O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


O‟zbekistonda zoologiyaning rivojlanishi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

O‟zbekistonda zoologiyaning rivojlanishi
sharqning buyuk allomalari Abu Rayhon 
Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning nomi bilan bog‘liq. Zoologiya sohasidagi dastlabki tadqiqotlar 
kishilar sog‘lig‘ini saqlash uchun zarur bo‘ lgan dori-darmonlar tayyorlash bilan bog‘liq edi. XI 
asrning buyuk mutafakkirlaridan biri 
Abu Rayhon Beruniy
(973-1043) o‘zining tibbiyot 
sohasidagi asarlarida 101 xil hayvonlar va ulardan olinadigan dori-darmonlar to‘ g‘risida yozib 
qoldirgan. Uning "Hindiston" (1030) asarida karkidon, fil, kiyik, delfin kabi hayvonlar haqida 
qiziqarli ma‘lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, delfinlarning tashqi ko‘ rinishi, tovush orqali 
munosabatda bo‘lishi, karkidonning tuzilishi va tarqalishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlari e‘tiborga 
loyiq. 
Abu Ali ibn Sino
(980-1037) "Kitob ash-shifo" asarida odamlarning ichagida parazitlik 
qiluvchi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularni davolash to‘ g‘risida juda ko‘ 
p ma‘lumotlar keltiradi. Olim ularni "katta va uzun qurt", "dumaloq qurt", "qovoq urug‘iga 
o‘xshash qurt", "mitti qurt" deb ataydi. Qovoqsimon qurt, mitti qurt (kichik zanjirsimon) 
tushunchalari zoologiyada hozir ham saqlanib qolgan. "Kitob ash-shifo" yirik falsafiy asar 
bo‘lib, unda geologiya, botanika, matematika, astronomiya, mantiq, ilohiyotga oid ma‘lumotlar 
ham keltirilgan. Olimning tabiiy fanlarga oid ilmiy ishlari K. Linneyga ham ma‘lum bo‘lgan. K. 
Linney o‘zi tasvirlagan o‘simliklardan birini Avitsenna deb atagan. 
Hayvonot dunyosi to‘ g‘risida ilmiy ma‘lumotlar 
Zahiriddin Muhammad Boburning
(1483-1530) shoh asari "Boburnoma"da ham keltirilgan. Asarda u o‘zi hukmronlik qilib turgan 
Hindistonda uchraydigan 60 dan ortiq umurtqali hayvonlar to‘g‘risida yozib qoldirilgan. 
"Boburnoma"da keltirilgan hayvonlar yashash muhitining xususiyatlariga ko‘ ra quruqlik 
hayvonlari, suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratiladi. 
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar hozirgi O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistan hayvonot 
dunyosini o‘rganishga uzoq davr mobaynida juda kam e‘tibor berilganligini ko‘rsatadi. Bu 
sohadagi maxsus tadqiqotlarni faqat XIX asrning ikkinchi yarmida 
N. A. Severtsov
boshlab berdi. 
U o‘z sayohatlarida Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqumning shimoli, Sirdaryo, Tyanshon va Pomir 
tog‘lari hayvonlari va tabiatini o‘rgandi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda 
tabiatshunos olim 
A. P. Fedchenko
xizmatlari ayniqsa katta bo‘ ldi. U 1868-1871 yillarda Oloy 
va Zarafshonda o‘ tkazgan ekspeditsiyalarida 4000ga yaqin hayvon turi (asosan hasharotlar)ni 
o‘z ichiga olgan 20000 ga yaqin kollektsiya to‘pladi. U birgina Zarafshon vodiysi yuqori 
qismidan 1000 dan ortiq hayvon turini yig‘adi. Sayyoh ipakchilik bilan ham qiziqadi. A. P. 


Fedchenko birinchi bo‘lib O‘zbekistonda, xususan, Samarqandda rishtaning biologiyasini 
o‘rganadi. 
A. P. Fedchenkoning zamondoshi 
V. F. Oshanin
(1844 - 1945) Oloy vodiysi, Zarafshon 
va Turkiston tizma tog‘lari va Pomir tabiatini tekshiradi; Amudaryoning yuqori qismida 
tarqalgan hasharotlarni o‘rganadi. U "Turkiston chala qattiq qanotlilar faunasining 
zoogeografiyasi" (1891) kitobida 700 dan ortiq hasharotlar turi haqida ma‘lumot beradi. V. F. 
Oshaninning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi tashkil etildi. 
O‘rta Osiyo hayvonlarini o‘ rganish XX asrning boshlarida, ayniqsa, jadal sur‘atlar bilan 
olib borildi. Asrning 20 va 30-yillarida O‘ rta Osiyo hududida yashovchi aholi o‘ rtasida keng 
tarqalgan parazitar kasalliklarga qarshi kurashni amalga oshirishga katta e‘tibor berildi. Buning 
uchun zoologlar oldiga parazit va kasal tarqatuvchi hayvonlarni o‘rganish vazifasi qoyildi. Shu 
maqsadda O‘ rta Osiyo boylab bir necha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. 
N. I. Xodukin
(1896-
1954), 
L. M. Isayev
(1868-1964) bezgak pashshalarini o‘rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini 
ishlab chiqishadi. L. M. Isayev tashabbusi bilan O‘zbekistonda bezgakni tadqiq etuvchi 
stansiyalar va Tibbiyot parazitologiyasi instituti tashkil etildi. Olim rishta parazitini o‘rganib, 
unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi. O‘sha davrda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 
50-yillarda O‘ rta Osiyoda bezgak va rishta kasalliklari batamom tugatildi. 
Asrimizning 20-yillarida zoologiya sohasidagi asosiy tadqiqotlar yangi tashkil etilgan 
Turkiston universitetida olib borildi. 
A.L. Brodskiy
(1882-1943) bir hujayrali hayvonlarni o‘ 
rganishni boshlab berdi. U Qizilqum faunasini tekshirib, chig‘anokdi soxtaoyoqlilarning yangi 
turlarini topadi va ularni dengiz soxtaoyoqlilari bilan yaqinligini isbotlaydi. Bu tadqiqot O‘rta 
Osiyo qumliklari o‘rnida qadimda dengiz bo‘ lganligidan dalolat beradi. 
D. N. Kashkarov
(1878-
1941) O‘rta Osiyoda ekologik tekshirishlarni boshlab berdi. 
T. 3. Zohidov
Qizilqum hayvonlari 
ekologiyasini o‘rgandi: zoologiya sohasida bir necha yirik asarlar yozdi; 
V. V. Yaxontov
(1899-
1970) hasharotlarni, 
A. M. Muhammadiyev
(1906-1988) suv umurtqasizlarini o‘rganish borasida 
tadqiqotlar olib borishdi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda 
M. N. Narziqulov
va 
R. O. 
Olimjonov
(hasharotlar), 
A. T. To’laganov
(fitogelmintlar), 
M. A. Sultonov, I. X. Ergashev, J. 
Azimov
(zoogelmintlar), 
S. N. Alimuhamedov
(zararkunanda bo‘ g‘imoyoqlilar) va boshqa 
olimlar ham muhim ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishdi. Ayni kunda zoologiya sohasidagi 
izlanishlar ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarida olib borilmoqla. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish