O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Nurlilar - 
Radiolaria
 kenja sinfi. 
Nurlilar plankton hayot kechiruvchi dengiz hayvonlari 
bo‘lib, 8000 ga yaqin turi ma‘lum. Ularning ko‘pchilik turlari iliq suvli tropik va subtropik 
dengizlarda turli chuqurlikda tarqalgan, sovuq suvli dengizlarda kam uchraydi. 
Tuzilishi 
ancha murakkab bo‘lib, plankton hayot kechirishga moslashgan. Kattaligi 40-50 
mkm dan 1 mm gacha, ba‘zan undan ham yirikroq bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarining sharsimon 
tanasi ichki murakkab mineral skeletga ega. Tanasidan har tomonga qarab juda ko‘p ingichka 
ipga o‘xshash psevdopodiylar chiqadi (5-rasm). Ko‘pchilik nurlilar hujayrasining markazida 
bitta yirik yadrosi bo‘ladi. Yadro gomogen (bir xil tiniklikdagi) quyuq sitoplazma bilan o‘rab 
olingan. Sitoplazmaning bu qismi va yadro markaziy kapsula ichida joylashgan. Kapsula organik 
moddadan iborat, uning devorida juda ko‘p teshikchalari bo‘ladi. Markaziy kapsula nurli-larning 
sitoplazmasini ichki va tashqi zonalarga ajratib turadi. Kapsula teshikchalari orqali 
sitoplazmaning ichki va tashqi zonalari tutashgan bo‘ladi. Sitoplazmaning bunday ikki zonaga 
bo‘linishi faqat nurlilar uchun xos bo‘ladi. 
Sitoplazmaning tashqi zonasi ham bir necha qismdan iborat. Markaziy kapsulaga yaqin 
qismi donador quyuq sitoplazmadan, uning ustki qismi yog‘simon shilimshiq kiritmalarga boy 
bo‘lgan juda qalin ko‘pikli qavatdan iborat. Ko‘pikli qavatning sirtida yupqa to‘rsimon si-
toplazma qavati joylashgan. Bu kavat tashqi muhit bilan chegaralanadi. Ko‘pchilik nurlarning 
kremniy oksidi yoki strontsiy sulfat (SrS04) tuzidan iborat murakkab skeleti bo‘ladi. Skelet turli 
shaklda, xususan ninaga o‘xshash, sharsimon, qo‘ ng‘iroqsimon, tojsimon yoki boshqa xilda 
bo‘lishi mumkin. Skelet tanani himoya qiladi va tana yuzasini kengaytirib, hayvonni suvda 
qalqib turishiga imkon beradi. 
Ahamiyati.
Nurlilar qazilma holda kembriy davridan boshlab barcha qatlamlarda 
uchraydi. Ayrim cho‘kma jinslar, asosan, nurlilar skeleti qoldig‘idan iborat bo‘lib, radiolyaritlar 
deb ataladi. Radiolyaritlar Rossiyaning Ural, G‘arbiy Sibir, Uzoq Shark va boshqa hududlarida 
uchraydi. Bu jinslar tog‘uni,ya′ni 
trepel 
nomi bilan mashhur. Trepeldan metallga ishlov beruvchi 
jilvir qog‘ozlar tayyorlashda foydalaniladi. Nurlilar skeleti boshqa tog‘ jinslari, masalan, 
ohaktosh, bo‘r va slanetslar tarkibiga ham kiradi. Ularning skelet qoldiqlari foraminiferalar bilan 
birga tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda katta ahamiyatga ega. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish