Hayvonlarni muhofaza qilish tadbirlari
. Hayvonlarning biologik xilma-xilligini saqlab
qolish va ulardan oqilona foydalanish uchun dastavval ularni ovlashni tartibga solish, noyob va
soni kamayib borayotgan turlarni ovlashni qatiyan man etish lozim. Ovlash ruxsat etilgan turlar
uchun
ovlash muddati, miqdori va usuli belgilanadi. Ovlanadigan
hayvonlardan oqilona
foydalanish va ularni ko‘paytirish
uchun
ovchilik xo’jaliklari
tashkil etiladi.
Ularda hayvonlar
uchun pana joylar, suvloqlar tashkil etiladi; yem-xashak ekinlari ekiladi; hayvonlar soni nazorat
qilib boriladi. O‘zbekistonda sayg‘oq, ondatra, tulki, chiyabo‘ri, kaklik
kabi hayvonlar maxsus
ruxsatnoma asosida ovlanadi. Noyob va soni kamayib borayotgan
hayvonlarni muhofaza qilish
maqsadida
Respublikamizda Chotqol, Zomin, Surxon,
Qizilqum, Baday to‘qay, Nurota,
Zarafshon, Hisor qo‘riqxonalari tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: