’sir ko’rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |