qorong‘ida yoki muhitda erigan organik moddalar ko‘p bo‘lganida yashil rangini yo‘qotib,
saprofit
oziqlanishga o‘tadi. Ba‘zi evglenasimonlar bir vaqtning o‘zida avtotrof va geterotrof
oziqlanishi mumkin. Bu xildagi aralash oziqlanish
miksotrof
deyiladi. Yashil xivchinlilar
hujayrasida kraxmal yoki unga o‘xshash uglevodlar, masalan, paramila to‘planadi. Chuchuk suv
xivchinlilarida osmoregulyatsiya va ayirish fuynksiyasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi.
Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo‘lmaydi.
Ko’payishi.
Ko‘ pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo‘linish orqali jinssiz ko‘payadi. Bunda
dastlab yadro mitoz bo‘linadi, so‘ngra hujayrasi oldingi tomondan orqaga asta-sekin bo‘linadi.
Xivchini yosh hujayralardan biriga o‘tadi, ikkinchisida esa yangidan hosil bo‘ladi.
Boshqa
hollarda bo‘linayotgan hujayraning xivchini tushib ketib, yosh hujayralarda yangidan hosil
bo‘ladi. Ba′zi xivchinlilar sista davrida ham ko‘payadi. Bunda ular xivchinini tashlab,
yumaloqdanadi; hujayrasi sirtiga
pishiq qobiq ishlab chiqarib, sistaga aylanadi. Sista ichida
tanasi ketma-ket bo‘lina boshlaydi. Hujaraning yiriklashmasdan bo‘lingani
- palintomiya
tufayli
juda kichik hujayralar hosil bo‘ladi. Palintomiya ko‘p hujayralilar tuxum hujayralarining
maydalanishiga o‘xshab ketadi.
Koloniyali yashil xivchinlilar.
O‘simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari
koloniya bo‘lib yashaydi. Koloniya bo‘linishdan keyin hosil bo‘lgan
hujayralarni ajralib
ketmasdan o‘zaro bog‘langan holda qolishi natijasida kelib chiqqan. Chuchuk suvlarda tarqalgan
yashil plastinkaga o‘xshash gonium (
Gonium pektorale)
koloniyasi 16 ta yashil ikki xivchinli
hujayralardan iborat. Hujayralar quyuq shilimshiq modda orqali o‘zaro bog‘langan. Gonium
xivchinlarning eshkakka o‘xshab tebranishi tufayli suzib yuradi.
Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (
Eudorina elegans
) koloniyasi esa
ko‘pincha 32 (ba‘zan 8 yoki 16) yashil hujayradan tashkil topgan, shar shaklda bo‘ladi. Koloniya
diametri 50 mkm dan 20 mkm gasha yetadi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil
bo‘ linib ko‘payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o‘zida ko‘ payishga kirishadi.
Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo‘linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yosh
koloniyadagi hujayralar soni ona hujayralari soniga teng bo‘ladi.
Keyinchalik ona koloniya
yemirilib, yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Chuchuk suv havzalarida tarqalgan
Volvox aureus
sharsimon koloniyasi 500-1000,
V.globatorniki 20 mingga yaqin hujayralardan iborat (8-rasm). Volvokslar koloniyasining asosiy
qismini quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig‘iz po‘st hosil qiladi. Hujayralar
koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya bo‘shlig‘i quyuq massa bilan to‘lgan.
Koloniyadagi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada
stigma
(qizil dog‘ ko‘zcha) va ikkita
xivchin bor. Hujayralar sitoplazmatik ipchalar yordamida o‘zaro tutashgan. Volvoksda faqat
koloniyaning ostki tomonida joylashgan 4-10 ta hujayralar) bo‘linish xususiyatiga ega. Ular
vegetativ hujayralar
deyiladi. Hujayralar ketma-ket bir necha marta bo‘linib,
bir necha yosh
koloniyalarni hosil qiladi. Yosh koloniyalar yiriklashib, ona koloniyani yorib tashqariga chiqadi.
Ko‘pchilik yashil xivchinlilar faqat jinssiz ko‘payadi. Jinsiy ko‘payish asosan koloniya bo‘lib
yashovchi va ayrim yakka xivchinlilar uchun xos. Yakka yashovchi xivchinlilar jinsiy hujay-
ralari bir xil kattalikda bo‘lib
izogametalar
deyiladi. Jinsiy ko‘payishning bu xili
izogamiya
,
ya‘ni teng gametalik deyiladi.
Volvoks koloniyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo‘linmasdan tuxum
hujayra -
makrogametalar
ga aylanadi, 5-10 ta hujayralar urug‘ hujayralarni hosil qiladi.
Makrogametalar hujayralarning bo‘linmasdan yiriklashuvi,
mikrogametalar
esa
har qaysi
hujayraning palintomik usulda 256 bo‘lakka bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Harakatsiz
mikrogameta tuxum hujayra, ikki xivchinli harakatchan mikrogametalar esa urug‘ hujayraga mos
keladi. Mikrogametalar faol harakatlanib, makrogametalarni topib urug‘lantiradi. Urug‘langan
makrogameta (zigota) qalin po‘stga o‘ralib, qishlab qoladi. Qulay sharoit zigota
palintomiya
orqali yangi koloniyani hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: