O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Dengiz gidroid poliplari
.
Dengiz gidropoliplari juda ko‘p individlardan iborat koloniya 
hosil qiladi (36-rasm). Koloniya kurtaklanish orqali hosil bo‘ladigan yosh poliplarni ona 
polipdan ajralib ketmasdan uning o‘zi ham kurtaklanib, yangi poliplar hosil qilishi tufayli 


vujudga keladi. Bunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan koloniya daraxt yoki butaga o‘xshaydi. 
Koloniya umumiy poyadan va juda ko‘p shoxlardan iborat. Har bir shox uchida alohida individ - 
gidrant
joylashgan. Koloniyadagi har bir individ gidraning bitta kurtagiga o‘xshab ketadi. 
Gidrantlar gastral bo‘shlig‘i koloniya poyasi va shoxlari orqali o‘tadigan bo‘shliqqa tutashib 
ketadi. Shuning uchun har bir gidrant tutib olgan oziq koloniya individlari o‘rasida tekis 
taqsimlanadi. Koloniya poyasi yupqa, pishiq pust- pe
riderma
bilan qoplangan. Ayrim 
gidroidlarda periderma gidrant tanasigacha yetsa, boshqalarida pust gidrantni o‘rab olgan 
kosacha - 
teka
hosil qiladi. Bu belgiga asosan gidroid poliplar tekasiz va tekali turkumlarga 
ajratiladi. Teka polip koloniyasini mustahkam bo‘lishini ta‘minlaydi.

 

Gidropoliplar koloniyasi kurtaklanish orqali 
gidrantlar
va 
blastostil ,ya′ni
meduza 
hosil qiladigan individlarni hosil qiladi. Blastostil shaklan o‘zgargan gidrant bo‘lib, undan 
paypaslagichlari va og‘iz teshigining bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Blastostil periderma o‘ralgan. 
Uning uchki qismida qopqoqchasi bor. Blastostil kurtaklanish orqali jinsiy nasl- meduzalarni 
hosil qiladi. Obeliya koloniyasida meduza ana shunsday hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik gidroidlarda 
gidrantlar kurtaklanib meduzalar hosil qiladi. Obeliya blastostillarida hosil bo‘lgan meduzalar 
qopqoqcha ochilishi bilan suvga chiqib suzib ketadi. Meduzalar - ayrim jinsli, tanasi soyabon 
shaklida bo‘ladi. ularda jinsiy hujayralar shakllanadi.
Meduzalar nerv sistemasi
poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Tanasida tarqoq 
joylashgan nerv hujayralari bilan birga soyabon chetida nerv hujayralar to‘plamidan iborat nerv 
tugunlari - gangliylar bo‘ladi. Nerv gangliylari nerv hujayralari o‘simtalari bilan birga yaxlit nerv 
halqasini hosil qiladi. Nerv halqasi soyabon yelkanchasi muskullari va sezgi organlari ishini 
boshqaradi. Meduza soyaboni chetida muvozanat saqlash - statotsistlar va ko‘zga o‘xshash sezgi 
organlari joylashgan (37-rasm). Muvozanat saqlash organlari tashqi epiteliyni tana ichiga botib 
kirishidan kelib chiqqan chuqurchalaridan iborat. Odatda chuqurchalar ektodermadan ajralib 
chiqib, yopiq pufakcha - statotsistni hosil qiladi. Pufakcha devori sezgir epiteliy hujayralar bilan 
qoplangan. Pufakcha ichiga bitta yoki bir necha ohak toshchalar - statolitlar ajralib chiqadi. Sez-
gir hujayralarining sezgir qilchalari toshchalar ta‘sirida qo‘zg‘aladi. Meduzalarning sodda 
ko‘zchalari oddiy ko‘z dog‘chalari va ko‘z chuqurchalari shaklida bo‘ladi. Ko‘zchalar ko‘z 
chuqurchasi tubida pigmentlashgan hujayralar joylashgan.
Meduzalar- ayrim jinsli; jinsiy bezlar soyabon ostida radial naylar yaqinida, yoki og‘iz 
poyachasida ektoderma bilan mezogleya oralig‘ida joylashgan hujayralardan iborat. Meduzalar 
suv oqimi yordamida yoki soyabon cheti va yelkanida joylashgan muskul tolalarining qisqarishi 
tufayli suzib yuradi. Soyabon va yelkan muskullarining birdaniga qisqarib bo‘shashi natijasida 
soyabon chuqurchasidan suv chiqariladi va unga suv kiradi. Suv soyabon ostidan siqib 
chiqarilganida meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzib ketadi. 
Jinsiy ko’ payishi va nasl almashinish.
Gidromeduzalar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘ payadi. 
Yetilgan 
jinsiy 
hujayralar 
meduza 
tanasi 
devorini 
yorib 
suvga 
chiqadi 
va 
urug‘lanadi.Urug‘langan tuxum hujayradan 
planula 
lichinkasi chiqadi. Planula oval shaklda; 
tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Planula suvda bir qancha vaqt suzib yurgach, 
kiprigini yo‘qotib, suv tubidagi presdmetlarga yopishib oladi. Tanasi oral tomonida og‘iz teshigi 
va paypaslagichlar shakllanishi bilan planula polipga aylanadi. Polip o‘sib, kurtaklanish orqali 
yangi koloniya hosil qiladi. Organizmlar hayot siklila jinssiz va jinsiy naslining gallanishi 
metagenez
deyiladi. 


Ayrim gidroidlarda nasl almashinuv teskari tomonga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Bunday 
turlarda meduza nasl gidroid nasldan ustun turadi. Gidrozoylar orasida polip stadiyasidan iborat 
vakillari (gidra) bilan bir qatorda faqat meduzalar holida hayot kechiradigan turlari (
Trachylida 
turkumi
) ham bo‘ladi. Bunday meduzalar planulasi polipga aylanmasdan yana meduzani hosil 
qiladi. 
Gidrozoylar sinfi bir necha turkumlarni o‘z ichida oladi. 
Leptolida turkumi
vakillari tropik va mo‘ ‗tadil iqlimda keng tarqalgan. Nasl almashinishi 
orqali ko‘payadi. Dengiz tubida, suv o‘tlari va chig‘anoqdar ustida kalin bo‘lib o‘sadi. Tanasi 
uzunligi 1 mm dan 1 m gacha bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk 
suvlarda (
Limnomeduzae
turkumi va 
Graspedacusta
avlodi) uchraydi. Yapon dengizi va Kurill 
orollari yaqinida tar-qalgan butli meduza 
Gonionemus
juda zaharli hisoblanadi. Ayrim o‘troq 
yashovchi turlari korall poliplarga o‘xshash ohak skeletga ega bo‘ladi. 
Trachylida turkumi
vakillarining hayot siklida faqat meduza nasli bo‘ladi, nasl 
almashinmaydi. Bu turkumga hamma okeanlarda keng tarqalgan 
Adlantha
avlodi turlari kiradi. 
Ayrim turlari (masalan, 
Gunina

Leptolida
turkumi turlari hosil qiladigan meduzalarda parazitlik 
qiladi. 
Polypodium
hydriforme
osyotrsimonlar tuxumida parazitlik qiladi. 
Hydrida — gidralar turkumiga 
yakka yashaydigan poliplar kiradi. Gidralar nasl 
almashinmasdan ko‘payadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish