O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ahamiyati.
Xalq xo‘jaligida ustritsalar, dengiz taroqchalari, midiyalar, sadafdorlar va 
marvariddorlar katta ahamiyatga ega. Ustritsalar (Ostrea) dengiz tubida yopishib hyashaydi. 
Chig‘anog‘i asimmetrik tuzilgan, uning substratga yopishgan qavariq pallasi ustki pallasiga 
nisbatan yirikroq. Ustritsalar dengizning sayoz joylarida to‘planib, ustritsa bankalarini hosil 
qiladi (103-rasm). Bir qancha mamlakatlarda ustritsa o‘stiriladigan xujaliklar tashkil etilgan. 
Ularning go‘shti vitaminlarga boy mahsulot sifatida iste‘mol qilinadi. Angliya, Frantsiya, AQSH 
va Yaponiya kabi mamlakatlarda ustritsalar ko‘p miqdorda ovlanadi. 
Dengiz taroqchalari (Pecten) dengiz tubida yashaydi, lekin substratga yopishib olmaydi. 
Chiroyli doirasimon shakldagi chig‘anog‘i sirtida radial chiziqlar tortilgan bo‘ladi. Xafv 
sezganida molluska chig‘anog‘ini zarb bilan yopadi. Chig‘anoq ichidan otilib chiqqan suv uni 
ko‘tarib tashlaydi, ya‘ni u bir sakrab tushadi. Dengiz taroqchalari go‘shtidan qonservalar 
tayyorlanadi. Uzoq Sharq dengizlarida ko‘p uchraydi. Midiyalar (Mytilus) chig‘anog‘i qoramtir 
tusda, ulardan biri tekisroq, ikkinchisi esa qavariq bo‘ladi. Molluskalar bir dasta bissus ipchalari 
yordamida substratga yopishib oladi (103-rasmga qarang). Midiyalar ham ustritsalar singari 
maxsus xo‘jaliklarda ko‘paytiriladi. 
O‘zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarning daryo va ko‘llarida baqachanoqlar 
(Anadonta) uchraydi. Ularning chig‘anog‘i cho‘ziq oval shaklida, yashil- qo‘ng‘ir rangli, ikkala 
tavaqasi ham bir xil kattalikda bo‘ldi. Chig‘anoq pallari ligament pay orqali tutashgan, tishchali 
qulfi bo‘lmaydi. Baqachanoq ponaga o‘xshash oyog‘ini suv tubidagi loyga tirab harakat qiladi. 
Uning go‘shtini chorva mollari oziqasiga qo shib berish mumkin. 
Sadafdorlar (Unio)ning chig‘anog‘i cho‘ziq va qalin bo‘lib, sadaf tugmalar tayyorlashda 
foydalanladi. Ular Yevropa va Shimoliy Amerikaning chuchuk suvli ko‘ llari va daryolarida 
tarqalgan. Dengiz marvariddorlari (Pinctada) Qizil dengiz, Hind va Tinch okeanlarda 5—15 m 
chuqurlikda yashaydi (104-rasm). Yaponiya va boshqa ayrim davlatlarda marvariddorlarni 
dengizda maxsus to‘r xaltaga solib ko‘paytiriladi. Shimoliy daryolarda chuchuk suv 
marvariddorlari (Margaritifera) uchraydi. Ular hosil qilgan marvaridlar nisbatan kichikroq 
bo‘ladi. 


Plastinkajabralilar orasida zararkunanda turlari ham uchraydi. Yevropa va Osiyoning 
chuchuk suvli va sho‘rlangan suv havzalarida dreyssenalar (Dreissena) keng tarqalgan. Ular 
bissus ipchalari yordamida bentosdagi narsalarga yopishib oladi. Dreyssenalar juda tez ko‘payib, 
inshootlarni izdan chiqaradi. Dreysina suv o‘tkazgich quvurlarida ko‘ payib ularini izdan 
chiqarishi, ular murdasi esa ichimlik suvni ifloslantirishi mumkin. Orol dengizida Dreissena 
polymorpha tarqalgan. 
Dengiz portlaridagi yog‘och inshootlariga kema qurti (Teredo navalis) katta ziyon 
keltiradi. Uning tanasi uzun chuvalchangsimon, chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan, faqat ikkita 
yaproqcha shaklida tanasi oldingi qismida saqdanib qolgan (105-rasm). Chig‘anog‘i yordamida 
molluska kemalarning suvosti yog‘och qismi va portlardagi yog‘och inshootlarni teshib, kirib 
oladi. Kema qurti Qora dengiz va Uzoq Sharq dengizlarida ham keng tarqalgan. 
Plastinkajabralilar 
sinfi 
birlamchijabralilar 
(Protobranchia), 
ipsimonjabralilar 
(Fillibranchia), haqiqiy plastinkajabralilar (Eulamellibranchia), to‘siqlijabralilar (Septibranchia) 
turkumlariga ajratiladi. Birlamchijabralilar ancha mayda va sodda tuzilgan. Ularga shimoliy 
dengizlarda uchraydigan Joldia va Nucula misol bo‘ ladi. Ipsimonjabralilar jabra yaproqchalari 
ipga o‘xshash uzun. Ularga keng tarqalgan midiyalar, dengiz taroqchalari, ustritsalar, dengiz 
marvariddorlari misol bo‘ladi. Haqiqiy plastinkajabralilar keng tarqalgan, jabralari ikki qavat 
panjaraga o‘xshash tuzilgan. Dreyssenalar, chuchuk suv marvariddorlari, sadafdorlar, 
baqachanoq, kema qurti va toshtesharlar ana shu guruhga kiradi. Tropik dengizlarda uchraydigan 
eng yirik molluska tridakna (Tridacna) chig‘anog‘i diametri 1,35 m gacha, og‘irligi 250 kg ga 
etadi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish