Gidrozoylar
(Hydrozoa)
sinfi.
Gidrozoylar 2800 ga yaqin tuban tuzilgan bo‘
shliqichlilarni o‘z ichiga oladi. Ulag tana bo‘shlig‘ida to‘siqlar bo‘lmaydi; hujayralari kam
ixtisoslashgan, halqumi rivojlanmagan. Nerv sistemasi oddiy tuzilgan, nerv hujayralari tanasida
tarqoq joylashgan. Jinsiy hujayralari ektodermada hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarining hayot
siklida polip va meduza davrlari almashinib turadi. Biroq polip yoki meduza stadiyasi hayot
siklidan tushib qolishi ham mumkin. Gidrozoylarning lichinkasi
planula
deyiladi. Chuchuk suv
poliplarining lichinkasi bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik gidrozoylar dengizlarda koloniya bo‘lib yashaydi. Gidrozoylar sinfi gidroidlar
va sifonoforalar kenja sinflariga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |