O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Boshoyoqyailar (Cephalopoda) sinfi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Boshoyoqyailar (Cephalopoda) sinfi 
Boshoyoqlilar sinfiga ochiq dengizlarda hayot kechiradigan 700 turga yaqin yirtqich 
molluskalar kiradi. Ular bilaterial simmetriyali yirik hayvonlar bo‘lib, suvda erkin suzib yuradi 
yoki suv tubida o‘ rmalab harakat qiladi. Chig‘anog‘i faqat tuban boshoyoqlilarda ricvojlangan. 
Yuksak boshoyoqlilarning chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan bo‘ lib, mantiya ostida saqlanib 
qolgan. 


Tashqi tuzilishi.
Boshoyoqlilarning tuzilishi boshqa molluskalardan keskin farq qiladi. 
Tanasi aniq bosh va gavdadan iborat. Paypaslagich yoki qo‘llarga aylangan oyog‘i, boshida 
joylashgan, og‘iz teshigini o‘rab turadi. Oyog‘ining boshqa bir qismi voronkani hosil qiladi. 
Qadimgi boshoyoqlilarning (nautilus) chuvalchangsimon paypaslagichlari ancha ko‘p bo‘ladi 
(106-rasm). Kuchli rivojlangan orqa paypaslagichlari chig‘anoq teshigini yopib turadi. 
Sakkizoyoqli boshoyoqlilarning paypaslagichlari 8 ta, o‘noyoqlilarniki 10 ta bo‘ladi. 
Sakkizoyoqlilar paypaslagichlarining asosi yo‘g‘onlashgan, uchki qismi esa ingichkalashgan. 
Paypaslagichlar diskka o‘xshash so‘rg‘ichlar bilan ta‘minlangan. So‘rg‘ichlar ularni substratga 
yopishishg yoki o‘ljani tutishiga yordam beradi. O‘noyoqlilarda esa bunday paypaslagichlar 
bilan bir qatorda ikkita uzun tutuvchi paypaslagichlar ham bor. Tutuvchi paypaslagichlar uchki 
qismi kengaygan. Boshoyoqlilar boshining ikki yonida yirik ko‘ zlari joylashgan. 
Boshoyoqlilar tanasini har tomondan qalin mantiya o‘rab turadi. Qorin tomonida mantiya 
tanadan ajralib, mantiya bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Boshi yaqinida joylashgan ikkita mantiya 
teshigi mantiya bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Mantiya bo‘shlig‘ining qorin 
tomonida bir juft yarimoysimon chuqurcha joylashgan. Bu chuqurchalarning qarama-qarshisida 
mantiyaning ichki devorida tog‘ayli ikkita qattiq bo‘rtmachadan iborat yopqich tugmachalar 
bo‘ladi (107, 108-rasmlar). Mantiya muskullari qisqarganida mantiya tanaga yopishib, 
tugmachalar yarimoysimon chuqurchalarga kiradi va mantiya teshikchalarini mahkam bekitadi. 
Mantiya teshiklarining ustida, ya‘ni boshi asosida muskulli qonussimon voronka bor. Mantiya 
muskulari qisqarganida mantiya teshiklari yopilib, mantiya bo‘shlig‘idagi suv voronka orqali 
katta kuch bilan siqib chiqarilishi tufayli reaktiv harakat paydo bo‘ ladi. Muskullar bo‘ 
shashganida esa suv mantiya bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Mantiyaning damba-dam qisqarishi va suvni 
mantiya bo‘shlig‘idan otilib chiqishi, bir tomondan boshoyoqli molluskalarni orqa tomoni bilan 
oldinga suzishga yordam bersa, ikkinchidan nafas olish uchun zarur bo‘lgan suvni yangilanib 
turishiga imkon beradi. 
Boshoyoqlilarning oyog‘i ularning paypaslagichlari va voronkasiga mos keladi. 
Evolyutsiya davomida boshoyoqlilar paypaslagichlari oyoqning oldingi qismidan kelib chiqqan. 
Embrional rivojlanishda paypaslagichlar og‘izdan orqaroqda shakllana boshlaydi, lekin keyinroq 
boshiga ko‘chadi. Paypaslagichlarni oyoq gangliylari tomonidan innervatsiya qilinishi ham 
ularni oyoqlan kelib chiqqanligini isbotlaydi. Bundan tashqari sodda tuzilgan nautilusning 
voronkasi voronka shaklida emas, balki tarnovga o‘xshash bo‘lishi bilan suzib yuradigan 
qorinoyoqlilarning oyog‘iga juda o‘xshab ketadi. 
Chig‟anog‟i.
Faqat sodda tuzilgan boshoyoqlilar, masalan, kemacha (Nautilus)ning 
yaxshi rivojlangan ohak spiral chig‘anog‘i bo‘ladi. Chig‘anoq bo‘shlig‘i ko‘ndalang to‘siqlar 
yordamida bir necha kameralarga bo‘nadi. Nautilus tanasi eng yirik oxirgi kamerada joylashgan. 
Boshqa kameralar gaz va bir oz suyuqdik bilan to‘lgan. Chig‘anoq gidrostatik apparat vazifasini 
bajaradi. Chunki kameralardagi gaz bilan suyuqdik hajmining o‘zaro nisbatini o‘zgarishi 
hayvonni suv yuziga ko‘tarilishiga yoki pastga tushishiga yordam beradi. Hozirgi 
boshoyoqlilarning chig‘anog‘i reduktsiyaga uchrashi, ularni mantiya burmalari o‘rab olishi 
tufayli ichki chig‘anoqqa aylangan. Dengizning ancha chuqur joyida uchraydigan spirulaning 
spiralga o‘xshash chig‘anog‘i juda kichik bo‘lganidan tanasining faqat bir qismi chig‘anoqqa 
joylashadi. Tananing qolgan qismi esa chig‘anoqni har tarafdan o‘rab oladi. 


Karakatitsa va kalmarlar chig‘anog‘i plastinkalar shaklida molluskaning orqa tomonida 
mantiyaning ostida saqlanib qolgan. Ko‘pchilik sakkizoyoqlilar chig‘anog‘i esa butunlay 
yo‘qolib ketgan. Argonavt sakkizoyoqlisining faqat urg‘ochisida chig‘anoq bo‘ladi. Uning spiral 
chig‘anog‘i kameralarga bo‘linmagan. Bunday chig‘anoq ikkilamchi kelib chiqqan bo‘lib, 
tuxumini olib yurish uchun xizmat qiladi (109-rasm). 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish