O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Birgus latra
)ning jabra bo‘shlig‘i o‘pka vazifasini 
bajaradi. Bu bo‘shliqning ichki devori juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan ta‘minlangan bo‘lib, 
shu joyda gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Lekin jabralar qisman saqlanib qolganligi tufayli ular 
suvda ham bemalol nafas oladi. 
O‘noyoqlilar qorin bo‘limi har xil tuzilgan. Krevetkalar qorni yondan siqilgan bo‘lib, 
suzgich oyoqlar - pleopodlar bilan ta‘minlangan. O‘rmalovchi omarlar, daryo qisqichbaqalari 
va langustlarning qorin qismi uzun, lekin orqa-qorin yo‘nalishida yassilashgan bo‘lib, 
harakatlanishda faol ishtirok etmaydi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalarning qorin qoplag‘ichi 
juda yumshoq, chig‘anoqqa mos ravishda spiral buralgan, qorinoyoqlarining bir qismi yo‘qolib 
ketgan bo‘ladi. Ularga yaqin turadigan Kamchatka krabi va palma o‘g‘risining qorin qismi 
ancha kalta bo‘lib, tanasi ostida taxlanib turadi. Haqiqiy krablarning qorin qismi juda 
kichraygan bo‘lib, bo‘g‘imlar soni qisqargan; qorin oyoqlari yaxshi rivojlanmagan; dum 
suzgichi 
umuman bo‘lmaydi. 
Qorin 
oyoqlar jinsiy 
funktsiyani 
bajaradi. 
Erkak 
qisqichbaqalarning birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari kuyikish organiga aylangan. 
Urg‘ochida qorinoyoqlar tuxumini yopishtirib olib yuradi. 
O‘ noyoqlilarning rangi xilma-xil bo‘ladi. Suv tubida yashaydigan turlari kulrang yoki 
ko‘kimtir, suv o‘tlari orasida uchraydigan turlari yashil himoya rangiga bo‘ladi. Qisqichbaqalar 
tanasi rangi qoplag‘ichdagi karotinoid pigment - aktoksantinga bog‘liq. Toza holda qizil bo‘ 
ladi. Pigment organizmda oqsillar bilan birikib, ko‘kish yoki kulrang tusga kiradi. Yuqori 
haroratda birikma tez yemiriladi. Shu sababdan pishirilgan qisqichbaqa qizaradi. 
Qisqichbaqasimonlarning bir qancha turlarida in qurish instinkti yaxshi rivojlangan. Bu 
instinkt ayniqsa, quruqlikda yashovchi turlarda murakkab bo‘ladi. Daryo qisqichbaqalari suv 
havzalarining sohilga yaqin pana joylarida loyni kavlab oddiy in quradi. Chorlovchi 
krablarning inlari esa birmuncha murakkab bo‘ ladi. Zohid qisqichbaqalar qorinoyoqli 
molluskalarning bo‘sh qolgan chig‘anog‘ini egallab oladi. O‘noyoqli qisqichbaqalar boshqa 
hayvonlardan o‘z tanasini niqoblash maqsadida va dushmanlarga qarshi qurol sifatida 
foydalanadi. Uyatchan krablar (
Dorippidae oilasi
) o‘z tanasini ikki pallali mollyuskalar 
chig‘anog‘i bilan yopib oladi. 
Majidae
va 
Dromiidae
oilasiga mansub krablar yelkasiga 
g‘ovaktanlilar, gidroidlar yoki mshankalar koloniyasini o‘tqazib oladi. Zohid qisqichbaqalar
dushmandan saqdanish uchun aktiniyalarning kuydiruvchi paypaslagichlaridan foydalanadi. 
Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalar va aktiniyalar birgalikda yoki har qaysisi alohida hayot kechira 
olishi mumkin. Ayrim qisqichbaqalar va aktiniyalar, masalan, zohid qisqichbaqa- 
Pagurus 


bernhardus
va aktiniya 
Sagartia parasitica
faqat birgalikda hayot kechiradi. Aktiniya 
qisqichbaqani dushmandan himoya qilish bilan birga o‘zi ham qisqichbaqaning ozig‘iga sherik 
bo‘ladi. Ikki organizmning bunday o‘zaro hamkorlikda hayot kechirishi 
simbioz
deb ataladi. 
Ko‘pchilik dengiz o‘noyoqlilarining tuxumidan voyaga yetgan davriga o‘xshamaydigan 
lichinka chiqadi. Lichinka nauplius, metanauplius, zoyea, mizid davrlarini o‘tgandan so‘ng 
voyaga yetadi. Sodda tuzilgan nauplius va metanauplius tuban o‘ noyoqlilar (krevetkalar) 
uchun xos. Ko‘pincha qisqichbaqalar tuxumidan ancha murakkab tuzilgan zoyea lichinkasi 
rivojlanib chiqadi. Uzun dumli qisqichbaqalar (omarlar)ning zoyea lichinkasi rivojlanib, mizid 
stadiyasiga o‘tadi. Ko‘ pchilik chuchuk suvda, sovuq dengizlarda va suvning chuqur qismida 
hayot kechiradigan o‘noyoqlilarning tuxumlari yirik va sariqlikka boy bo‘ladi. Shuning uchun 
barcha lichinkalik stadiyalari tuxum ichida o‘tadi. Tuxumdan voyaga yetgan davriga 
o‘xshaydigan, lekin juda kichik qisqichbaqalar chiqali. Ular urg‘ochisining qorinoyoqlariga 
yopishib oladi. Qisqichbaqalar bir necha yildan (krevetkalar) 20-30 yilgacha (daryo 
qisqichbaqasi, krablar), omarlar 50 yilgacha yashayd
14
i. 
O‘noyoqlilarga 8500 dan ortiq tur kiradi. Ularning asosiy ko‘pchiligi dengiz va 
okeanlarda tarqalgan. Ayniqsa, tropik dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan sohil boyida 
qisqichbaqalar ko‘p uchraydi. Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalari, krablar va 
krevetkalarning bir necha turi tarqalgan. Tropik krablarning ayrim turlari, masalan arvoh krab 
Ocupode rotundate
, zohid qisqichbaqalar (
Soyepospa
),qaroqchi krab yoki palma o‘g‘risi 
(
Birgus latro
) quruqlikda yashashga moslashgan. O‘noyoqlilar 3 ta kenja turkumni tashkil 
etadi. 
Uzun qorinlilar (Natantia) kenja turkumi
eng tuban tuzilgan o‘ noyoqlilarga kiradi. 
Ularning yaxshi rivojlangan va uzun qorin bo‘limidagi oyoqlari suzish uchun xizmat qiladi. 
Kenja turkumga vakil sifatida har xil krevetkalar (
Pandalus, Crangon
va boshqalar)ni 
ko‘rsatish mumkin (129-rasm). Ayrim krevetkalar chuchuk suvlarda yashaydi. O‘rta Yer 
dengizi havzasi, Kavkaz, Qrim, O‘rta Osiyo hududi chuchuk suvlarida 
Potamon potamios
krevetkasi keng tarqalgan. 
Chala qorinlilar (Reptantia) kenja turkumi 
ko‘p sonli xilma-xil tuzilgan turlarni o‘z 
ichiga oladi. Chala qorinlilarning qorinoyoqlari birmuncha kuchsiz rivojlangan bo‘ lib, 
suzishda ishtirok etmaydi. Bu kenja turkum bir necha alohida bo‘limlarga ajratiladi. Langustlar 
(Polinura) ancha yirik, qorin bo‘limi yaxshi rivojlangan, lekin qisqichlari bo‘ lmaydi. Daryo 
qisqichbaqalari (
Astacura
) bo‘ limiga mansub o‘noyoqlilar ham langustlarga o‘xshash, 
qisqichlari yaxshi rivojlangan. Bu bo‘limga omarlar (Homarus) va daryo qisqichbaqalarining 
bir necha oilalari kiradi. Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalaridan keng barmoqli 
Astacus astacus
va ingichka barmoqli 
Astacus leptodactylus
keng tarqalgan. Birinchi tur Boltiq 
dengizi havzasi daryolarida, ikkinchi tur Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizlari havzalari hamda 
G‘arbiy Sibirning daryo va ko‘llarida tarqalgan. 
Chala dumlilar (Anomura) kenja turkumiga
o‘z tanasini qorin oyoqli mollyuskalar 
chanog‘iga solib olib yuradigan zohid qisqichbaqalar kiradi. Ulardan ayrim turlari, masalan, 
14

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish