Hayvonsimon xivchinlilar ( Zoomastigina) kenja sinfi. Hayvonsimon xivchinlilarning
bir qancha turlari dengiz va chuchuk suvlarda uchraydi. Ulardan bir qismi osmotik yo‘l bilan
saprofit oziqlansa, boshqalari oziq zarralarini yutish xususiyatiga ega. Lekin juda ko‘pchilik
turlari odam va hayvonlar, ba′zan o‘simliklarda parazitlik qiladi.
Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi. Bir xivchinli erkin yashovchi yakka
yoki colonial hayvonlar. Xivchini asosini sitoplazmatik yoqacha o‘ rab turadi (9-rasm).
Bakteriyalar va boshqa oziq zarralari xivchini harakati tufayli yoqacha ichiga tushadi. Ularni
sitoplazma o‘simtalari qamrab olib, hazm qiladi. Koloniyasi xilma-xil, ko‘proq tuxumsimon
sferik va daraxtsimon bo‘ladi.