O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Gidroid poliplar – Hydroidea kenja sinfi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Gidroid poliplar – Hydroidea kenja sinfi.
Gidroidlar orasida eng sodda tuzilgan 
chuchuk suv gidralari hisoblanadi. Gidralar tanasi cho‘ziq qopcha yoki silindrga o‘xshash; og‘iz 
tomoni oral qutb, tovon tomoni esa aboral (ya‘ni oral qutbga qarama-qarshi) qutb deyiladi; 
substratga yopishgan tomoni tovon deyiladi.


Tuzilishi.
Gidra tana devori tashqi ektoderma
 
va ichki endodermadan tuzilgan. Bu ikki 
qavatni bazal parda ajratib turadi. 
Ektoderma 
va 
endoderma 
gastral tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. 
Gastral bo‘ shliq og‘iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og‘iz teshigini 5 dan12 tagacha 
paypaslagichlar o‘rab olgan. Gastral bo‘shliq paypaslagichlar ichida davom etadi (33-rasm). 
Gidroidlarda ektoderma va endoderma hujayralari og‘iz teshigi chetida tutashadi. Shu sababdan 
ularda halqum - ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak bo‘lmaydi. 
Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoderma va endoderma qavatlarida 
silindrsimon yoki kubsimon epiteliy - muskul hujayralari ko‘p bo‘ladi. Hujayralarni bazal 
membranaga tegib turgan kengaygan tomonida muskul tolalari bor. Tolalar ektodermada tana 
bo‘ ylab, endodermada ko‘ndalang halqa shaklda joylashgan. Boylama muskullar qisqarganida 
gidra tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Halqa muskullar qisqarganida gidra tanasi 
ingichkalashib uzayadi.

Epiteliy-muskul hujayralar orasida 
otuvchi hujayralar

pinetrantlar
bo‘ladi. 
Pinetrantlar ichida 
otuvchi kapsula
bo‘ladi. Kapsula suyuqligida mayda tukchali ilmoqsimon 
sanchiluvchi stilet bor. Otuvchi hujayraning maxsus sezgir tukchasi- 
knidotsel
bo‘ladi (34-rasm). 
Knidotsel 18 ta barmoqsimon o‘simtalar - 
mikrovorsinkalar 
bilan o‘ralgan xivchindanb iborat. 
Biror hayvon xivchinga tegib ketganida xivchin mikrovorsinkalarga tegib, otuvchi hujayrani 
qo‘zg‘atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga sanchiladi. 
Kapsula ichidagi suyuqlik tola nayi orqali o‘lja tanasiga oqib o‘tadi. Suyuqlik mayda 
hayvonlarni falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; 
uning o‘rniga boshqasi hosil bo‘ladi.
 Volventlar
leb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar 
suyuqligi kuydirish xususiyatiga ega. Ularning ipi o‘lja tanasidagi tuklarga o‘ralib qolib, uni 
ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar 
- glyutinantlar
yopishqoq iplar chiqaradi. Iplar 
yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib oladi. 
Otuvchi hujayralar paypaslagichlarda ko‘p bo‘ladi. Ektodermadagi 
epiteliy - 
muskul 
hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko‘p mayda 
interstitsial hujayralar
to‘p bo‘lib 
joylashgan. Ular gidra tanasidagi boshqa hujayralarni hosil qiladi. Endoderma qavati asosan 
hazm qilish funktsiyasiga ega bo‘lgan epiteliy-muskul
 
va maxsus bez hujayralardan iborat. 
Endoderma hujayralari 1-3 ta xivchinga ega; ular soxta oyoqlar hosil qilib, gastral bo‘shliqdagi 
zarralarni qamrab oladi. Endodermada bezli hujayralar gastral bo‘shliqqa hazm shirasi ishlab 
chiqarishi tufayli oziq tana bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladi. Gidra har xil mayda jonivorlar, asosan, 
qisqichbaqasimonlar (dafniya, sikloplar) bilan oziqlanadi. 
Ko’ payishi va rivojlanishi.
Gidralar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish 
kurtaklanishdan iborat. Bundaa tana o‘rta qismida bo‘rtiq - 
kurtak
hosil bo‘ladi (35-rasm). 
Kurtakning uchki qismida og‘iz teshigi va paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Kurtak ona 
organizmidan ajraladi; suv tubiga tushib, mustaqil yashashga o‘tadi. Jinsiy ko‘payish kuzda 
sovuq tushishi oldidan boshlanadi. Ko‘pchilik gidralar ayrim jinsli; ayrim oraliq hujayralar 
bevosita tuxum hujayraga aylanadi; yoki ko‘p marta bo‘linib, spermatozoidlarni hosil qiladi. 
Odatda tovonga yaqin joyda tuxum, og‘izga yaqin joyida urug‘ hujayralar hosil bo‘ladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish