XX asr boshlarida Buxorodan kam sonli qorako’l qo’y zotlarini Janubiy – G’arbiy Afrika (hozirda Namibiya) davlatiga olib kirilgan edi. Mana shu qism qo’ylar Janubiy–G’arbiy Afrika Respublikasida qorako’lchilik-ning rivojlanishiga asos bo’lgan. 1850 yilda Parijda o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada fransuzlar birinchi marta manto va jaketlarni taklif qilishganda jahon bozorining asosiy e’tiborini tortdi. Jahonda qorako’l ishlab chiqarishda sobiq ittifoq uzoq vaqt monopolist bo’lib kelgan, ittifoqda qorako’l yetishtirish bo’yicha O’zbekiston birinchilardan bo’lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |