Bu kamchiliklar 2004 yilga kelib bir muncha to’g’rilana boshlandi. Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda qo’ychilikning asosiy salmog’ini qorako’lchilik, ya’ni qorako’l zotli qo’ylar tashkil qiladi. Qorako’l zotli qorako’l qo’ylar 2005 yilning boshiga kelib, barcha kategoriyadagi xo’jaliklarda 7300 mingga yaqin boshni tashkil qilgan. O’zbekiston 1900 yilgacha qorako’l qo’ylarning asosiy qismi bo’lgan yagona mamlakat bo’lib, shu davrda respublikada 3 mln.boshga yaqin qorako’l qo’y bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |